Atseton yordamida fraksiyalash. Mushak ekstraktiga doimo aralashtirib turgan
holda va 3 minut davomida 166 ml sovitilgan (-15
0
C) atseton qo`shiladi. Bunda
atsetonning so`nggi konsentratsiyasi 35 % ga yetadi. Aralashmaning harorati 7
0
C
dan oshmasligi kerak. Aralashma 10 minut davomida 10400 g/min tezlikda
sentrifugalanadi va hosil bo`lgan cho`kma tashlab yuboriladi. Supernatantga yana
atseton qo`shib (1 litr supernatantga 183 ml) uning konsentratsiyasi 45 % ga
yetkaziladi. Aralashma 10 minut davomida 10400 g/min tezlikda sentrifugalanadi va
yana hosil bo`lgan cho`kma tashlab yuboriladi. Supernatantga yana atseton qo`shib (
1 litrga 195 ml) uning so`nggi konsentratsiyasi 54 % ga yetkaziladi. Aralashma yana
sentrifugalanadi va supernatant tashlab yuboriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |