Qayta kristallash. Cho`kma 5 mM EDTA (pH – 7,5) yordamida oqsil
konsentratsiyasi 1-2 % bo`lishini inobatga olib eritiladi. Aralshmaga asta-sekinlik
bilan ammoniy sulfatning to`yingan eritmasi (pH ko`rsatkichi 7,5) dan qo`shib
aralashtiriladi va amorf cho`kma hosil bo`lgunicha qo`shib boriladi. Bu amorf
cho`kma sentrifugalash yo`li bilan ajratiladi va tashlab yuboriladi. Sentrifugatga
kristallizatsiya boshlanguncha ammoniy sulfat eritmasi qo`shiladi. Aldolazaning
kristallari suspenziya holida ammoniy sulfating yarim to`yingan eritmasida
sovitkichda saqlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |