O'zbekiston respublikasi oziq ovqat sanoatining holati va rivojlanish istiqbollari. Reja


Download 34 Kb.
bet1/6
Sana17.06.2023
Hajmi34 Kb.
#1536677
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
O\'zbekiston respublikasi oziq ovqat sanoatining holati va rivojlanish istiqbollari.


O'zbekiston respublikasi oziq ovqat sanoatining holati va rivojlanish istiqbollari.
Reja:
1. Respublika oziq-ovqat sanoatini jadal rivojlantirish hamda aholini sifatli oziq-ovqat mahsulotlari bilan toʻlaqonli taʼminlash
2. O'zbekiston respublikasi oziq ovqat sanoatining holati va rivojlanish istiqbollari
3. Qishloq xoʻjaligi vazirligiga qoʻshimcha vazifalar yuklatish

Mamlakatimizda soʻnggi yillarda koʻrilgan choralar natijasida qishloq xoʻjaligi mahsulotlarining eksporti 2017-yilga nisbatan 2019-yilda 2 baravarga koʻpayishiga, yiliga 10 million tonnadan ortiq sabzavot, 17 million tonnadan ortiq boshqa dehqonchilik mahsulotlari va 2,5 million tonna goʻsht yetishtirishga erishildi.


Shu bilan birga, yetishtirilayotgan qishloq xoʻjaligi mahsulotlarining xalqaro standartlar va xavfsizlik talablariga toʻliq javob bermasligi, oziq-ovqat ishlab chiqaruvchilar va eksportyorlar orasida oʻzaro munosabatlar toʻgʻri yoʻlga qoʻyilmaganligi mamlakatning eksport salohiyatini oshirish va yangi bozorlarni ochishda toʻsqinlik qilmoqda.
Meva-sabzavot, goʻsht, sut va boshqa qishloq xoʻjaligi oziq-ovqat mahsulotlarini xalqaro sifat standartlari asosida qayta ishlash hajmlarini oshirish, ichki hamda tashqi bozorlarda raqobatbardosh boʻlgan mahalliy oziq-ovqat mahsulotlari turlarini ishlab chiqarishni davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash tizimini joriy etish hamda aholini sifatli va xavfsiz oziq-ovqat mahsulotlari bilan taʼminlashni yana-da yaxshilash maqsadida:
1. Qishloq xoʻjaligi vazirligiga quyidagi qoʻshimcha vazifalar yuklatilsin:
meva-sabzavot, goʻsht, sut va boshqa qishloq xoʻjaligi oziq-ovqat mahsulotlarini yetishtiruvchi (ishlab chiqaruvchi) korxonalar bilan ushbu mahsulotlarni qayta ishlovchi, tayyorlovchi va realizatsiya qiluvchi korxonalar oʻrtasida oʻzaro manfaatli munosabatlar uchun sharoitlar yaratish;
mahalliy oziq-ovqat mahsulotlarining raqobatbardoshligini oshirish va ularni diversifikatsiya qilish, hududlarning mavjud tabiiy va iqtisodiy resurslaridan unumli foydalanish asosida oziq-ovqat sanoatini rivojlantirishning strategiya va modellarini ishlab chiqish;
meva-sabzavot, goʻsht, sut va boshqa qishloq xoʻjaligi oziq-ovqat mahsulotlarini qayta ishlovchi tadbirkorlik subyektlarini qoʻllab-quvvatlashning moliyaviy va nomoliyaviy choralari – yangi vositalar va axborot tizimlarini yaratish, yuqori samara beruvchi yoʻnalishlarda loyihalarni amalga oshirish;
oziq-ovqat sanoatining rivojlanishiga xususiy va toʻgʻridan-toʻgʻri chet investitsiyalar oqimining taʼsirini tahlil qilish, prognozlash va bu borada tegishli takliflarni ishlab chiqish;
zamonaviy savdo va logistika markazlarini tashkil etish, mahalliy oziq-ovqat mahsulotlarini jahon bozorlarida ilgari surish, ularning raqobatbardoshligini oshirish, eksport salohiyatini kengaytirish hamda import hajmini kamaytirish choralarini koʻrish.
2. Mazkur qarorga asosan yuklatilayotgan qoʻshimcha vazifalarni samarali amalga oshirish uchun Qishloq xoʻjaligi vazirligi markaziy apparati tuzilmasida:
Qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini qayta ishlash va infratuzilmani rivojlantirish boshqarmasi negizida boshqaruv xodimlarining cheklangan soni 12 ta shtat birligidan iborat Oziq-ovqat sanoatini rivojlantirish bosh boshqarmasi tashkil etilsin;

Download 34 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling