Quyon mushagidan glitseraldegid-3-fosfatdegidrogenaza fermentini
ajratib olish
Kerakli reaktivlar:
1. 5,0 mM EDTA eritmasi, pH – 7,5;
2. EDTA ishtirokida (1,5 g/litr) qayta kristallangan ammoniy sulfat kukuni;
3. Ammiak.
Barcha eritmalar tarkibida 5,0 mM EDTA bo`lgan bidistillangan suvda
tayyorlanadi.
Ekstraktsiyalash. Barcha ishlar sovuq sharoitda o`tkaziladi. Quyonning mushagi
go`sht matdalagichdan o`tkaziladi. Maydallangan mushakka 1,5 hajm tarkibida 5,0
mM EDTA bo`lgan suv qo`shiladi va mexanik aralashtirgich yordamida 40 minut
aralashtirilib turiladi. Ekstrakt bir soat davomida 2500 g/min tezlikda sentrifugalash
orqali ajratib olinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |