M maxsudova muloqot psixologiyasi o'quv qo'llanma toshkent


bilan tushuntiriladi. Bundan tashqari bolalar katta erkak va ayollaming


Download 2.75 Mb.
Pdf ko'rish
bet17/62
Sana25.10.2023
Hajmi2.75 Mb.
#1720855
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   62
Bog'liq
Muloqot psixologiyasi (M.Maxsudova)

bilan tushuntiriladi. Bundan tashqari bolalar katta erkak va ayollaming 
xulq-atvorlariga qarab ham o'zlarini qanday tutishni o'rganadilar. O'yin 
faoliyatlarida erkak va ayollarga xos xususiyatlami namoyon qiladilar. 
Demak, bu davrdagi bolalarda muloqotning shakllanishi o'ziga xos 
xususiyatlarga ega. Ularda muloqotni rivojlantirish tarbiyachilaming
www.ziyouz.com kutubxonasi


mahoratiga bog‘liq, ya’ni mashg'ulotlaming to‘g‘ri tashkil qilinishi 
muhimdir.
Katta maktabgacha yoshdagi bolalar endi o'zlari mustaqil harakat 
qila oladilar. O'zlari yuvinadilar, kiyinadilar. Lekin bari bir ular ota- 
onalarining erkalashlariga, diqqat-e’tiborida bo'lishga harakat qiladilar. 
Ota-onalar bola tarbiyasida quyidagi usullardan foydalanadilar:
1. Avtoritar uslub — boshqarish qattiqqo'llik asosida olib boriladi. 
Boladagi tashabbus ota-onalar tomonidan taqiqlanadi. Har bir hatti 
-harakati albatta jazolanadi. Bu usul orqali tarbiyalangan bolalar 
qo'rqoq, jur’atsiz bo'lib qoladilar, o'z imkoniyatlarini yuzaga chiqara 
olmaydilar. Chunki ota-ona ularga sharoit yaratib bermaydi.
2. Liberal uslub — bu usulda ota-ona farzandiga befarq bo'ladi, u 
nimaga qiziqadi, nimaga layoqati borligiga qiziqmaydi. Bola nima yomon, 
nima yaxshiligini bila olmaydi. Natijada bolalar mustaqil va faol harakat 
qila olmaydilar.
3. Demokratik uslub — tarbiyaning mahsuldor usuli bo'lib, unda 
ota-ona farzandiga bor mehrini berib, uning qiziqishlari, imkoniyatlari 
bilan hisoblashadi. Bolaning erkin fikrlashini istaydi. Bu usul bolani 
to'g'ri tarbiyalash imkonini beradi.
Ayrim oilalarda bola yolg'iz farzand bo'lgani uchun ota-ona unga 

Download 2.75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   62




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling