Ammoniy sulfat yordamida fraksiyalash. Ekstraktga asta-sekin (bir soat davomida)
yaxshi maydalangan ammoniy sulfatning kukuni qo`shib boriladi va uning
konsentratsiyasi 2,4 M ga yetkaziladi. Bundan keyin suspenziyani mexanik
aralashtirgich yordamida 6 soat aralashtirib turiladi. Cho`kma 15000 g/min tezlikda
40 minut sentrifugalash yo`li bilan ajratib olinadi va tashlab yuboriladi.
Supernatantga ammoniy sulfat qo`shib, uning konsentratsiyasi 3,2 M ga yetkaziladi.
Aralashma ikki soat tinch holatda qoldiriladi va cho`kmasi 15000 g/min tezlikda 30
minut sentrifugalash yo`li bilan cho`ktirib olinadi hamda ajratib olingan cho`kmadan
keyingi bosqich ishlarda foydalaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |