M maxsudova muloqot psixologiyasi o'quv qo'llanma toshkent
Download 2.75 Mb. Pdf ko'rish
|
Muloqot psixologiyasi (M.Maxsudova)
4-jadval
А В С D E F «Ғ» nuqta — xodimni simvollashtiradi (rahbar uning uchun oliy namuna). «А» nuqta — xodim rahbarga qarshi. «Е» nuqta — rahbarga do'st sifatida qaraydigan xodim, hamfikr. «D» nuqta — xodim rahbarga to'g'ri munosabatda bo'ladi. «В» nuqta — rahbarga ochiqdan ochiq qarshi munosabatda bo'ladigan xodim. «С» nuqta — rahbarga yaqin orada qarshi bo'lib qoladigan xodim. Bu nuqtada o'rtacha xodim turadi (yangi kelgan, rahbami hali yaxshi bilmaydigan), u keyin yo chapga, yoki o'ngga qarab harakat qiladi. O'ng tomonda turadigan xodimlar bilan ishlash rahbar uchun albatta oson. Chap tomonda turgan xodimlami rahbar o'ng tomonga o'tkazishga harakat qilishi kerak. Psixologiya tili bilan aytganda, ularga nisbatan attraksiya (o'ziga jalb qila olish) ni shakllantirish kerak. Hayotda shunday kishilar borki, ular odamning ko'ngliga tezda yo'l topib, ishlarini bitirgandan so'ng tezda g'oyib bo'ladilar yoki yaxshilikni unutib yuboradilar. Ular boshqalarda o'zlariga nisbatan attraksiyani tez hosil qiladilar. Bunday kishilar muloqot jarayonida attraksiyani shakllantiruvchi maxsus psixologik usullami mohirona qo'llaydilar. Attraksiyani shakllantirishning umumiy psixologik mexanizmlari mavjud. Kishilar bilan endigina tanishib suhbatlashgandan so'ng www.ziyouz.com kutubxonasi ajrashib ketsak-da, ular haqida bizda iliq taassurot qoladi, bu taassurot salbiy bo‘lishi ham mumkin. Biz ayrim paytda ish bilan juda band bo‘lib o'tirganim izda kotibaning kirib nim alarni gapirganini anglamaymiz. Biz uning ovozni eshitish a’zosi orqali eshitamiz, lekin anglamaymiz. Chunki undan biz hissiy quwat olmaymiz. Bizning qulog'imizga bizga yoqadigan so‘z eshitilsa, keyin biz uni anglaymiz. Demak, kelayotgan ta’sirlar bizda hissiy munosabatni uyg‘otsa bizda attraksiya paydo bo'ladi. «Ism» usuli — bizga o'z ismimiz bilan murojaat qilinsa juda yoqadi. Fuqaro, o'rtoq deb aytgandan ko'ra ismning aytilishi kayfiyat ko'tarilishiga olib keladi. Mashhur amerikalik psixolog Deyl Kamegi fikricha, odamning ismi uning uchun eng yaxshi musiqa vazifasini o'taydi. «Ism» usulining psixologik mexanizmi quyidagicha: — ism va shaxs bir-biridan ajralmaydi. Inson tug'ilgandan boshlab uning ismi u bilan yonma-yon turadi; — ism bilan murojaat qilish kishida unga nisbatan e’tiboming mavjudligini bildiradi; — shaxsga nisbatan diqqatli bo'lish, shaxsni tasdiqlash demakdir; — agar shaxs o'zining shaxs ekanligini anglasa, unda qoniqish hissi paydo bo'ladi; — qoniqish hissi doimo ijobiy kechinmalarni keltirib chiqaradi; — kishi doimo ijobiy hislar paydo bo'lishiga harakat qiladi; — agar hech kim bizda ijobiy hislami qo'zg'ata olmasa, attraksiyani vujudga keltirishga harakat qilinadi. (Panasyuk A. Yu. 45-b.) «ISM» USULINING TA’SIR QILISH MEXANIZMLARI Download 2.75 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling