Glitseraldegid-3-fosfatdegidrogenaza fermentini faolligini aniqlash
Glitseraldegid-3-fosfatdegidrogenaza
fermentini
faolligini
aniqlash
spektrofotometrik uslubda olib boriladi va ish to`g`ri reaksiya natijasida optic
zichlikning 340 nm dagi o`zgarishini o`lchash orqali amalga oshiriladi.
Kerakli reaktivlar:
1. 0,1 M glitsinli bufer eritma, pH – 8,9;
2. 0,1 M pirofosfatli bufer eritma, pH – 8,3;
3. NAD;
4. 3-fosfoglitseraldregid yoki fosfotriozalar aralashmasi;
5. Natriy arsenat.
Barcha reaktivlar bidistillangan suvda tayyorlanadi.
Ish tartibi: Spektrofotometrning kyuvetasiga umumiy hajmi 3 ml bo`lgan
reaksion aralashma solinadi. Bu reaksion aralashma pH ko`rsatkichi 8,9 ga teng
bo`lgan 1,0 mM fosfoglitseraldegid, 0,5 mM NAD, 5,0 mM natriy arsenat, 0,1 M
glitsinli bufer eritmalardan tashkil topadi. Reaksion aralashmaga tarkibida
glitseraldegid-3-fosfatdegidrogenaza fermenti bo`lgan eritmadan 0,03-0,05 ml
qo`shish bilan reaksiya boshlanadi. Optik zichlikning 340 nm dan osha borishi 60
sekund davomida qayd qilib boriladi, so`ng fermentning solishtirma faolligi hisoblab
topiladi.
Aralashmadagi oqsilning miqdori spektrofotometrik yo`l bilan 280 nm da oqsil
bilan bog`langan koenzimning miqdoriga qarab aniqlanadi (1ml ni tarkibida 1 mg
oqsil bo`lgan apoenzimning optik zichligi 0,82 ga teng bo`ladi). Fermentning
xossalari yuqorida keltirilgan uslublar asosida o`rganiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |