Ekstraktsiyalash. Sovitilgan quyon mushaklari go`sht maydalagichdan o`tkaziladi.
Maydalangan go`shtdan 200-300 g olib, unga teng hajmda 5 mM EDTA eritmasi
qo`shib, 10 minut aralashtiriladi va so`ng sentrifugalanadi. Cho`kmaga dastlabki
olingan hajmda EDTA eritmasi qo`shiladi va ekstraktsiya yana takrorlanadi hamda
resentrifugalanadi. So`ng oldingi va keyingi ekstraktlar birlashtiriladi.
Ammoniy sulfat bilan fraksiyalash. Ekstraktning pH ko`rsatkichi ammiak qo`shib
7,5 ga yetkaziladi. Unga teng hajmda to`yingan ammoniy sulfat eritmasi (pH – 7,5)
qo`shiladi va aralashtiriladi hamda 10-15 minut tinch qoldirilgandan keyin
sentrifugalanadi. Supernatantning to`yoinish darajasini 0,52 ( har 100 ml ga 4 ml dan
pH ko`rsatkichi 7,5 bo`lgan to`yingan ammoniy sulfat eritmasi qo`shib) ga
yetkaziladi. Bundan keyin ammiak qo`shib, pH 8,5 gacha oshiriladi. Hamma ishlar
sovuq sharoitda olib boriladi. Aralashma bir kecha sovuq sharoitda qoldiriladi.
Kristallizatsiyani kuchaytirish uchun aralshmani sovutib, so`ng xona haroratida
eriguncha saqlab va keyin yana sovutish orqali tezlashtirish mumkin. Aralashma
sentrifugalanib, cho`kmasi ajratiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |