Harorat yordamida ishlov berish. Olingan cho`kmaning 1/4 qismi pH ko`rsatkichi
7,6, tarkibida ammoniy sulfat bo`lgan 0,05 M trietanolaminli bufer eritmada oqsil
konsentratsiyasi 40 mg/ml darajaga yetgunicha qo`shib eritiladi va 5 minut davomida
50
0
C da inkubatsiyalanadi. So`ng tezda muz solingan idishga qo`yib sovitiladi va
bunda denaturatsiyaga uchragan bir qism oqsil 15000 g/min tezlikda 40 minut
sentrifugalash yo`li bilan ajratib olinib, tashlab yuboriladi. Sentrifugatdagi oqsilni
ammoniy sulfatni kukunini aralashmadagi konsentratsiyasi 3,2 bo`lgunga qadar
yetkazib, sentrifugalsh yo`li bilan cho`ktiriladi. Cho`kma tarkibida 0,01 M EDTA
bo`lgan suvda eritiladi va xuddi shu eritmaga qarshi dializlanadi. Dializdan so`ng
oqsilning aralashma tarkibidagi konsentratsiyasi 50-60 mg/ml bo`lib qoladi. Undan
tozalashning keyingi bosqichlarida foydalaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |