M. G. Safin, B. S. Alikulov, F. A. Ruziev


Glitseraldegid-3-fosfatdegidrogenaza fermentini faolligini aniqlash


Download 0.5 Mb.
Pdf ko'rish
bet65/75
Sana08.01.2022
Hajmi0.5 Mb.
#254498
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   75
Bog'liq
enzimologiya

Glitseraldegid-3-fosfatdegidrogenaza fermentini faolligini aniqlash 

 

Glitseraldegid-3-fosfatdegidrogenaza 



fermentini 

faolligini 

aniqlash 

spektrofotometrik  uslubda  olib  boriladi  va  ish  to`g`ri  reaksiya  natijasida  optic 

zichlikning  340 nm dagi o`zgarishini  o`lchash orqali amalga  oshiriladi. 

 

Kerakli  reaktivlar: 



1.  0,1 M glitsinli  bufer eritma,  pH – 8,9; 

2.  0,1 M pirofosfatli  bufer eritma,  pH – 8,3; 

3.  NAD; 

4.  3-fosfoglitseraldregid  yoki fosfotriozalar  aralashmasi; 

5.  Natriy  arsenat. 

Barcha reaktivlar  bidistillangan  suvda tayyorlanadi. 

 

Ish  tartibi:  Spektrofotometrning  kyuvetasiga  umumiy  hajmi  3  ml  bo`lgan 

reaksion  aralashma  solinadi.  Bu  reaksion  aralashma  pH  ko`rsatkichi  8,9  ga  teng 

bo`lgan  1,0  mM    fosfoglitseraldegid,  0,5  mM  NAD,  5,0  mM  natriy  arsenat,  0,1  M  

glitsinli  bufer  eritmalardan  tashkil  topadi.  Reaksion  aralashmaga  tarkibida 

glitseraldegid-3-fosfatdegidrogenaza  fermenti  bo`lgan  eritmadan  0,03-0,05  ml 

qo`shish  bilan  reaksiya  boshlanadi.  Optik  zichlikning  340  nm  dan  osha  borishi  60 

sekund  davomida  qayd  qilib  boriladi,  so`ng  fermentning  solishtirma  faolligi  hisoblab 

topiladi. 

 

Aralashmadagi  oqsilning  miqdori  spektrofotometrik  yo`l  bilan  280  nm da oqsil 



bilan  bog`langan  koenzimning  miqdoriga  qarab  aniqlanadi  (1ml  ni  tarkibida  1  mg 

oqsil  bo`lgan  apoenzimning  optik  zichligi  0,82  ga  teng  bo`ladi).  Fermentning 

xossalari yuqorida keltirilgan  uslublar asosida o`rganiladi. 

 


Download 0.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   75




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling