M. G. Safin, B. S. Alikulov, F. A. Ruziev


Aldolaza fermentini faolligini aniqlash


Download 0.5 Mb.
Pdf ko'rish
bet52/75
Sana08.01.2022
Hajmi0.5 Mb.
#254498
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   75
Bog'liq
enzimologiya

Aldolaza fermentini faolligini aniqlash 

 

Aldolaza  fermentining  faolligini  aniqlashning  ham  kimyoviy  va  enzimatik 



uslublari  mavjud.  Quyida  kimyoviy  uslubda  aldolaza  fermentining    faolligini  aniqlash 

usuli  bayoni keltirilgan. 




 

- 42 - 


 

Aldolaza  fermenti  faolligini  aniqlash  uslubi  ishqoriy-labil  triozofosfatdagi 

fosfatni  miqdoriy  ko`rsatkichini  aniqlashga  asoslangan.  Reaksiya  fosfotriozalarni  bir-

biriga  bog`lovchi sianid ishtirokida  yuz beradi. 

 

Kerakli  reaktivlar: 



1.  0,1  M  glitsin  bufer  eritmasi,  pH  -  9,0  (  EDTA  nig  5  mM  eritmasida 

tayyorlangan); 

2.  0,01  M  fruktoza-1,6-difosfat  eritmasi  (0,1  M  glitsin  bufer  eritmasi  (pH  -  9,0) 

da tayyorlangan); 

3.  0,1  M  KCN  eritmasi  (sianid  bilan  olib  boriladigan  ishlarda  avtomatik 

pipetkadan foydalanib, ishni  mo`rili  shkafda olib boorish kerak); 

4.  2 n NaOH eritmasi; 

5.  2 n HCl ertimasi; 

6.  Fiske-Subbarou uslubida fosforni aniqlsh uchun kerak bo`lgan reaktiv. 

Ish  tartibi:  To`rtta  probirka  olib,  ularga  0,1  ml  dan  fruktoza-1,6-difosfat  va 

0,2  ml  KCN  eritmalari  solinadi.  So`ng    2-3  minut  intervalda  sekundomerda  qayd 

qilib,  har  bir  probirkaga  0,1  ml  aldolazali  eritma  solinadi.  Birinchi  probirkadagi 

inkubatsiyani  30  sekund,  ikkinchisida  60  sekund,  uchinchisida  90  sekund  va 

to`rtinchisida  120  sekund  o`tgandan  keyin  NaOH  ning  2  n  eritmasidan  0,4  ml  dan 

qo`shib 


reaksiya 

to`xtatiladi. 

Namunalardagi 

aralashmalar 

yaxshilab 

aralashtirilgandan  keyin  20  minut  davomida  xona  haroratida  qoldiriladi  va  bundan 

keyin  2  n  HCl    yordamida  neytrallanadi.  So`ng  aralashmalar  tarkibidagi  anorganik 

fosfor  miqdori  aniqlanadi.  Nazorat  namunasi  sifatida  aldolaza  o`rniga  0,1  M  glitsin 

buferi qo`shilgan  namunadan  foydalaniladi. 


Download 0.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   75




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling