M. G„. Kenjayev, N. S. Ernazarov bank hisobi, tahlil va audit 1-qism. Bank hisobi va audit yo„nalishini kasbiy faoliyat asoslari


Download 308.28 Kb.
bet99/101
Sana23.12.2022
Hajmi308.28 Kb.
#1046341
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   101
Bog'liq
BHT-VA-A-Darslik

Mijozlarga xizmat ko„rsatish

Mijozlarga bankning barcha xizmatlar majmuasi faqat Front-ofis bo‗limida ko‗rsatilganligi bois, mazkur bo‗lim bank xizmatlarining barcha turlarini yaxshi biladigan malakali mutaxassislardan tashkil etilishi shart. Bunda, shart-sharoitlar va bank tomonidan mijozlarga ko‗rsatilayotgan


203
xizmatlar ro‗yxati e‘lon qilinishi hamda mazkur xizmatlardan bankning mavjud va bo‗lg‗usi mijozlari xabardor qilinishi shart. Xizmat ko‗rsatish jarayonida nostandart - ko‗zda tutilmagan holatlar kelib chiqishi ehtimoli mavjudligini inobatga olgan holda, aniq xizmatlar turi (misol uchun, eksport yoki import shartnomalarini ro‗yxatga olish va hisobi) bo‗yicha paydo bo‗lgan savollarni joyida hal qiluvchi va tegishli operatsiyalarni butunlay nazorat qilish salohiyatiga ega bo‗lgan yuqori malakali mutaxassislar bilan jamlangan bo‗lishi kerak.


Shundan kelib chiqqan holda, operatsiyalarni amalga oshirishda mas‘ul ijrochi bilishi lozim bo‗lgan qonunchilik doirasi qanchalik kichik bo‗lsa, uning ishi tez va sifatli bo‗ladi. Shuning uchun, Front-ofis mas‘ul ijrochilari o‗rtasida mijozlarni taqsimlashda, bir mas‘ul ijrochida bir toifali mijozlar bo‗lishi maqsadga muvofiqdir. Bunda, mijozning mavjud barcha hisobvaraqlariga bir mas‘ul ijrochi tomonidan xizmat ko‗rsatilishi shart.


Front-ofis xodimlarini mijozlarning jismoniy va yuridik shaxslar toifasi bo‗yicha guruhlash lozim. Qonunchilik bazasi turli (yoki bir) xilligiga bog‗liq holda, yuqorida qayd etib o‗tilgan mijozlarni yanada kichik bo‗lgan quyidagi turlarga bo‗lish mumkin:








  • milliy va chet el valyutasida operatsiyalarni amalga oshiradigan mijozlar.




  • Turli qonunchilik ta‘sir doirasida bo‗lgan mijozlarning quyidagi toifalari bo‗yicha guruhlarga bo‗lish tavsiya etiladi:

  • Korxona va tashkilotlar:




  • o‗z faoliyatini mamlakat doirasida va xorijda amalga oshiradigan har qanday tashkilotlar, shuningdek, chet el vakolatxonalari, yoki milliy va chet el valyutasida hisobvaraqlari mavjud bo‗lgan har qanday tashkilotlar;




  • o‗z faoliyatini faqatgina mamlakat doirasida amalga oshiruvchi yirik (korporativ) mijozlar;




  • kichik biznes va tadbirkorlik sub‘ektlari hamda boshqa tashkilotlar, shuningdek, yuridik shaxs maqomiga ega bo‗lmagan yakka tartibdagi tadbirkorlar.




  • Jismoniy shaxslar:







  • faqat milliy valyutada hisobvaraqlari mavjud bo‗lgan jismoniy shaxslar.

204

Bankning Front-ofis mijozlarga ko‗rsatiladigan taqdim etadi.

bo‗limidagi har bir guruh mutaxassisi to‗liq standart xizmatlar ro‗yxatini ularga





Xodimlar guruhi tomonidan mijozlarga ko‗p operatsiyalar turi bo‗yicha xizmat ko‗rsatilsa, mazkur guruhga kamroq mijoz taqsimlanishi lozim. Chunki, ko‗p turli operatsiyalar bajaruvchi mijozning bitta tashrifi bo‗yicha unga xizmat ko‗rsatish bank xodimining ko‗p vaqtini egallaydi.



Download 308.28 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   101




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling