M maxsudova muloqot psixologiyasi o'quv qo'llanma toshkent


Download 2.75 Mb.
Pdf ko'rish
bet54/62
Sana25.10.2023
Hajmi2.75 Mb.
#1720855
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   62
Bog'liq
Muloqot psixologiyasi (M.Maxsudova)

Lider
1
3
5
7
9
11
13
15
17
19
Administrator
2
4
6
8
10
12
14
16
18
20
Liderlik bo'yicha ballar yig'indisi aniqlanadi. Administratorlik bo'yicha 
ham ballar yig'indisi aniqlanadi. Qaysi biridan ballar ko'proq yig'ilsa, 
o'sha tip rahbarda ustun bo'ladi. Ballar foiz bo'yicha hisoblanadi.
V BO B
MULOQOT JARAYONIDAGI ZIDDIYATLARNI BARTARAF 
ETISH VA MULOQOTCHANLIK SIFATLARINI 
TARBIYALASH
5.1. Ziddiyatning mazmuni
Rahbar faoliyatidagi eng muammoli masalalardan biri — xodimlar 
bilan bo'ladigan ziddiyat, nizolar. Ushbu masala bo'yicha psixologlar 
Yershov A.A. (Shaxs va jamoa: Jamoadagi shaxslararo nizolarni bartaraf 
etish), Kichanov I.M. (Ziddiyatlar: yoqlaydiganlar va qarshilar.), 
Smolin G.L. (Ziddiyatlami tadqiq qilish tamoyillari) bir qancha ishlarni 
amalga oshirganlar. Bizning asosiy maqsadimiz — rahbarlarda nizoga 
nisbatan konstruktiv munosabatlami shakllantirish, ziddiyat ham 
boshqaruvning asosiy vositasi ekanligini anglatish, nizolar bartaraf 
etilmasa jamoadagi ishni to'g'ri yo'lga solish qiyin ekanligini tushuntirish.
Ayrim rahbarlar ziddiyatni kelib chiqish mexanizmlarini chuqur 
o'rganmaydi, ba’zilari esa ziddiyatdan qochadi, befarq bo'ladi. Bu ikkala 
qarash noto'g'ri. Befarqlik nizolaming chuqurlashib ketishiga olib keladi. 
Ziddiyat sabablaridan ba’zi vaziyatlami ko'rib chiqish mumkin.
1-vaziyat: Rahbaming xonasida majlis bo'lmoqda. Musobaqa 
natijalari haqidagi masala ko'rilmoqda. 3-oshxonaning faoliyati yaxshi
www.ziyouz.com kutubxonasi


bo'lgani uchun birinchi o'rinni ularga berilmoqchi. Boshqarma 
rahbarlaridan biri esa bu qarorga qarshi fikr bildirib, bu oshxonada 
tayyorlanadigan ovqatning kaloriyasi (quvvati) pastligini bildirdi. 
Shunda oshxona boshlig'i o'midan turib, qarshi fikr bildirgan rahbar 
uning oshxonasiga tez-tez kirib ovqatlanib yurishini, har doim 
o'zining ichkari xonasida unga sifatli ovqat berishini, ammo bir 
marta kirganda vaqti yo'qligi uchun umumiy ovqatlanish xonasida 
ovqat berilgani uchun u hozir qarshi bo'layotganini aytib o'tdi. Mana 
ziddiyat. Bu nizoning ildizi shaxsiy adovatga borib taqaladi. Ziddiyat 
negizi ilgari oshxonaning o'zida paydo bo'lgan, degan xulosaga kelish 
mumkin. Bu nizoli vaziyat bo'lishi mumkin. Ziddiyatda opponent — 
bahsda shaxsga nisbatan qarshi fikrlar bildiradigan kishi, ham oshxona 
boshlig'i, ham unga qarshi fikr bildirgan rahbar bo'lib hisoblanadi. 
Lekin ular shaxs sifatida emas, biri oshxona boshlig'i, biri boshqarma 
rahbari sifatida opponentlik rolini o'ynaydi. Ziddiyatli vaziyatlarda 
kamida ikkita opponent qatnashishi kerak. Ziddiyatni hal qilish uchun 
opponentlardan biri «kuchli» bo'lishi lozim. Aniqrog'i, opponent 
fikri kuchli, asosli, boshqalarni ishontiradigan bo'lishi kerak. Ziddiyat 
kuchi maqsadning darajasini taqqoslashda aks etadi. Yuqoridagi 
vaziyatda boshqarma rahbari oshxona haqida fikrlarini yozma ravishda 
qoldirib ketsa ham bo'lardi. Shunda yuqoridagi ziddiyat kelib 
chiqmagan bo'lar edi. Chukni oshxona boshlig'i ham boshqarma a’zosi 
ham ish yuzasidan bo'ladigan munosabatlar doirasidan chiqib 
ketganlar. Ular shaxsiy munosabatlar asosida nizoga duch keldilar.
Ziddiyatli vaziyatni to 'rt qismga bo'lish mumkin: obyektiv 
maqsadga yo'naltirilgan, obyektiv maqsadga yo'naltirilm agan, 
subyektiv maqsadga yo'naltirilgan va subyektiv maqsadga 
yo'naltirilmagan. Yuqoridagi vaziyatda (oshxona boshlig'i bilan 
boshqarm a xodimi o'rtasidagi m ojaro) obyektiv maqsadga 
yo'naltirilgan vaziyat turi amalga oshirilgan. Obyektiv ziddiyat hech 
qachon subyektiv ziddiyatga aylanmasligi kerak.
2-vaziyat: korxonaning barcha bo'limlaridagi boshliqlar sex 
boshlig'idan shikoyat qildilar. U barcha bo'limlardan keladigan 
mahsulotni qutilarga joylab jo'natishi kerak. Ular ozgina adashsa 
hammaning ishi bekor bo'ladi. Natijada hech kim mukofot ololmaydi. 
Lekin texnik nazorat bo'limi boshlig'i mukofotga aloqasi bo'lmagani 
uchun nazoratni kuchaytirmaydi. Keraksiz bo'lib qolgan mahsulot uchun 
mas’uliyatni sex boshlig'i o'z zimmasiga olmaydi. Obyektiv holat bo'yicha 
bu ziddiyat doimo bo'lib keladi. Yuqoridagi bo'limlardagi boshliqlar 
sexlarda bo'layotgan nizolarni yaxshi tushunmaydilar. Bu ziddiyatni 
bartaraf qilish uchun tashkiliy jadvalni qaytadan ko'rib chiqish kerak. 
Nazorat bo'limi markazlashgan tizim bo'lishi lozim.
www.ziyouz.com kutubxonasi


Kichik-kichik ziddiyatlarga e’tibor berilmasa, bartaraf qilinmasa u 
katta ziddiyatga aylanib, rivojlanib ketishi mumkin.
Tashkiliy-texnologik, iqtisodiy, mikro-ijtimoiy tizimlar bo'yicha 
ziddiyatli vaziyatlar kishilar irodasiga bog'liq bo'lmagan holda yuzaga 
chiqadi. Tasavvur qiling, sizni boshqa joyga ishga o'tkazishdi. Agar 
yangi ish joyingiz uyingizga uzoq bo'lmasa, eski ishingizga o'xshasa 
bu sizni qoniqtiradi. Lekin yangi ishingiz yaxshi bo'lgani bilan awalgi 
tanishlaringiz bu yerda yo'q, yangi joyda yangi tanishlar bilan 
muloqotda bo'lishingiz kerak. Kishilar yangi ishga kirganda u yerdagi 
holatni o'rganib chiqadilar.
Ish o'rnining tarkibi

Download 2.75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   62




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling