M maxsudova muloqot psixologiyasi o'quv qo'llanma toshkent
Download 2.75 Mb. Pdf ko'rish
|
Muloqot psixologiyasi (M.Maxsudova)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Katta odam holati (K)
Ota-onalik holati (O) — butun mas’uliyatni o'z zimmasiga oluvchi,
talablar va shart qo'yadigan, nazorat o'rnatadigan holat. Bu holatning jismoniy belgilari: qoshlarni uyish, ko'rsatkich barmoqni yuqoriga ko'tarish, qo'llarni ko'krakda chalishtirish, «uf» tortish, suhbatdosh yelkasini qoqib qo'yish. Ota-onalik holatidagi kishi ko'pincha quyidagi so'zlardan foydalanadi: «yaxshilab miyanga quyib ol», «hech qachon...», «unutmagin», «qancha gapirish kerak», «qani qo'lingni tekkizib к о 'г -chi» (doim, hech qachon, mumkin, mumkin emas so'zlari ota-onalik holatidagi kishi tomonidan ko'p ishlatiladi). Baholovchi fik rla r — qoralash, maqtash ma’ nosidagi fik rla r («ahmoq», «jinnivoy», «erkatoyim», «bechoragina» kabi) ota-onalik holatidagi kishiga xos. Ota-onalik holati quyidagilarga bo'linadi: mehribon ota-onalik «M EN»i (yordam beruvchi, to 'g 'rilo vch i, ovutuvchi), tanqidchilik «MEN»i (tanqid qiluvchi, buyruq beruvchi, qo'rqituvchi). Katta odam holati (K) — vaziyatni inobatga ola biladigan, boshqalarning manfaatlarini ham e’tibordan chetda qoldirmaydigan, mas’uliyatni o'zgalarning va o'zining o'rtasida adolatli taqsimlay oladigan holat. Bu holatning jism oniy belgisi: tinglayotganda yuz, www.ziyouz.com kutubxonasi ko‘ z, tananing harakatlanishi (har 3—5 soniyada ko‘ zlar pirpirashi). Bolalik holatiga xos qiziquvchanlik va berilib ketish ham katta odam holatidagi inson yuzida aks etishi mumkin. Katta kishi holatidagi inson ko'pincha quyidagi so'zlardan foydalanadi: «nima uchun?», «kim?», «qanday qilib?», «qachon?», «balki», «menimcha», «mening tushunishimcha» (masalan: «mening fikrim cha, yoshlar kattalarni hurmat qilishlari kerak, shart»). E. Bern fikricha, shaxsning yetukligi insonda katta odam EGO holatining qanchalik shakllanganligiga bog'liq bo'ladi. Transakt tahlilga ko'ra, muloqot davomida ishtirokchilar har bir EGO holatga muvofiq keluvchi nuqtyai nazarda turib kontaktga kirishadilar. Ayrim transaksiyalar ijobiy munosabat shakllanishiga, ba’zilari nizoga olib keladi. Transaksiyalar quyidagi tu rla rg a b o 'lin a d i: parallel transaksiyalar — stimul transaksiya va javob transaksiya kesishmaydi (masalan, «katta odam» holatida turib «bolalik» holatiga murojaat qilish, «bolalik» holatida tu rib «kattalik»ka javob qaytarish); Download 2.75 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling