M muminova biznes-jarayonlarini modellashtirish


Download 1.67 Mb.
Pdf ko'rish
bet84/93
Sana28.12.2022
Hajmi1.67 Mb.
#1019115
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   93
Bog'liq
Biznes jarayonlarini modellashtirish @iqtisodchi kutubxonasi

funksiya yacheykasi mavjud. Unga foydalanuvchi masalaning maqsad funksiyasidan 
kelib chiqib, uning formulasini kiritishi lozim, keyinchalik esa dasturiy vosita 
muloqot oynasida funksiya ekstremumining qanday qiymatga (maksimum yoki 
minimum) erishishini ko‗rsatish kerak. Masalaning modelini tuzish va hisobotni 
initsializatsiyalashni tugatgach, Excel dasturi avtomatik ravishda ushbu yacheykaga 
ekstremal natijani joylashtirishga erishishi lozim. Formula maqsad funksiyani 
masalan, sof foyda yoki jami xarajatlar qiymatini hisoblaydi. Bunda boshqa 
o‗zgaruvchilarning qiymatlarini avtomatik ravishda o‗zgartirib boriladi. 
Dasturiy muloqotda maqsad yacheykasi uchun (katakchaning o‗zida emas), 
maqsadga erishishda u bilan o‗zaro bog‗liq bo‗lgan katakchalarning qiymatlarini 
tanlash kerak bo‗lsa, haqiqiy maqsadli qiymatni joylashtirish mumkin. Boshqacha 
aytganda ―Million so‗m foyda zarur! Bunga biz qanday erishishimiz mumkin?‖ 
turdagi teskari masalalarni yechish imkoniyati mavjud. Birinchi ssenariy: mavjud 
narxlarda bunga qancha resurslar talab qilinadi, yoki (ikkinchi ssenariy) buning 
uchun mavjud narxlarda mahsulotning narxlari qanday bo‗lishi kerak, yoki (uchinchi 
ssenariy) mahsulotning mavjud narxida resursning narxi qanday bo‗lishi lozim? 
Maqsad funksiya katakchasida natija formulasiga murojaat qiluvchi va unga 
bog‗liq bo‗lgan bir yoki bir necha o‘zgaruvchan katakchalar ko‗rsatilishi lozim. 
Ular yechimning noma’lumlari yoki o‘zgaruvchilar deb ataladi. Поиск решения 
(Yechimni qidirish) funksiyasi o‗zgaruvchan katakchalarning qiymatlarini shunday 
tartibda joylashtiradiki, bunda maqsad katakcha formulasining optimal yechimni 
osonlik bilan topishga imkoniyat paydo bo‗ladi. Elektron jadvallarning ko‗p 
versiyalarida bitta yechimda o‘zgaruvchan katakchalarning soni 100 tagacha 
bo‗lishi mumkin. Har bir o‘zgaruvchan katakcha uchun chegaraviy katakchalar 
soni bittadan kam bo‗lmasligi lozim. Resurslar chegaralari bo‗yicha, talab hajmi 
bo‗yicha (minimal talab, maksimal talab) bir qancha miqdorda qo‗shimcha 
chegaraviy katakchalar ham mavjud bo‗lishi mumkin. 


148 

Download 1.67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   93




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling