98
aralashma shisha idishga ko‘chiriladi, hajm bo‘yicha 40-60 %
gacha
namlantiriladi, paxta bilan yopib qo‘yib stirilizasiyalanadi.
Ekish
materialini tarkibida 2 % saxaroza va mineral tuzlar bo‘lgan
agarli
muhitga ko‘chiriladi. O‘stirishni 27
0
C da 3-5
kun davomida amalga
oshiriladi. Hosil bo‘lgan ekish materialini agarning yuzasidan suv bilan
yuvib olinadi va oldindan tayyorlab qo‘yilgan shisha idishdagi substrat-
ga ko‘chiriladi. Shisha idishdagi massani yaxshilab aralashtiriladi va 25-
27
0
C da tutib turiladi. O‘stirishni 1 g tuproq yoki torfda bakteriyalarning
soni 50 mln ga yetganicha davom ettiriladi. Shu yo‘sinda olingan prepa-
ratlar o‘zining faolligini 2-3 oy davomida saqlay oladi.
Azotobakterin
preparatini unumdor, tarkibida fosfor, mikroelement (molibden, vanadiy,
bor va boshqa) lar bo‘lgan tuproqlarda foydalanish tavsiya etiladi.
Azotobakterinni organik va mineral o‘g‘itlar bilan to‘g‘ri nisbatda qo‘-
shib qo‘llash yaxshi samara beradi. Azotobakterin urug‘larni, ko‘chat-
larni, kompostlarni bakterizasiyalashda foydalaniladi. Bunda o‘simlik-
larning ildiz orqali oziqlanishi yaxshilanadi va g‘allasimonlar, texnik va
sabzavot ekinlarining hosildorligi 10-15 % ga ko‘payadi. Azotobak-
terinni qo‘llashda g‘allasimonlar bo‘lsa, ekishdan oldin ularning urug‘-
lariga sepib keyin ekiladi, kartoshkani tuganagini va sabzavot ekinlarini
ko‘chatlarini bakteriyalarning suvli suspenziyasi bilan xo‘llanib
keyin
ekiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: