Ish tartibi: Spektrofotometrning kyuvetasiga namunani umumiy hajmi 3 ml
bo`lgan reaksion aralashmasi solinadi. Bu aralashma 6,0 mM dioksiatseton, 6,0 mM
NAD
+
, 14 mM natriy arsenat, 50-70 mkg glitseraldegid-3-fosfatdegidrogenaza va 20
mM etanolamin buferdan tashkil topadi. Reaksiyani aralashmaga 0,03-0,05 ml
triozofosfatizomeraza fermentini qo`shish bilan boshlanadi. Fermentativ faollikni
optik zichlikning 340 nm da oshib borishini kuzatish orqali aniqlanadi. Fermentning
nisbiy faolligi hisoblab topiladi. Oqsilning miqdori spektrofotometrik uslubda
aniqlanadi (1 ml eritmada 1 mg ferment bo`lganda 280 nm da optik zichlik 1,31 ga
teng bo`ladi).
Do'stlaringiz bilan baham: |