M maxsudova muloqot psixologiyasi o'quv qo'llanma toshkent


II B O B M ULOQOTNING YOSHGA XOS XUSUSIYATLARI


Download 2.75 Mb.
Pdf ko'rish
bet10/62
Sana25.10.2023
Hajmi2.75 Mb.
#1720855
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   62
Bog'liq
Muloqot psixologiyasi (M.Maxsudova)

II B O B
M ULOQOTNING YOSHGA XOS XUSUSIYATLARI
2.1 . Muloqot psixologiyasida transakt tahlilning roli
Transakt tahlil amerikalik psixolog va psixiatr Erik Bern tomonidan 
ishlab chiqilgan. U psixoanaliz (tahlil) g'oyalarini rivojlantirib, nazariy 
psixologiya va psixoterapevtik amaliyotdagi original yo'nalishlardan biri
— «transakt tahlil» yo'nalishiga asos soldi. Bu tahlilga ko'ra, shaxs uch 
EGO holatini o'z ichiga oladi: bolalik, ota-onalik, katta odam. Boshqalar 
bilan bo'lgan munosabatning har b ir daqiqasida individ shunday
www.ziyouz.com kutubxonasi


holatlardan birida bo'ladi. Transaksiya nima? 
Insonlar o'rtasidagi 
muloqot jarayonida tu rli signallar almashinadi. Ushbu signallar 
transaksiya deyiladi. Transaksiya bu — muloqotga kirishayotgan individlar 
EGO h o la tla rin in g o'zaro ta ’s irid ir. Har b iri stim ul va javob 
transaksiyalardan iborat. Transaksiya muloqot ishtirokchilaridan birini 
EGO holatidan olib chiqadi, birini bu holatga yo'naltiradi.
E. Bernning transakt tahliliga ko'ra insonda uchta «MEN» mavjud: 
bolalik (B ) — bo'ysunuvchi, mas’uliyatsiz, spontan reaksiyalarni 
namoyon etuvchi, nazoratsiz faolligi yuqori bo'lgan holat. Ushbu holatda 
bola o'z kechinmalarini so'zlar bilan emas, balki hissiyotlar bilan 
namoyish etadi. Bu holatning jismoniy belgilari: yig'lash, qaysarlik
ming'irlash, qo'rquvdan cho'chib tushish, yelka qisish, masxara qilish, 
kulish, biror narsa deb aytish uchun qo'l ko'tarish, uyalish, burun 
tortish. Bolalik holatida inson quyidagi: «xohlamayman», «qilmayman», 
«oyi, men ketdim», «men katta bo'lganimda...», «hammadan ko'p», 
«eng yaxshi» kabi iboralardan foydalanadi. Katta odam bu so'zni, ya’ni 
«men katta bo'lganimda«iborasini «men boyib ketganimda» degan 
shaklda ifodalaydi. Bolalar shu bilan birga «Nega? Qachon? Qayerda? 
Kim? Qanday?» savollardan ham foydalanadi. Bu — bolada kattalik 
holati uyg'onayotganligini ko'rsatadi. Bolalik holati quyidagilarga 
bo'linadi: tabiiy bolalik «men»i (xursandchilik, qayg'u kabi spontan 
namoyon etuvchi), moslashuvchi bolalik «men«i (moslashuvchi, quloq 
soluvchi, o'zini aybdor hisoblovchi, ikkilanuvchi), norozilik qiluvchi 
bolalik «men»i (qaysarlik, qarshilik qiluvchi).

Download 2.75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   62




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling