M maxsudova muloqot psixologiyasi o'quv qo'llanma toshkent


Download 2.75 Mb.
Pdf ko'rish
bet48/62
Sana25.10.2023
Hajmi2.75 Mb.
#1720855
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   62
Bog'liq
Muloqot psixologiyasi (M.Maxsudova)

5-jadval
www.ziyouz.com kutubxonasi


Demak, insonga murojaat qilishda uning ismini aytib chaqirish 
unda ijobiy hislami keltirib chiqaradi. Kishilaming ismini eslab qolish 
uchun uni bir necha m arta takrorlash muhim. Shuningdek, 
miyangizdagi shu ism bilan bog'liq assotsiatsiyani yaratishga harakat 
qiling. Kechqurun yangi tanishlaringizning ismlarini bir necha marta 
takrorlang. Xodimlaringizni ismi bilan chaqirib murojaat qilishingiz 
ularda sizga bo'lgan hurmatni orttiradi.
«Munosabatlar oynasi» 
usuli — tasavvur qiling, sizni yangi jamoaga 
rahbar qilib tayinlashdi. Hali hech kim sizni tanimaydi, siz ham ulami 
tanimaysiz. Ertalab ular sizning ismingizni aytib salomlashadi, lekin 
siz ulaming ismlarini hali bilmaysiz. Bitta xodimingiz siz bilan jilmayib 
salomlashadi, xuddi eski qadrdonlardek muloqotda bo'ladi. Ikkinchi 
xodim esa muloyim salomlashadi, lekin yuzida kinoyaga o'xshash ishora 
bor, istehzoli. Siz ish to'g'risida maslahatlashmoqchi bo'lsangiz qaysi 
biriga murojaat qilasiz? Albatta birinchi xodimga, lekin nima uchun? 
Chunki unga nisbatan sizda attraksiya paydo bo'ladi. «Ruhiyat oynasi» 
yoki «munosabatlar oynasi» — bu yuz ifodasidir. Kishilar dilidagini 
yuz qiyofasi orqali ifodalaydilar. Kayfiyat chog'ligini, yomonligini ham 
yuz qiyofasidan bilib olish mumkin. Odamlar munosabatlar oynasini 
juda kam nazorat qiladilar va boshqaradilar. Rahbar xodimiga uning 
majburiyatiga kirmaydigan vazifani topshirayotganida juda muloyim, 
jilmayib murojaat qiladi. Jilmayish — bu kishilaming, do'stlaming 
parolidir. Buni psixologik mexanizmi quyidagicha:
— ko'pgina kishilar do'stlarigagina jilm ayib qaraydilar
dushmanlariga emas;
— muloqotda kishilar ko'ngildan jilmaysalar, bu «men — sizning 
do'stingizman» degani;
— do'st — bizning himoyachimiz, biz tomonimizda turadigan 
kishi;
— insonning ehtiyojlaridan biri — himoyalanishga bo'lgan ehtiyoj. 
Do'st mana shu himoyalanish ehtiyojini qondiradigan shaxsdir;
— qoniqish hissi kishida ijobiy hislami keltirib chiqaradi;
— inson doimo ijobiy hislami keltirib chiqaradigan shaxsga nisbatan 
intiladi;
— agar hech kim ijobiy hislami keltirib chiqarmasa, u ixtiyorsiz 
ravishda attraksiya (o'ziga jalb qilish) ni shakllantiradi (Panasyuk A.Y. 
53-bet). Buni quyidagi jadvalda ko'rish mumkin:
Bu jadvaldagi qoidalarga barcha ham amal qilavermasligi mumkin.
Attraksiyani vujudga keltirish rahbarning vazifasiga kiradi. Chunki 
xodimlarga ko'rsatmalar berayotganda bu juda muhim. Qovog'ini solib 
buyruq bergandan ko'ra, jilmayib, uni ozgina maqtab, keyin topshiriq 
berilsa, xodim tezda bu topshiriqni bajaradi.
www.ziyouz.com kutubxonasi


«MUNOSABATLAR OYNASI» USULIGA TA’SIR QILUVCHI MEXANIZM

Download 2.75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   62




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling