7-mustaqil ish: Bolalarda jismoniy madaniyatni shakllantirish usullari


Download 20.67 Kb.
Sana30.11.2021
Hajmi20.67 Kb.
#178161
Bog'liq
7-mustaqil ish.


7-mustaqil ish: Bolalarda jismoniy madaniyatni shakllantirish usullari.

  1. Tayanch-harakat a’zolarining tarkibiy qismlari va ularning hayotdagi ahamiyati?

J: Tayanch-harakat a’zolarining tarkibiy qismlariga suyaklar (skelet), bog’lar, bo’g’inlar va muskullar kiradi. Suyaklar, bog’lar va bo’g’inlar harakat a’zolarining passiv elementlari hisoblanadi. Harakat apparatining faol qismi bo’lib muskullar hisoblanadi.

Harakat a’zolarining tarkibiy qismi – yaxlitdir; har bir organ va uning qismlari bir-biri bilan uzviy bog’liq holda shakllanadi va faoliyat ko’rsatadi.



  1. Skelet haqidagi tushunchangiz va suyaklarning rivojlanish bosqichlaridagi rolini ayting?

J: Skelet har bir organni va butun tananing tayanchi va himoyachi bo’lib xizmat qiladi, ko’plab suyaklar esa tana va uning qismlari tomonidan bajariladigan murakkab harakatlarning kuchli ko’rsatgichi ham hisoblanadi. Muskullar barcha suyakli ko’targichlarning harakatini ta’minlaydi. Skelet tananing tuzilish asosini tashkil etadi va jiddiy darajada uning o’lchami va shaklini aniqlaydi. Skeletning miya qutisi, ko’krak qafasi va chanoq, umurtqa pog’onasi tanasi kabi qismlari, miya, o’pka, yurak, ichaklar kabi hayotiy muhim a’zolari joylashadigan joyi himoyachisi bo’lib hisoblanadi.

Skelet moddalar almashinuvida faol ishtirok etadi, aynan qonning mineral tarkibini ma’lum darajada ushlab turilishini ta’minlaydi. Bundan tashqari suyaklar tarkibiga kiruvchi qator moddalar (kalsiy, fosfor, limon kislotasi va boshq) zarur bo’lgan paytlarda almashinuv reaksiyalariga yengil qo’shiladi.

Ko’pchilik muskullar suyaklarga tutashgan bo’ladi. Muskullar skelet suyaklarini harakatga keltiradi va ish bajaradi. Ko’plab muskullar, tana bo’shlig’ini o’rab ichki a’zolarni himoya qiladi.

Suyak – kalsiy va fosfor deposi hisoblanadi. Paratgormon va kalsiotonin gormonlari qon plazmasida kalsiy miqdorini va osteoklastlarning so’rilish faolligini boshqarib turadi. Suyak to’qimasi juda faol regeneratsiya xususiyatiga ega bo’lib, organizmda to’xtovsiz yangilanib turadi. Shu sababdan suyakning mexanik xossalari ham organizmga tushadigan yukka mos ravishda o’zgarib boradi. Odam skeleti tarkibi umr davomida yangilib turadi.



  1. Mushaklar tizimi, muskul tolalarining tuzilishi va funksiyalari.

J: Mushak tizimi – mushaklar va ularning tutamlari majmui; odatda, biriktiruvchi to’qima bilan birlashgan bo’ladi. Harakatlanishda asosiy ro’l o’ynaydi. Bir hujayralar va bulutlarda mushak tizimi bo’lmaydi, umurtqa esa yaxshi rivojlangan (tananing 1/3-1/2 qismini tashkil etadi). Organizmning harakatlanishini, tana muvozanatini, shuningdek, nafas olishni, organizmda ovqat va qonning siljishini ta’minlaydi. Mushak tizimi to’qimalarida kimyoviy energiya mexanik energiyaga aylanadi, natijada organism bilan atrof muhit o’rtasida issiqlik almashinib turadi.

Muskullarning tuzilishi. Muskullar maxsus parda-sarkolemma bilan o’ralgan muskul tolalaridan tuzilgan. Muskul tolalarining protoplazmatik moddasi va qisqaruvchi talaygina ipsimon elementlari-miofibrillari bor. Muskul tolasi pardasining ustida yadrolari joylashgan.



  1. Miofibrilla, Miofibrilla muskullarning xususiyatlari.

J: Miofibrilla- muskullarning asosiy funksional elementlaridir. Ko’ndalang-targ’il muskul miofibrillalari mikroskop ostidan birin-ketin joylashgan qoramtir va rangsiz disklarga bo’lingandek bo’lib ko’rinadi, bu disklar A disk (anizotrop disk) kuchli darajada ikki yoqlama nur sindirish qobiliyatiga ega emas. Bu tolalar ikki xil nur sindirganliklari uchun mikroskop ostida qaralganda ko’ndalang-targ’il bo’lib ko’rinadi.

Miofibrilla muskullarining xususiyatlari. Miofibrillalarning anizotrop disklari muskulning qisqarishini ta’minlasa, izotrop disklari ularga elastiklik beradi. Muskul tolalari ranglari bilan ham bir-biridan farq qiladi. Qizil rangli tolalar sarkoplazmaga boy, miofibrillalari kam bo’ladi, oqish rangli tolalarning sarkoplazmasi oz, miofibrillari esa ko’p bo’ladi. Miofibrillalar orasida Krista va glikogen zarralari yaxshi rivojlanadi.



  1. Tayanch-harakat a’zolarini rivojlanishida jismoniy mashqlarning roli.

J: Mashqlar odam harakat apparatlarini takomillashtiruvchi samarali vosita hisoblanadi. Mashqlar ta’sirida odamlarning barcha shakldagi harakat faoliyati takomillanishi va turg’unligi shakllanadi. Mashqlarni fiziologik mohiyati dinamik steriotiplarni hosil bo’lishiga olib keladi. Sport bilan shug’ullanuvchi odamlarda yurak muskullarining qisqarishi soni kamayadi, lekin sistolik va minutlik qon haydash hajmi ortadi.

  1. Muskullar oqsillari va ularning qisqarish jarayonidagi ahamiyati.

J: Muskullarning qiqarishi- normal nerv impulsiga javoban muskulning kalta tortishi, muskullarning asosiy fiziologik xossalaridan biri. Qisqarish muskulning kaltalanishi yoki taranglanishida namoyon bo’ladi. Muskul qisqarishi, odatda, biror ish bajarilishini ta’minlaydi. Muskul qisqarishida miofibrillar tarkibiga kiruvchi oqsillar: miozin va aktin ishtirok etadi. Muskul qisqarishi chog’ida har ikki oqsil o’zaro ta’sir etib, aktomiozin kompleksini hosil qiladi. Muskul qisqarishi uchun zarur energiya, aktomiozin va adenozintrifosfat kislotatt o’zaro ta’sirlashuvidan yuzaga keladi. Bundan tashqari, muhitda ma’lum miqdorda kalsiy ionlar Sa+2 bo’lgandagina Muskul qisqarishi ro’y berishi aniqlangan.

Bajardi: Mamatkarimova Gulzoda.



Boshlang’ich ta’lim, 1-bosqich talabasi.
Download 20.67 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling