M. Hamroev, D. Muhammedova, D. Shodmonqulova, X. G`ulomova, sh. Yo’ldasheva
Zidlov bog‘lovchili bog‘langan qo‘shma gap berilgan javobni toping
Download 1.88 Mb. Pdf ko'rish
|
ona tili
7. Zidlov bog‘lovchili bog‘langan qo‘shma gap berilgan javobni toping. A) Adabiyotga o‘g‘ri mushukka o‘xshab tuynukdan oshib tushadiganlar ham bo‘ladi. B) Nima uchun ko‘cha harakat qoidasini buzgan kishiga militsiya hushtak chaladi-yu, butun bir tilni buzayotgan odamlarga hech kim hushtak chalmaydi? C) Sen berahm bo‘lsang ham, ammo Men dushmanlik qilmasman aslo. D) Taqdirimiz birdir, go‘zalim Gar o‘rtada daryo bo‘lsa ham. 8. Voqea-hodisalarning o‘zaro zidlanish mazmunini ifodalagan bog‘langan qo‘shma gapni toping. A) Bu odam to‘nkarilib qolgan qo‘ng‘izga o‘xshaydi, o‘nglab qo‘yadiganlarning qo‘lini sasitadi. B) Adabiyot atomdan kuchli, lekin kuchini o‘tin yorishga sarflash kerak emas. C) O‘quvchi asarimizni qiziqib, shavq bilan o‘qimas ekan, uning g‘oyasini obrazlar orqali qabul qilmas ekan, maqsadimiz qog‘ozda qolaveradi. D) Ba’zi so‘zlarda sehr bo‘ladi, ba’zi she’rlarda hikmat bo‘ladi. 9. Quyidagi gapning tuzilishiga ko‘ra turini aniqlang. Ishim to‘g‘rilanib ketdi ham erim o‘zimga qoldi. A) bog‘langan qo‘shma gap B) bog‘lovchisiz qo‘shma gap C) ergashgan qo‘shma gap D) uyushiq bo‘lakli sodda yoyiq gap 10. Ushbu birliklardan qaysi biri qo‘shma gapning teng huquqli qismlarini bog‘lashda ishtirok etadi? A) -u, -yu, -da B) va, hamda, ammo, lekin C) chunki, shuning uchun D) A, B 11. Nuri goh sevinib, shirin xayollarga botadi, goh butun vujudini qo‘rquv bosadi.(O.) Ushbu gapning turini toping. A) bog‘langan qo‘shma gap B) zidlov munosabatli C) biriktiruv munosabatli D) ayiruv munosabatli 242 12. Qo‘shma gap tarkibidagi sodda gaplarni bog‘lashda faqat takror holda qo‘llanuvchi bog‘lovchilar berilgan qatorni toping. A) goh…goh, ba’zan…ba’zan, yo…yo, dam…dam B) goh…goh, ba’zan… ba’zan, dam…dam C) goh…goh, dam…dam, yoki…yoki D) goh…goh, ba’zan…ba’zan 13. Eshik sekin-sekin ochildi-yu, Arslonbek Qalandarovning ozg‘in yuzi ko‘rindi. Ushbu misol bog‘langan qo‘shma gapning qaysi turiga mansub? A) biriktiruv munosabatli bog‘langan qo‘shma gap B) zidlov munosabatli bog‘langan qo‘shma gap C) ayiruv munosabatli bog‘langan qo‘shma gap D) inkor munosabatli bog‘langan qo‘shma gap 14. Biriktiruv munosabatli bog‘langan qo‘shma gap qaysi qatorda berilgan? A) Quyosh erga nurini har qancha sochsa ham, u erdan buning evaziga hech narsa talab qilmaydi. B) Tantanali kechaning badiiy qismida konsert berildi ham hujjatli film namoyish qilindi. C) Suv keldi - nur keldi. D) Bahaybat fil xartumini suvga solishi bilan, suvdagi to‘lin oy birdan qalqiy boshladi. 15. Zidlov munosabatli bog‘langan qo‘shma gapni toping. A) Ko‘nglimni zavq asir etdi-yu, yosh boladay har yon yugurdim. B) Uying tor bo‘lsa ham, ko‘ngling keng bo‘lsin. C) Agar har bir kishi bir donadan ko‘chat o‘tqazsa, diyorimiz bog‘- u bo‘stonga aylanadi. D) Sevinch esdan chiqadi-yu, qayg‘u unutilmaydi. 16.Ayiruv munosabatli bog‘langan qo‘shma gapni belgilang. A) Narsalarga qiziqishing yo‘qolsa, xotirangdan ham ayrilasan. B) Bema’ni fikrlar har kimda ham bo‘ladi, faqat aqlli kishigina uni ishlatmaydi. C) Ba’zan sho‘x musiqa yangraydi, ba’zan zo‘r qahqaha olamni buzadi. D) Go‘zallik kishi uchun katta baxt, ammo mehnatsevarlik bebaho ziynatdir. 17. Sobir anhor bilan hovuz o‘rtasidagi supaga joy qildirib berdi-da, o‘zi qayoqqadir ketdi. Ushbu qo‘shma gapning turi... A) ergashgan qo‘shma gap B) bog‘lovchisiz qo‘shma gap C) ayiruv bog‘lovchili bog‘langan qo‘shma gap D) zidlov bog‘lovchili bog‘langan qo‘shma gap 18. Qaysi qatordagi gapda –u, -yu yuklamasi zidlov bog‘lovchisi vazifasida kelgan? A) Siz ham “ish, ish” deb, umringizni san’atga baxshida qilganingizda nima bo‘ldingiz-u, Nigora nima bo‘ldi? B) Qiziq, odamning umri shuncha qisqa-yu, tipirchilashi olamni tutadi. C) Havoni quyuq tuman bosdi-yu, hech narsa ko‘rinmadi. D) Kun kelar-u, sendan meni Begona qilar bu she’r. 19. Ergashgan qo‘shma gap tarkibidagi sodda gaplarning yordamchilarsiz birikishiga qaysi qatorda misol berilgan? A) Tashqaridan kelgan oyoq tovushi bahona bo‘ldi-da, Aziza o‘rnidan turdi. B) Yomg‘ir ko‘p yog‘di, ko‘katlar gurkirab o‘sdi. C) Kasalning kelishi oson, ketishi ancha qiyin. D) Yaxshida gina bo‘lmas, yomon gina ketmas. 20. Omborchi - erkak, ferma mudiri – erkak, do‘kon mudiri – erkak. Yuqoridagi gap tuzilishiga ko‘ra qanday gap sanaladi? A) sodda yoyiq gap B) bog‘langan qo‘shma gap C) ega ergash gapli qo‘shma gap D) bog‘lovchisiz qo‘shma gap 21. Bog‘lovchisiz bog‘langan qo‘shma gap qaysi qatorda berilgan? A) Hijron shunday og‘ir yukki, uni hamma ham ko‘tara olmaydi, visol shunday shirin sharbatki, hech kim uni oxirigacha ichishga muvaffaq bo‘lmaydi. B) Ilm boshqalarga o‘rgatish uchungina qo‘lga kiritilsa, odam undan biron foyda ko‘rmasa, u suvidan hamma foydalanadigan, lekin undan o‘zi bebahra buloqqa o‘xshaydi. C) Baxt topilmas hech zamonda, el qul bo‘lsa, bo‘lsa yalang‘och, Jannatlarni yaratgan odam, Natijada o‘zi qolsa och. D) Tashqarida chaqmoq yaltirar, momaqaldiroq borliqni larzaga keltirar, bahor yomg‘iri salobatli shovullardi. 22. Botirlari kanal qazadi, Shoirlari g‘azal yozadi. Gapning turini toping. A) ergash gapli qo‘shma gapning bog‘lovchisiz turi B) bog‘langan qo‘shma gapning bog‘lovchisiz turi C) yoyiq sodda gap D) murakkablashgan sodda gap. 243 23. Yordamchilarsiz bog‘langan qo‘shma gap qaysi qatorda berilgan? A) Ulug‘ odam o‘z zamonasidan o‘tib ketadi, aqlli odam esa har qanday sharoitda ham zamonasi bilan qadam-baqadam boradi, ayyor undan foydalanib qolishga urinadi, tentak zamona yo‘liga to‘g‘anoq bo‘ladi. B) Baxt topilmas hech bir zamonda, El qul bo‘lsa, bo‘lsa yalang‘och, Jannatlarni yaratgan odam Natijada o‘zi qolsa och. C) Ilm boshqalarga o‘rgatish uchungina qo‘lga kiritilsa, odam undan biron foyda ko‘rmasa, u suvidan hamma foydalanadigan, lekin undan o‘zi bebahra bo‘lgan buloqqa o‘xshaydi. D) Hijron shunday og‘ir yukki, uni hamma ham ko‘tara olmaydi, visol shunday shirin sharbatki, hech kim uni oxirigacha ichishga muvaffaq bo‘lmaydi. 24. Qaysi qo‘shma gap tarkibidagi sodda gaplar o‘zaro faqat mazmun va tobelik ohangi bilan birikkan? A) Safarov qo‘liga endi piyolani olgan edi, Shodiev gap boshladi. B) Vaqting ketdi - baxting ketdi. C) Bag‘rida nur borki, qarimas quyosh. D) Bular ketmoqchi bo‘lib qo‘zg‘algan paytda, O‘rmonjon kirib keldi. 25. Bog‘lovchisiz qo‘shma gap berilgan qatorni aniqlang. A) Mehnat qilmasang, rohat yo‘q. B) Chang chiqsin uchun, derazalarni ochdi. C) Xizmatkor undan haq talab qilganda, u biror bahona topadi. D) Orzigul darvozadan ichkariga kirdi, darvoza o‘z-o‘zidan bekildi. 26. Ohang vositasida bog‘langan qo‘shma gaplarning qaysi birida shuning uchun bog‘lovchilarini qo‘llash mumkin? A) Jismimiz yo‘qolur o‘chmas nomimiz. B) Qishloq obod, mening ko‘nglim shod. C) Shaharlar boqiydir, umr o‘tkinchi, daryolar sobitdir, suvlar ko‘chkinchi. D) Shamol orqadan esardi, unga qarab borishim uncha qiyin emas edi. 27. Ergash gapli qo‘shma gapni aniqlang. A) Bir xil talantga ega bo‘lgan ikki odam bir xildagi sharoitda ikki olam bo‘lib qolishi mumkin. B) Xalqqa yaxshilikni o‘rgatib, o‘zini unutgan olim o‘zini yondirib, xalqqa yorug‘lik bergan shamga o‘xshaydi. C) Detal pardoz emas, husn bo‘lib asarni ochishi kerak. D) Tirik, ya’ni yurakdan chiqqan jo‘shqin nutq o‘likni tiriltirsa, o‘lik, ya’ni yurakdan chiqmagan sovuq nutq, darhaqiqat, o‘likka ham ozor etkazadi. 28. Yaxshilab ta’zirini berish kerak, toki boshqalarga namuna bo‘lsin. Ushbu gapda ergash gap bosh gapga qanday vosita yordamida bog‘langan? A) ergashtiruvchi bog‘lovchilar orqali B) –sin qo‘shimchasi orqali C) ohang va shaxs-son qo‘shimchalari orqali D) toki yordamchi so‘zi orqali 29. Qaysi qatorda qo‘shma gap bor? A) Ayting – kirishsin. B) Biz, sinf rahbarimiz aytdi, ertaga sayohatga boramiz. C) Kishilar mehnatni qadrlaydilar, ulug‘laydilar. D) Dasturxonni yozib, nonlarni ushatdi. 30. Qaysi qatorda qo‘shma gap bor? A) Kishilar mehnatni qadrlaydilar ulug‘laydilar B) Dasturxonni yozib, nonlarni ushatdi. C) Nabotot olami bo‘lmasa, hayotning o‘zi bo‘lmaydi. D) Biz, sinf rahbarimiz aytdi, ertaga sayohatga boramiz. 31. Tobe-hokim munosabatli qo‘shma gap qismlarini bog‘lash uchun xizmat qiladigan bog‘lovchilar... A) zidlov bog‘lovchilar deyiladi B) ayiruv bog‘lovchilari deyiladi. C) inkor bog‘lovchilar deyiladi. D) ergashtiruvchi bog‘lovchilar deyiladi. 32. Ergash gapli qo‘shma gapni aniqlang. A) Kim mehnatni sevsa, uning qadri baland bo‘ladi. B) Muhabbat eski narsa, ammo har bir yurak uni yangilaydi. C) Orzular buyukdir, umrlar qisqa. D) Biz ko‘rgan, eshitgan, lekin e’tibor bermagan voqealarga san’atkorona baho beramiz. 33. Qo‘shma gapni toping. A) Ertalab turib hovli supurmagan, yakshanba eng shimarib kir yuvmagan er er bo‘libdimi! B) Ba’zan vijdonning pokligini isbotlash uchun ham hujjat talab qilinadi. C) Azaga borgan kampir 244 o‘z dardini aytib yig‘laydi, deganlari rost ekan. D) Seni bir dam tutmoqqa endi na haqqim bor, na huquqim bor. 34. Qo‘shma gap tarkibidagi sodda gaplar o‘zaro qanday bog‘lanadi? A) bog‘lovchilar orqali B) yuklamalar orqali C) ayrim fe’l shakllari va ohang bilan D) A, B, C. 35. Ergashtiruvchi bog‘lovchilar qanday munosabatli qo‘shma gap qismlarini bog‘lash uchun xizmat qiladi? A) qo‘shma gapning teng huquqli qismlarini B) qo‘shma gap tarkibidagi uyushiq bo‘laklarni C) tobe-hokim munosabatli qo‘shma gap qismlarini D) qo‘shma gapning teng huquqli qismlari va uyushiq bo‘laklarni O‘ZGALARNING NUTQINI IFODALASH USULLARI Muallif o‘z nutqida boshqalar ifodalagan fikrlardan ham foydalanishi mumkin. Bunday fikrlar ko‘chirma gap, o‘zlashtirma gap, dialog va ko‘chirma shaklida beriladi. 1-§. Ko‘chirma gap O‘zgalarning hech o‘zgarishsiz berilgan gapi ko‘chirma gap deyiladi. Ko‘chirma gapda ikki xil gap bo‘ladi: ko‘chirilgan gap va muallif gapi. Ikkalasi birgalikda ko‘chirma gapli qo‘shma gapni hosil qiladi (20; 66). Muallif gapining kesimi dedi, deb so‘radi, deb javob berdi, gapirdi, so‘zladi, aytdi kabi fe’llar bilan ifodalandi. Ko‘chirma gaplar so‘zlashuv va badiiy uslublarda ko‘p ishlatiladi. Ko‘chirilgan gap muallif gapidan avval, undan keyin, uning ichida, uning ikki tomonida kelishi mumkin: "Mehnat ishtaha ochar", - deydi bobom. CHo‘pondan so‘radik: "Bu qo‘ylar kimning qo‘yi?" “Men, - dedi u, - ertaga kelaman”. Bosh injener nihoyatda bosiqlik bilan: - Bu gapga Xudoyqulovning aloqasi yo‘q, - dedi.(J.Abd.) 2-§. Ko‘chirma gapda tinish belgilarining ishlatilishi Ko‘chirilgan gap qo‘shtirnoq ichiga olinadi, badiiy asarlarda tire bilan ajratib beriladi. Ko‘chirma gapda, ko‘chirilgan gapning o‘rniga qarab, tinish belgilarining ishlatilishi quyidagicha bo‘ladi: 1. Ko‘chirilgan gap darak gap bo‘lib, muallif gapidan oldin kelsa, undan keyin vergul va tire qo‘yiladi: "YUring, men o‘sha tomonga boraman", - dedi Komila (badiiy asarlarda tire ishlatiladi). So‘roq va undov belgilari qo‘shtirnoq yopilmasdan oldin qo‘yiladi. 2. Ko‘chirilgan gap muallif gapidan keyin kelsa, muallif gapidan keyin ikki nuqta qo‘yiladi: Bir kun Husayn Mirzo shipga qarab yotib, vazirlariga shunday debdi: - Olib keling! (“El desa Navoiyni”) 3. Muallif gapi ko‘chirilgan gap ichida kelsa, tinish belgilari quyidagicha qo‘yiladi: 1) ko‘chirilgan gapning uzilib qolgan qismida hech qanday tinish belgisi bo‘lmasa yoki vergul yoxud ikki nuqta bo‘lsa, bu belgilar tushirilib, muallif gapi 245 har ikki tomondan vergul va tire bilan ajratiladi: "Hazrat, - debdi Xudoyberdi unga qarab, - tandirni qurolmadim". (“El desa Navoiyni”) 2) ko‘chirilgan gapning uzilib qolgan qismidan so‘ng nuqta qo‘yish lozim bo‘lsa, muallif gapidan oldin vergul va tire, muallif gapidan so‘ng esa nuqta qo‘yiladi: "Noyib to‘raning gaplaridan bilinadi o‘zi, dedi Miryoqub. – Siz bo‘lgan gaplarni aytib bering". (CH.) 3) ko‘chirilgan gapning uzilib qolgan qismidan so‘ng so‘roq yoki undov belgisi qo‘yish lozim bo‘lsa, muallif gapidan avval o‘sha belgi va tire qo‘yiladi, muallif gapidan so‘ng nuqta va tire qo‘yilib, ko‘chirma gapning davomi bosh harf bilan boshlanadi: "Xadichaxon ko‘zlarini ayyorlik bilan o‘ynatib turib, kundoshiga qaradi: - Gapni eshitayotirsizmi? – dedi. – Ertaga biznikiga shaharlik mehmonlar kelishar ekan!".(CH.) 4. Ko‘chirilgan gap muallif gapining o‘rtasida kelsa, tinish belgilari quyidagicha qo‘yiladi: 1) muallif gapining uzilib qolgan qismining oxiriga ikki nuqta qo‘yilib, ko‘chirilgan gap qo‘shtirnoq ichiga olinadi; ko‘chirilgan gapdan keyin vergul va tire qo‘yilib, keyin muallif gapining davomi yoziladi: Saodat: "Biz ham astoydil mehnat qildik", - dedi. 2) ko‘chirilgan gap so‘roq yoki his-hayajon gap bo‘lsa, ularning belgilari qo‘shtirnoq ichida bo‘ladi: O‘qituvchimiz : "Sen qaysi badiiy kitoblarni o‘qib chiqqansan?" - deb so‘radilar. 5. Ko‘chirma gaplar hamsuhbatlarning luqmasi tarzida ifodalanganida yozma nutqda har bir luqmadan avval tire qo‘yiladi. Bu luqmalarda muallif gapi bo‘lmaydi: - SHaharda qarindoshingiz bormi? - Yo‘q. 3-§. O‘zlashtirma gap O‘zgalarning shakli o‘zgartirilib, mazmuni ifodalangan gapi o‘zlashtirma gap deyiladi. O‘zlashtirma gap ko‘chirma gapga aylantirilishi mumkin bo‘lgan gapdir: Qurbon ota ertaga kelishini aytdi (o‘zl. gap) – Qurbon ota dedi: “Men ertaga kelaman”(ko‘ch. gap). So‘roq, buyruq mazmunini ifodalagan ko‘chirma gaplar o‘zlashtirma gapga aylantirilganda, darak gap shaklida bayon qilinadi. Ko‘chirma gap O‘zlashtirma gap - Bu qanday bino, nimaga mo‘ljallaysiz? - dedi O‘ktam. O‘ktam bu qanday bino ekanligini, uning nimaga mo‘ljallanishini so‘radi Undalma, kirish so‘z qatnashgan ko‘chirma gaplar o‘zlashtirma gapga aylantirilganda, kirish so‘zlar tushib qoladi, undalma vositali to‘ldiruvchiga aylantiriladi, 1-, 2-shaxslarni ko‘rsatuvchi so‘zlar 3-shaxsga aylantiriladi: Ko‘chirma gap O‘zlashtirma gap - Xo‘sh, Kanizakxon, qanday yangiliklar bor? - so‘radi O‘ktam. - Men ketdim, - dedi ukasi. O‘ktam Kanizakxondan qanday yangiliklar borligini so‘radi. Ukasi o‘zining ketayotganini aytdi. 246 O‘zlashtirma gapning kesimi aytmoq, gapirmoq, buyurmoq, so‘ramoq, undamoq (demoq fe’lidan tashqari) so‘zlari bilan ifodalanadi. 4-§. Ko‘chirma va unda ishlatiladigan tinish belgilari Biror matndan ko‘chirilgan gaplar ko‘chirma deyiladi. Ko‘chirma ikki xil bo‘ladi: 1. Muallif gapi bilan birga qo‘llangan ko‘chirma: Alisher Navoiy ilm olishga da’vat qilib: "Olim bo‘lsang, olam seniki", - degan edi . 2. Muallif gapisiz qo‘llangan ko‘chirma: Koinot gultoji insondir azal, Undadir eng oliy tafakkur, amal. U hatto tubanlik ichra ham tanho, YO falak, ijoding buncha mukammal. A.Oripov Muallif gapi bilan qo‘llangan ko‘chirma bayon qilinayotgan fikrni asoslash, tasdiqlash yoki inkor etish uchun keltiriladi. SHe’riy parchalar ko‘chirma tarzida keltirilsa, qo‘shtirnoqqa olinmaydi. Ko‘chirma muallif gapisiz qo‘llansa ham, qo‘shtirnoqqa olinmaydi. Bu tarzdagi ko‘chirmalar epigraf tarzida qo‘llanadi va qo‘shtirnoqqa olinmaydi. 5-§. Dialog Ikki kishining nutqi dialog deb ataladi. Dialogda ko‘chirma gaplardan foydalaniladi, har bir gap tire bilan boshlanadi. (Bunda muallif gapi ishlatilmasligi ham mumkin.): - Qaysi maktabda o‘qiysan? - 24-maktabda. – Nechanchi sinfda? – Beshinchi sinfda. Gap tahlili namunasi 1. Ifoda maqsadiga ko‘ra turi. 2. His-hayajon ifodalashiga ko‘ra turi. 3. Tuzilishiga ko‘ra turi. 4. Gap bo‘laklari va ularning turlari. 5. Uyushiq va ajratilgan bo‘laklar bo‘lsa, aniqlanadi. 6. Gap bo‘laklari sanalmaydigan birliklar bo‘lsa, aniqlanadi. 7. O‘zga gap bo‘lsa, turi aniqlanadi. Takrorlash uchun savollar: 1. Muallifning nutqida ifodalangan boshqalarning fikrlari qanday shakllarda bo‘lishi mumkin? 2. Ko‘chirma gapning ta’rifini ayting. 3. Ko‘chirilgan gap va muallif gaplari haqida ma’lumot bering. 4. Ko‘chirilgan gapning joylashish o‘rinlari haqida gapiring. 5. Ko‘chirilgan gap muallif gapidan oldin kelsa,tinish belgilari qanday qo‘llanadi? 6. Ko‘chirilgan gap muallif gapidan keyin kelsa,tinish belgilari qanday qo‘llanadi? 7.Muallif gapi ko‘chirilgan gap ichida kelsa,tinish belgilari qanday qo‘llanadi? 8. Ko‘chirilgan gap muallif gapining o‘rtasida kelsa, tinish bo‘lgilari qanday qo‘llanadi? 9. Muallif nutqida ishlatilgan qanday birliklar qo‘shtirnoqqa olinadi? 10. Ko‘chirma gaplar dialogik nutqda luqma tarzida kelgan bo‘lsa, qanday tinish belgilari ishlatiladi? 11. O‘zlashtirma gapning ta’rifini ayting. 12. Ko‘chirma gaplar o‘zlashtirma gaplarga aylantirilganda, ular tarkibidagi gap bo‘laklari hisoblanmaydigan birliklar qanday o‘zgarishlarga uchraydi? 13. Ko‘chirma va uning turlari haqida gapiring. 14. Ko‘chirmada tinish belgilari qanday ishlatiladi? 15. Ko‘chirma gapda ishlatiladigan tinish belgilarining barchasini sanab ko‘rsating. 247 Mavzuni mustahkamlash uchun test savollari: 1. Uzoqdan, chayla tomondan, itning: «vov, vov, vov» degan ovozi eshitildi. Ushbu gap o‘zlashtirma gapga qay ko‘rinishda aylantiriladi? A) Uzoqdan, chayla tomondan, it «vov, vov, vov» deb hurdi. B) Uzoqdan, chayla tomondan, itning vovillagani eshitildi. C) Itning: «Vov, vov, vov», deb vovillagani uzoqdan, chayla tomondan eshitildi. D) O‘zlashtirma gapga aylanmaydi. 2. Ko‘chirma gap bilan muallif gapining o‘rni qaysi javobda to‘g‘ri ko‘rsatilgan? A) Ko‘chirma gap faqat muallif gapidan oldin keladi. B) Ko‘chirma gap faqat muallif gapidan keyin keladi. C) Muallif gapi faqat ko‘chirma gap orasida keladi. D) Ko‘chirma gap muallif gapidan oldin, keyin yoki uning ichida, muallif gapi esa ko‘chirma gap orasida kelishi mumkin. 3. Ko‘chirma gaplar nisbatan qaysi uslublarda ko‘proq qo‘llanadi? A) so‘zlashuv va badiiy uslubda B) ommabop va so‘zlashuv uslubida C) ilmiy va badiiy uslubda D) so‘zlashuv, rasmiy va badiiy uslubda 4. - Anavi erda, - u Sherzodning qo‘lidagi xatga imo qildi, - to‘g‘ri yozishibdi. Ushbu gap qaysi qatorda to‘g‘ri izohlangan? A) ko‘chirma gap B) sodda yoyiq gap C) kirish gapli gap D) qo‘shma gap 5. Ko‘chirma gap bilan birga qo‘llanadigan muallif gapi kesimining ifodalanishi haqida bildirilgan qaysi fikr to‘g‘ri? A) faqat demoq fe’li bilan B) faqat so‘zlamoq fe’li bilan C) faqat gapirmoq fe’li bilan D) demoq, aytmoq, so‘zlamoq, gapirmoq kabi fe’llar bilan 6. Muallif gapi kesimining qaysi fe’llar bilan ifodalanishi to‘g‘ri ko‘rsatilgan qatorni toping. A) dedi, ko‘rdi, yog‘di, ko‘kardi; B) so‘radi, ishondi, chiqdi, chiqdi, ketdi; C) uyg‘ondi, yuvindi, tarandi, gapirdi; D) aytdi, gapirdi, so‘zladi, buyurdi; Download 1.88 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling