M maxsudova muloqot psixologiyasi o'quv qo'llanma toshkent
II B O B M ULOQOTNING YOSHGA XOS XUSUSIYATLARI
Download 2.75 Mb. Pdf ko'rish
|
Muloqot psixologiyasi (M.Maxsudova)
II B O B
M ULOQOTNING YOSHGA XOS XUSUSIYATLARI 2.1 . Muloqot psixologiyasida transakt tahlilning roli Transakt tahlil amerikalik psixolog va psixiatr Erik Bern tomonidan ishlab chiqilgan. U psixoanaliz (tahlil) g'oyalarini rivojlantirib, nazariy psixologiya va psixoterapevtik amaliyotdagi original yo'nalishlardan biri — «transakt tahlil» yo'nalishiga asos soldi. Bu tahlilga ko'ra, shaxs uch EGO holatini o'z ichiga oladi: bolalik, ota-onalik, katta odam. Boshqalar bilan bo'lgan munosabatning har b ir daqiqasida individ shunday www.ziyouz.com kutubxonasi holatlardan birida bo'ladi. Transaksiya nima? Insonlar o'rtasidagi muloqot jarayonida tu rli signallar almashinadi. Ushbu signallar transaksiya deyiladi. Transaksiya bu — muloqotga kirishayotgan individlar EGO h o la tla rin in g o'zaro ta ’s irid ir. Har b iri stim ul va javob transaksiyalardan iborat. Transaksiya muloqot ishtirokchilaridan birini EGO holatidan olib chiqadi, birini bu holatga yo'naltiradi. E. Bernning transakt tahliliga ko'ra insonda uchta «MEN» mavjud: bolalik (B ) — bo'ysunuvchi, mas’uliyatsiz, spontan reaksiyalarni namoyon etuvchi, nazoratsiz faolligi yuqori bo'lgan holat. Ushbu holatda bola o'z kechinmalarini so'zlar bilan emas, balki hissiyotlar bilan namoyish etadi. Bu holatning jismoniy belgilari: yig'lash, qaysarlik, ming'irlash, qo'rquvdan cho'chib tushish, yelka qisish, masxara qilish, kulish, biror narsa deb aytish uchun qo'l ko'tarish, uyalish, burun tortish. Bolalik holatida inson quyidagi: «xohlamayman», «qilmayman», «oyi, men ketdim», «men katta bo'lganimda...», «hammadan ko'p», «eng yaxshi» kabi iboralardan foydalanadi. Katta odam bu so'zni, ya’ni «men katta bo'lganimda«iborasini «men boyib ketganimda» degan shaklda ifodalaydi. Bolalar shu bilan birga «Nega? Qachon? Qayerda? Kim? Qanday?» savollardan ham foydalanadi. Bu — bolada kattalik holati uyg'onayotganligini ko'rsatadi. Bolalik holati quyidagilarga bo'linadi: tabiiy bolalik «men»i (xursandchilik, qayg'u kabi spontan namoyon etuvchi), moslashuvchi bolalik «men«i (moslashuvchi, quloq soluvchi, o'zini aybdor hisoblovchi, ikkilanuvchi), norozilik qiluvchi bolalik «men»i (qaysarlik, qarshilik qiluvchi). Download 2.75 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling