O'zbekiston respublikasi oziq ovqat sanoatining holati va rivojlanish istiqbollari. Reja


Download 34 Kb.
bet3/6
Sana17.06.2023
Hajmi34 Kb.
#1536677
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
O\'zbekiston respublikasi oziq ovqat sanoatining holati va rivojlanish istiqbollari.

bir oy muddatda tegishli taʼlim yoʻnalishlari (mutaxassisliklar)da soha boʻyicha tahsil olayotgan talabalarning amaliyotlarini oʻtash obyektlari – ish beruvchi tashkilotlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar bazasini shakllantirsin;
Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi bilan birgalikda 2020-yil 1-dekabrga qadar oziq-ovqat texnologiyalari sohasida zamonaviy texnika va texnologiyalarni joriy etgan yetakchi korxona, tashkilotlar va muassasalar bilan talabalarning amaliyotlarini oʻtash yuzasidan oʻzaro hamkorlik oʻrnatish toʻgʻrisida tegishli chora-tadbirlarni amalga oshirsin.
10. Ushbu qarorda belgilangan chora-tadbirlarning samarali va oʻz vaqtida amalga oshirilishini taʼminlash maqsadida:
a) Bosh vazir oʻrinbosari Oʻ.Barnoyev:
bir hafta muddatda qishloq xoʻjaligi vaziri oʻrinbosari – Oziq-ovqat sanoatini rivojlantirish bosh boshqarmasi boshligʻi lavozimiga yuklangan vazifalarni professional darajada bajarishga qodir boʻlgan, zarur nazariy bilim va amaliy koʻnikmalarga ega yuqori malakali nomzod boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga taklif kiritsin;
bir oy muddatda hududlarning mavjud tabiiy va iqtisodiy resurslarini hisobga olgan holda qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini yetishtirish va ularni qayta ishlash boʻyicha tumanlarning diversifikatsiyalanishini taʼminlasin;
b) Qishloq xoʻjaligi vazirligi (Xodjayev):
bir oy muddatda Oziq-ovqat sanoatini rivojlantirish bosh boshqarmasi faoliyatini yoʻlga qoʻyish boʻyicha Hukumat qarori loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritsin;
bir oy muddatda Oziq-ovqat sanoatini rivojlantirish bosh boshqarmasini tanlov asosida zarur nazariy bilim va amaliy koʻnikmalarga ega zamonaviy menejment va marketing usullarini egallagan yuqori malakali kadrlar bilan toʻldirsin;
ikki oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisidagi takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritsin;
Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi (Norqulov) hamda Davlat bojxona qoʻmitasi (Azimov) bilan birgalikda uch oy muddatda oziq-ovqat sanoatida import qilinayotgan tovarlar turi, tasnifi, miqdori, narxi hamda ushbu mahsulotlarni ishlab chiqarayotgan mahalliy korxonalar boʻyicha doimiy yangilanib boradigan maʼlumotlar bazasini yaratsin va uni oʻzining rasmiy veb-saytida joylashtirsin;
v) Qishloq xoʻjaligi vazirligi (Xodjayev) Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi (Norqulov) hamda Moliya vazirligi (Ishmetov) bilan birgalikda:
uch oy muddatda ilgʻor xorijiy tajribani oʻrgangan holda qishloq xoʻjaligi oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarish, qayta ishlash va realizatsiya qilish, savdo-logistika hamda saqlash markazlarini tashkil etishni qoʻllab-quvvatlash mexanizmlarini yana-da takomillashtirish boʻyicha takliflarni ishlab chiqsin va Vazirlar Mahkamasiga kiritsin;

Download 34 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling