to`ldirilib tarkibida 1,0 mM EDTA bo`lgan 0,1 M ammoniy sulfat eritmasi bilan
muvozanatlanadi. Kolonkaga oqsil eritmasidan 2 ml kiritib, muvozanatlash uchun
- 51 -
foydalanilgan eritma bilan elyutsiyalanadi. Elyuatlarda fermentativ faollik va oqsil
miqdori aniqlanadi. Bundan keyin fermentativ faollikni namoyon qilgan fraksiyalar
birlashtiriladi. Gelfiltratsiyani yangi olingan oqsil namunasi bilan takrorlash mumkin.
So`ng birlashtirilgan elyuatlarga ammoniy sulfat kukuni qo`shib, konsentratsiyasi 3,2
M ga yetkaziladi va sentrifugalab cho`ktiriladi. Cho`kma tarkibida 1,0 mM EDTA
bo`lgan 0,01 trietanolaminli (pH – 8,0) bufer eritmada eritiladi va shu buferga qarshi
dializlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: