Tavakkalchilik va aniqmaslik sharoitida yechim qabul qilish
Download 17.36 Kb.
|
J.t. 12-13-mavzu
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tabiat bilan o‘yin m asalasi
Tavakkalchilik va aniqmaslik sharoitida yechim qabul qilish Ixtiyoriy jarayonni tadqiq etish davomida yechim (qaror) qabul qilishga to'g'ri keladi. Bunda, yechim qabul qilish qanday vaziyatda: m a’lumotlar to'la yoki to'la emas bo'lishligi muhim bo'lib, ular ikki qarama-qarshi holatlarni ifodalaydi. Bularning o'rtasida bo'lgan yana bir holat borki, u tavakkalchilik deb ataladi. Bunda ro‘y berishi mumkin bo'lgan holatlarning ehtimolligi, yoki ularning taqsimot funksiyalari berilgan bo'lishi ham mumkin. Masalan, bozorda biror mahsulotga bo'lgan narx aniqlik sharoitida o'zgarmasdan turadi, tavakkalchilik sharoitida esa u tasodifiy miqdor bo'lib, o'zgarish qonuni taqsimot funksiya orqali berilgan bo'ladi, aniqmaslik sharoitida esa u tasodifiy miqdor bo'lib, uning o'zgarish qonuniyati yoki berilmagan, yoki umuman aniqlab bo'lmaydi. Lekin aniqmaslik sharoitida m a’lumot yo‘q degani, bu faqat tasodifiy miqdorning berilish qonuniyatiga nisbatan aytilgan bo'lib, uning qabul qiladigan qiymat104 lari (holatlar majmuasi, holatlar to'plami) oldindan m a’lum bo‘ladi. M a’lumotlarning berilish darajasiga qarab, berilgan masala ham turlicha formallashtiriladi. Masalan, yuqoridagi misolda: aniq sharoitda, qabul qilingan yechimning sifatini ketgan xarajat orqali (kriteriya) ifodalash mumkin, tavakkalchilik sharoitida esa narx tasodifiy miqdor bo'lib, uni hisobga olgan holda kriteriya tuzish kerak bo‘ladi, aniqmaslik sharoitida esa, narx haqida m a’lumot mutlaqo nom a’lum bo'lib, yuqoridagi aniq kriteriyalarni, umuman, qo'llab bo‘lmaydi. Bu mulohazalar ko'rsatadiki, m a’lumotlarning aniqmasligi ortib borishi kriteriya tanlashni ham, yechim qabul qilish masalasini ham qiyinlashtirib, umuman, q at’iy ishonchli natijalarga olib kelmaydi. Shunday qilib, aniqlik sharoitida kriteriyani tuzish hech qanday qiyinchilik tug'dirmaydi, ammo tavakkalchilik va aniqmaslik sharoitlarida esa turli kriteriyalar ishlatiladi. Ularning hech biri bekami-ko‘st, kamchiliksiz hisoblanmasdan, faqat turli ko'rinishda bo‘lgan talablarni qanoatlantirishi bilan cheklanadi. Ko‘rilayotgan masala ikki ishtirokchili o‘yinga keltirilgan bo'lib, ikkinchi ishtirokchi "ongsiz" raqib sifatida qabul qilinsa, bunday o'yin tabiat bilan o ‘yin deb ataladi. Bunday o'yinning eng muhim tomoni: tabiat turli holatlarni keltirib chiqarish bilan, u bu holatlarning qaysi biri ro'y berishidan manfaatdor emas. Tabiat bilan o'yin masalasidagi asosiy muammo — maqsadga yo'naltirilgan kriteriyani aniqlash va unga nisbatan optimal yechimni topishdir. Agar ko'rilayotgan masalada ikkinchi ishtirokchi ongli raqib, deb faraz qilinsa, mazkur holat ziddiyatli bo'lib, u bilan o'yinlar nazariyasi shug'ullanadi. Tabiat bilan o‘yin m asalasi Biz bu punktda tabiat bilan o‘yin masalasida uchraydigan turli kriteriyalar bilan tanishib chiqamiz. Bular: yutuqning matem atik kutilmasi kriteriyasi, Laplas kriteriyasi, Valdning minimaks (maksimin) kriteriyasi, Sevidj kriteriyasi, Gurvits kriteriyasi va Hodja-Leman kriteriyasi. Yechim qabul qilishda qaysi kriteriyaning tanlanishi, ko‘proq yechim qabul qiluvchining ixtiyorida bo‘lgan m a’lumot va uning xulq-atvoriga bog‘liq bo'ladi. Masalan, tavakkalchilikni yoqtirmaydigan (umidsiz)lar uchun, minimaks (jadval elementlari xarajatni bildirsa) va maksimin (jadval elementlari foydani bildirsa) kriteriyalari to ‘g‘ri kelsa, ko‘proq tavakkalchilikni yoqtiradiganlar uchun, Laplas va Sevidj kriteriyalari m a’quldir. Gurvits kriteriyasi param etrga bog‘liq. Bu param etrga turli qiymatlar berish bilan "pessimist" (umidsiz) bilan "optimist" (nekbinlarning) aralashmasi hosil qilinadi. Afsuski, bu kriteriyalarning birortasini afzalligini ifodalab beruvchi umumiy qoida yo‘q, u yoki bu kriteriyani tanlash yechim qabul qiluvchining o'ziga tamoman bog'liqdir. Bu kriteriyalarni qo'llashda yechim qabul qiluvchiga qarshi "ongli dushman" emas aksincha, tabiat, ya’ni maqsadi yo‘q bo‘lgan kuch turibdi, deb faraz etiladi. Mabodo, yechim qabul qiluvchiga qarshi "ongli dushman" turgan bo'lib, uning ham o‘z maqsadlari bo'lsa, hosil bo'lgan bunday masalalar bilan yuqorida ta ’kidlanganidek, o'yinlar nazariyasi shug'ullanadi. Agar tabiatning holatlari va yechim qabul qiluvchining strategiyalari (yechimlari, qarorlari) chekli sonda bo'lib, ular mos ravishda n va m ta bo'lsa, ularni jadval ko'rinishida ifodalash qulay bo'lib, uning ustunlari tabiat holatlariga, satrlari esa yechim qabul qiluvchining strategiyalariga mos keltiriladi. Download 17.36 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling