Kristallizatsiya. 7-fraksiyaning oqsil konsentratsiyasi 30 mg/ml bo`lgan eritmasini
neytrallangan (NH
4
)
2
SO
4
ning to`yingan eritmasidan qo`shib, 0,45 darajasigacha
to`yintiriladi. Bunda eritmaning qayishqoqligi kuchayadi. Paydo bo`lgan cho`kma
zudlik bilan ajratib tashlanadi va keyin eritmanni to`yinish darajasi (NH
4
)
2
SO
4
ning
to`yingan eritmasidan foydalanib, 0,48-0,50 ga yetkaziladi. Asta-sekin shoyisimon
ipchalarga o`xshash cho`kma hosil bo`ladi. Keyingi kunlari eritmaning to`yinish
darajasi (NH
4
)
2
SO
4
ning to`yingan eritmasi yordamida 0,1-0,2 ga oshirib boriladi.
Aralshmaning to`yinish darajasi 0,8 ga yetgandan 2 kun keyin fermentativ faollikka
ega bo`lgan oqsil kristallanadi. Oqsil cho`kmasini ajratib olish uchun aralashma
20000 g/min tezlikda 60 minut sentrifugalanadi. Cho`kma glyukozafosfatizomeraza
hisoblanib, uni pH ko`rsatkichi 7,0 ga teng bo`lgan 0,1 M fosfat buferida eritib, bu
fermentning faolligini aniqlashga qaratilgan keyingi tajribalarda foydalaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |