M. G. Safin, B. S. Alikulov, F. A. Ruziev
Aldolaza fermentini faolligini aniqlash
Download 0.5 Mb. Pdf ko'rish
|
enzimologiya
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ish tartibi
Aldolaza fermentini faolligini aniqlash
Aldolaza fermentining faolligini aniqlashning ham kimyoviy va enzimatik uslublari mavjud. Quyida kimyoviy uslubda aldolaza fermentining faolligini aniqlash usuli bayoni keltirilgan. - 42 -
Aldolaza fermenti faolligini aniqlash uslubi ishqoriy-labil triozofosfatdagi fosfatni miqdoriy ko`rsatkichini aniqlashga asoslangan. Reaksiya fosfotriozalarni bir- biriga bog`lovchi sianid ishtirokida yuz beradi.
Kerakli reaktivlar: 1. 0,1 M glitsin bufer eritmasi, pH - 9,0 ( EDTA nig 5 mM eritmasida tayyorlangan); 2. 0,01 M fruktoza-1,6-difosfat eritmasi (0,1 M glitsin bufer eritmasi (pH - 9,0) da tayyorlangan); 3. 0,1 M KCN eritmasi (sianid bilan olib boriladigan ishlarda avtomatik pipetkadan foydalanib, ishni mo`rili shkafda olib boorish kerak); 4. 2 n NaOH eritmasi; 5. 2 n HCl ertimasi; 6. Fiske-Subbarou uslubida fosforni aniqlsh uchun kerak bo`lgan reaktiv.
0,2 ml KCN eritmalari solinadi. So`ng 2-3 minut intervalda sekundomerda qayd qilib, har bir probirkaga 0,1 ml aldolazali eritma solinadi. Birinchi probirkadagi inkubatsiyani 30 sekund, ikkinchisida 60 sekund, uchinchisida 90 sekund va to`rtinchisida 120 sekund o`tgandan keyin NaOH ning 2 n eritmasidan 0,4 ml dan qo`shib
reaksiya to`xtatiladi. Namunalardagi aralashmalar yaxshilab aralashtirilgandan keyin 20 minut davomida xona haroratida qoldiriladi va bundan keyin 2 n HCl yordamida neytrallanadi. So`ng aralashmalar tarkibidagi anorganik fosfor miqdori aniqlanadi. Nazorat namunasi sifatida aldolaza o`rniga 0,1 M glitsin buferi qo`shilgan namunadan foydalaniladi.
Download 0.5 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling