M. G. Safin, B. S. Alikulov, F. A. Ruziev
Harorat ta`sirida ishlov berish
Download 0.5 Mb. Pdf ko'rish
|
enzimologiya
- Bu sahifa navigatsiya:
- Gelfiltratsiya
Harorat ta`sirida ishlov berish. Cho`kma tarkibida 3 mM EDTA va 1 mM beta-
merkaptoetanol bo`lgan (pH – 7,0) 0,05 M natriy fosfatli bufer eritmasini qo`shib, oqsilning konsentratsiyasi 40 mg/ml darajasiga yetkazishni e`tiborga olib eritiladi. Eritma atsetonning qoldiqlaridan xolis bo`lish uchun 25 0 C da 12 soat davomida magnitli aralashtirgich yordamida aralashtiriladi. Aralashmaning hajmi shu bufer eritmani qo`shish asosida 30 ml ga yetkaziladi va uni 10 minut davomida ko`piklatmasdan asta aralashtirib suv hammomida 51 0 C gacha isitiladi. Shu holatda aralashma yana 30 minunt saqlanadi. Hosil bo`lgan cho`kma 15400 g/min tezlikda 15 minut sentrifugalash yo`li bilan cho`ktirib olib tashlanadi. Supernatantda oqsilning konsentratsiyasi aniqlanadi.
G-100 to`ldirilgan tarkibida 3 mM EDTA va 1 mM beta-merkaptoetanol bo`lgan 0,05 M tris-HCl bilan muvozanatlangan kolonka (2x60 sm li) dan o`tkaziladi. Supernatantning qolgan qismi saqlash uchun olib qo`yiladi va uni kolonkani o`zidan takror va takror gelfiltratsiya qilish uchun foydalanish mumkin. Elyutsiya shu yuqoridagi bufer eritmasi yordamida amalga oshiriladi. Faollik ko`rsatkichi eng yuqori (1000 va undan yuqori) bo`lgan fraksiyalar birlashtiriladi. Nisbiy faollik
- 45 -
birligi sifatida 1 mk
mol glitseraldegid-3-fosfatni 1 minut
davomida fosfodioksiatsetonga aylanishiga oid ko`rsatkich qabul qilinadi. Birlashtirilgan fraksiyalar gelfiltratsiyada foydalanilgan va oldindan ammoniy sulfat bilan to`yintirilgan tris bufer eritmasiga qarshi dializlanadi. Hosil bo`lgan cho`kma oqsil 20 minut davomida 15900 g/min tezlikda sentrifugalanadi.
Download 0.5 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling