Ammoniy sulfat yordamida “tuzlash”. Ekstraktning hajmi o`lchanadi va unga oz-
ozdan ammoniy sulfat (har 100 ml ga 50,5 g) qo`shib, 0,7 darajagacha to`yintiriladi.
Hosil bo`lgan cho`kma oldin sentrifugalash yo`li bilan, keyin esa sentrifugatni
filtrlash orqali ajratib tashlanadi. Tiniq filtratni pH ko`rsatkichi aniqlanadi va
konsentrlangan ammiak yordamida pH 8,5 ga yetkaziladi. Eritma sovuq xonada bir
kecha qoldiriladi. Kelasi kun kristallar hosil bo`ladi. Ularni sovuq sharoitda 12000
g/min tezlikda sentrifugalash yo`li bilan ajratib olinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |