Kristallizatsiya. Cho`kma tarkibida 3 mM EDTA va 1 mM beta-merkaptoetanol
bo`lgan 0,05 M tris-HCl (pH – 7,5) da eritilib, bufer eritmaning oqsil
konsentratsiyasi 4,25 mg/ml ga yetkaziladi va ammoniy sulfat kukuni qo`shib, uning
to`yinish darajasini 3,4 M gacha yetkaziladi. Bunda hosil bo`lgan cho`kma 20 minut
davomida 15900 g/min tezlikda sentrifugalab ajratib olinadi va ajratib olingan
cho`kma
tashlab
yuboriladi.
Supernatant
yana
ammoniy
sulfat
qo`shib
konsentratsiyasi 3,5 M ga yetkaziladi va yuqoridagi tartibda yana sentrifugalash
o`tkazilib, ajratib olingan cho`kma tashlab yuboriladi. Supernatant yana ammoniy
sulfat qo`shib, aralashmadagi uning konsentratsiyasi 3,6-3,7 M ga yetkaziladi va bir
kecha sovuq sharoitda qoldiriladi. So`ng sentrifugalsh yo`li bilan cho`kma, ya`ni
ferment preparati ajratib olinadi va undan tajribalarda foydalaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |