- 49 -
7-AMALIY ISH:
Mavzu: Fosfoglitserokinaza fermentini ajratish, tozalash va faolligini aniqlash
3-fosfoglitserokinaza 1,3 – difosfatglitserin kislotasining 1-o`rnidagi fosfat
kislota qoldig`ini ADF ga ko`chirish reaksiyasi natijasida ATF va 3-fosfoglitserin
kislotasi hosil bo`lish reaksiyasini katalizlaydi:
1,3-difosfoglitserin kislota 3-fosfoglitserin kislota
Bu fermentning molekulyar og`irligi 47000 Da, bitta polipeptiddan iborat,
tarkibida 420 ta aminokislota qoldig`i tutadi. Mixaelis konstantasi ATF uchun –
1,1x10
-4
M, 3-fosfoglitserin kislotasi uchun – 1,8x10
-4
M, ADF uchun – 2,0x10
-4
M,
1,3-difosfoglitserin kislotasi uchun – 1,8x10
-6
M, Mg
2+
uchun - 2,5x10
-4
M ga (fosfat
bufer, pH – 6,9, 25
0
C) ga teng. Ferment Mg
2+
ionlari yordamida faollanadi, og`ir
metall tuzlari uning faolligini ingibirlaydi. Optimum faollik pH ko`rsatkichi 6,0-9,2
chegarasida bo`lganda namoyon bo`ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: