M maxsudova muloqot psixologiyasi o'quv qo'llanma toshkent


barcha mehrlarini berib, uni erkalatib, xudbin qilib qo'yishlari


Download 2.75 Mb.
Pdf ko'rish
bet18/62
Sana25.10.2023
Hajmi2.75 Mb.
#1720855
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   62
Bog'liq
Muloqot psixologiyasi (M.Maxsudova)

barcha mehrlarini berib, uni erkalatib, xudbin qilib qo'yishlari 
mumkin. Yoki bola ukalari tug'ilganda ham o'zini yomon his qiladi. 
Chunki ota-ona endi kichik farzandiga ko'proq e ’tibor beradi. Bunday 
holatlarda kattalar bolaga u endi mustaqil ish qila olishi, aqlliligini 
tushuntirsalar, shunda u kichik ukalariga mehrli bo'ladi.
Tarbiyachi guruhga uyda tarbiyalangan yangi bola kelib qo'shilganida 
boshqa bolalarga u bilan iliq munosabatda bo'lishlarini tushuntirishi 
lozim. Unga ko'proq e ’tibor berish, yaxshi muomalada bo'lish kerak, 
shunda bola yangi muhitga tezroq ko'nikadi. Agar tarbiyachi yangi 
kelgan bolalarga mashg'ulotlar davomida yaxshi muloqotda bo'lsa, 
qolgan bolalar undan o'rganadilar. Tarbiyachi bolalar bilan do'st 
sifatida munosabatda bo'lsa, bunday guruh uyushgan bo'ladi, bir- 
birlari bilan iliq munosabatda bo'lishni o'rganadilar.
Katta maktabgacha yoshdagi bolalarda o'yin faoliyati orqali iroda 
sifatlari shakllanadi. O'yinda bolaning emotsional rag'batlantirilishi 
yaxshi natija beradi. O'yin faoliyati bolalarning 
bir-birlari bilan 
muloqotda bo'lishlarini ta’minlaydi. Ayniqsa, rolli o'yinlar orqali 
bolalarning bir-birlariga bo'lgan munosabatlarini aniqlash mumkin 
bo'ladi. Shuningdek, o'yin orqali bolalarda boshqalarga nisbatan 
g'amxo'rlik, to'g'ri munosabatda bo'lish, muomala ehtiyojlarini 
qondirish amalga oshiriladi. O'yin faoliyatida bolalar o'yin qoidasiga 
rioya qiladilar, «onasi unday qilm aydi», «doktor bunday ukol
www.ziyouz.com kutubxonasi


qilmaydi» kabi fikrlari bilan bir-birlarining harakatlarini to‘g‘rilab 
turadilar. O'yin bolaning kattalar hayotini to‘g‘ri tushunishiga yordam 

Download 2.75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   62




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling