M. N. Musayev sanoat chiqindilarini tozalash texnologiyasi
Download 3.87 Mb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- 4-BOB. CHIQINDI GAZLARNI ZARARSIZLANTIRISH VA TOZALASH USULLARI
- 4.1-rasm. Gazsimon chiqindilarni zararsizlantirish uchun qo‘llanHadigan apparatlar va usullarning sinflanlshi
- 5-BOB. CHIQINDI GAZLARNI С HANG LARD AN TOZALASH
- Chang zarralarining asosiy xossalari Zarraning zichligi.
- Zarraning adgezion xossasi.
- Zarraning abrazivligi
- Zarraning ho‘llanishi.
- Zarralarning gigroskopikligj.
- Chang qatlamming elektr tokini o‘tkazuvchanligi.
- Zarraning elektr zaryadi.
- Chang zarrasining yonish va havo bilan portlovchi aralashma hosil qilish xususiyati.
- Changni tozalash darajasi.
- 77 = ------------- 1-------------- + . . . + ------------- I
- Nazorat uchun savollar
Nazorat uchun savollar: 1. Chiqindilaming asosiy manbalari, ulaming turlari va sinflanishi qanday? 2. Atmosfera havosini ifloslovchi asosiy manbalar qanday? 3. Atmosfera havosini ifloslovchi tabiiy va sun’iy manbalaiga nimalar kiradi?
4. Atmosfera havosiga tashlanayotgan asosiy zararli gazlarga qaysi gazlar kiradi? 5. Suyuq chiqindilarga qanday chiqindilar kiradi? 6. Qattiq chiqindilarga qanday chiqindilar kiradi? 7. Maishiy (kommunal) chiqindilarga qanday chiqindilar kiradi? 22 www.ziyouz.com kutubxonasi 4-BOB. CHIQINDI GAZLARNI ZARARSIZLANTIRISH VA TOZALASH USULLARI Hozirgi kunda atmosfera havosining asosiy ifloslantiruvchi manbala- riga — barcha sanoat korxonalari, avtotransport, issiqlik elektr stansiyalari, yoqilg‘i yoqish shoxobchalari, chorva komplekslari va shu kabi manbalar kiradi. Har bir manbada o‘ziga xos chiqindi gazlar hosil bo'ladi va atmosfera havosiga tashlanadi. Masalan, qora metalluigiya korxonalarida rudalarni tayyorlash va ularni eritish jarayonida — oltingugurt angidridi (S 0 2), changlar; rangli metallurgiya korxonala rida — oltingugurt angidridi (S 0 2), changlar, vodorod florid (HF); kimyo korxonalarida — noorganik, organik birikmali changlar, uglerod dioksidi ( C 0 2), uglerod oksidi (CO), ammiak (N H 3), oltingugurt angidridi (S 0 2), azot oksidlari (NO, N 20 , N 0 2 N 20 3, N 20 5), vodorod florid (H F), vodorod xlorid (Hcl), vodorod sulfid (H2S) va shu kabi boshqa gazlar; avtomobil transportidan lOOdan ortiq turh ko‘rinishdagi zaharli chiqindi gazlar, shu jum ladan kanserogen uglevodorodlar, tetraetil qo‘rg‘oshin birikmalari hosil bo‘ladi va atmosfera havosiga tashlanadi. Atmosferaga tashianadigan chiqindi gazlar uzluksiz, davriy, zalp bilan yoki bir lahzada tashlanishi mumkin. Bir lahzada tashianadigan holatda qisqa vaqt ichida atmosfera havosiga juda katta miqdorda zaharli birikmalar tashlanishi mumkin. Bunday ko'rinishdagi tashlamalar ko'pincha avariya holatlarida, ishlab chiqarishda tez yonuvchan chiqindiiarni maxsus maydonlarda yoqilganda hosil bo‘ladi. Ba’zan avariya natijasida bir lahzali tashlamalar sekundning yuzdan bir ulushida juda yuqoriga tashlanib, atmosfera havosini keskin ifloslaydi. Shunday qilib, atmosferaga chiqindi gaz tashlamalari qattiq, suyuq, nooiganik va organik birikmalar ko'rinishida tashlanadi. Tashianadigan qattiq yoki suyuq birikmalar ikki fazada bo'ladi, ya’ni bir fazada gaz, ikkinchi fazada esa suyuq m oddalar m ayda to m ch ilar ko‘rinishida, qattiq moddalar esa kichik zarralar ko‘rinishida bo‘ladi. Bunday tashlamalar aerozollar deb ataladi. Aerozollar changlar, tutunlar va tumanlar ko‘rinishida bo'ladi. Changlarda qattiq zarralar razmeri 5 mkmdan 50 mkmgacha, tutunda — 0,1-5 mkmgacha bo‘ladi. C h iq in d i g a z la rn in g ta s h la m a la ri shu b ila n b ir q a to rd a 23 www.ziyouz.com kutubxonasi G azsim on chiqindilar 4.1-rasm. Gazsimon chiqindilarni zararsizlantirish uchun qo‘llanHadigan apparatlar va usullarning sinflanlshi www.ziyouz.com kutubxonasi tashkillashtirilgan va tashkillashtirilmagan turlariga bo'linadi. Tashlanayotgan gazlaming Harorati bo'yicha qizdirilgan (tashqi havo haroratidan ortiq) va sovuq turlariga, tozalanish darajasi bo'yicha
tashiamalarga korxonalaming statsionar o'matilgan mo'rilaridan, v e n tila tsiy a q u rilm a la rid a n , n e ft m a h s u lo tla rin i saq la sh rezervuarlarining nafas olish klapanlaridan va shu kabi manbalardan, tashkillashtirilmagan tashiamalarga esa — texnologik rejimlami izdan chiqishi, avariya, quvurlardagi germetizatsiyani buziiishi, suyuq moddalami to'kilishi va ulami bug'lanishi natijasida hosil bo'luvchi chiqindi gazlar kiradi. Atmosferaga tashlanuvchi chiqindi gazlaming tashlanishini oldini olish u ch u n te x n o lo g iy a la r m u k a m a lla sh tirila d i, q u rilm a g erm etizatsiy asi y ax sh ilan a d i, to z a la sh in sh o o ti q u rila d i, chiqindilaming tashlanishi ustidan qat’iy nazorat o'matiladi. Chiqindi gazlaming hosil bo'lishini oldini olishning asosiy va samarali yo'llaridan biri — bu yopiq chiqindisiz texnologiyalami, kam chiqindili ekologik bezarar texnologiyalami joriy etishdan iborat, lekin ko'p korxonalar ilgari qurilgan va ularda yopiq sistemalami joriy qilishni hoziigi kunda imkoniyati yo'qdir. Shuning uchun hozirgi kunda atrof-muhitni muhofaza qilishning asosiy yo‘h — bu ishlab turgan korxonalardan ajralayotgan chiqindi gazlami tozalash, zararsizlantirish, qayta ishlash va rekuperatsiyalash qurilmalarini ishlab chiqish, hamda uni tezda amalda joriy qilishdan iboratdir. Chiqindi gazlarni tozalash, qayta ishlash, rekuperatsiyalash va zararsizlantirish usullari turlicha bo'lib, ular asosan gazlarni ajralayotgan manba turiga, uning kimyoviy tarkibiga, miqdoriga, konsentratsiyasiga, haroratiga va shu kabi ko'rsatkichlariga bog'llqdir. Chiqindi gazlaming tozalash usullarini taxminan quyidagicha sinflash mumkin (4.1-rasm). Yuqorida keltirilgan sinflash albatta barcha usullami va apparatlami o'z ichiga ololmaydi va hunday sinflash taxminiy hisoblanadi. Aerozollami (changlar va tumanlarni) zararsizlantirishda quruq, ho'l va elektrik usuliar qo'llaniladi. Bunda qo'llaniladigan apparatlar bir-biridan konstruksiyasi va chang zarralarini cho'ktirish uslubi bilan farqlanadi. Qumq usuldagi apparatlaming ishlashida chang zarralari 25 www.ziyouz.com kutubxonasi gravitatsion, inersion, markazdan qochma kuch mexanizmlari asosida tindiriladi yoki filtratsion mexanizmlarda ushlanadi. Ho‘l usulda chang zarralari suyuqlik bilan namlanadi va cho'ktiriladi. Elektr filtrlarda chang zarralari elektrodga berilgan elektr kuchlanish yordamida ushlanadi. Chiqindi gazlarni gazsimon va bug‘simon toksik birikmalardan tozalash uchun quyidagi usullar qo‘Uaniladi: absorbsiya (fizik va xemosorbsiya), katalitik, termik va kondensatsiya. Chiqindi gazlarni absorbsion tozalash usullari quyidagi belgilar bo‘yicha bo‘linadi: 1) absorbsiyalanayotgan komponent bo'yicha; 2) qo‘llanayotgan absorbent xili bo‘yicha; 3) jarayonni xarakteri — gazni sirkulatsiya qilish yoki sirkulatsiyasiz ishlatish bo'yicha; 4) absorbentni — regeneratsiya qilib siklga qaytarish (siklik) va regeneratsiyasiz (siklik bo'lmagan) ishlatish bo'yicha; 5) ushlab qolinadigan komponentni — rekuperatsiyalab va rekuperatsiyasiz ishlatish bo'yicha; 6) rekuperatsiya qilinadigan komponent xili bo'yicha; 7) jarayonni — davriy va uzluksiz tashkil etish bo‘yicha; 8) absorbsion apparatning konstruktiv tuzilishi bo'yicha. Fizik absorbsiyada odatda ushlanadigan moddalar bilan reaksiyaga kirishmaydigan absorbentlar — suv, organik erituvchilar va ulaming suvli eritmalari ishlatiladi. Xemosorbsiyada esa gaz tarkibidagi ushlanadigan m oddalar bilan reaksiyaga kirishadigan suyuq moddalar — absorbentlar ishlatilib, bunda xemosorbent sifatida tuz va ishqorlaming suvli eritmalari, organik moddalar va turli birikmalarning suvli suspenziyalari qo'llaniladi. Adsorbsion tozalash usuli chiqindi gaz tarkibidagi gazsimon va bug‘simon zararli aralashmalami ajratish uchun ishlatiladi. Bunda gaz tarkibidagi zararli aralashmalar g‘ovaksimon qattiq moddalar — adsorbentlarga yuttirilib, atmosferaga tashlanayotgan gaz oqimidan ajratib olinadi. Ushbu usulning afzalligi — yuqori tozalash samarasiga egaligi, kamchiligi esa gaz tozalash jarayonida changli gazlarni tozalash imkoni yo'qligidir, chunki changli zarralar adsorbentlarning g‘ovaklariga tiqilib, uni tez ishdan chiqaradi. Gazlarni katalitik tozalash jarayonida chiqindi gaz tarkibidagi zararli moddalar katalizator ishtirokida oksidlanish, qaytarish yoki parchalanish jarayonlari asosida zararsiz holatga keltiriladi. Bunda 26 www.ziyouz.com kutubxonasi zararsizlantiriluvchi chiqindi gazning tarkibida changli va katalizator uchun zaharli bo'lgan moddalar bo‘lmasligi lozim. Ushbu usul tashlama gazlarni azot, oltingugurt va uglerod oksidlaridan hamda organik erituvchi bug'laridan tozalash uchun qo‘llaniladi. Jarayon turli konstruksiyadagi katalitik reaktorlarda amalga oshiriladi. Gazlarni kondensatsiya usulida ham tozalash mumkin. Bunda chiqindi gaz tarkibidagi uchuvchan organik erituvchilammg bug‘lari sovitish orqali qayta suyuqlik holiga keltiriladi. Ushbu usulni amalga oshirish uchun maxsus sovitish qurilmalari qo‘llaniladi. Jarayonni chiqindi gaz tarkibidagi organik erituvchi bugiarining konsentratsiyasi 100 g/m 3 dan yuqori bo'lgandagina qo‘llash maqsadga muvofiq. Shuning uchun ushbu usulni ishlatish chegaralangan. Usulning kamchiligi — kondensatsiya jarayonida sovitish agentining va elektr energiyasining sarfi yuqoridir. Termik usulda chiqindi gaz tarkibidagi zararli, yomon va yoqimsiz hidli moddalarni zararsizlantirish jarayoni ularni yondirish orqali amalga oshiriladi. Jarayon maxsus pechlarda va fakel gorelkalarida amalga osh irilad i. Jaray o n n in g afzalligi — usulda q o ‘llan ilad ig an apparatlaming sodda konstruksiyaga egaligi, kamchiligi — jarayonni amalga oshirish uchun qo'shim cha yoqilg‘ining (odatda tabiiy gaz) sarfi va yondirish jarayonida hosil bo‘lgan gazlami absorbsion yoki adsorbsion usullar yordamida ushlab qolish lozimligidir. Alohida ta’kidlab o'tish lozimki, chiqindi gaz tashlamalarining murakkab kimyoviy tarkibga ega ekanligi ulami bir xil usul yordamida zararsizlantirish imkoni yo'qligini ko‘rsatadi. Shuning uchun chiqindi gazlar ko‘pincha bir necha usullar (bosqichlar) yordamida to ‘liq zararsizlantiriladi.
1. Atmosfera havosini asosiy ifloslantiruvchi manbalarga nimalar kiradi? 2. Qora, rangli metalluigiya va kimyo korxonalaridan tashlanayotgan gaz chiqindilariga qaysi moddalar kiradi? 3. Atmosfera havosiga tashianadigan chiqindi gazlar qanday tashlanadi? 27 www.ziyouz.com kutubxonasi 4. Atmosfera havosiga tashlanadigan chiqindi gaz tashlamalari qanday birikmalar ko‘rinishida tashlanadi? 5. Aerozollar nima? 6. Chiqindi gaz tashlamalarining sinflanishi qanday? 7. Chiqindi gazlaming hosil bo'lishini oldini olishning asosiy va samarali yo‘llari qanday? 8. Chiqindi gazlarni tozalash, qayta ishlash, rekuperatsiyalash va zararsizlantirish usullarini tanlash nimaga bog‘liq? 9. Aerozollarni tozalashning asosiy usullari qanday? 10. Chiqindi gazlarni gazsimon va bug‘simon toksik birikmalardan tozalash usullariga qaysllari kiradi? 11. Chiqindi gazlarni absorbsion tozalash usullari qaysi belgilari bo'yicha bo'linadi? 12. Fizik absorbsiyada qanday absorbentlar ishlatiladi? 13. Gazlarni absorbsion tozalash usuli qanday amalga oshiriladi? 14. Gazlarni katalitik tozalash usuli qanday amalga oshiriladi? 15. Gazlarni kondensatsiya va termik tozalash usullari qanday amalga oshiriladi? 28 www.ziyouz.com kutubxonasi 5-BOB. CHIQINDI GAZLARNI С HANG LARD AN TOZALASH Sanoatda eng ko‘p tarqalgan tashlamalardan biri — bu changli gaz tashlamalaridir. Changli gaz tashlamalari deyarli barcha sanoat tarmoqlarida ajraladi va atmosfera havosiga tashlanadi. Buning natijasida esa atmosfera havosining tarkibi keskin ifloslanadi. Changli tashlamalar ko‘pincha biror-bir mahsulotni olish jarayonida hosil bo‘ladi, masalan, un tortish korxonalarida un changlari, qurilish materiallari ishlab chiqarish jarayonida shu materiallar changi — gi ps, alebastr, sement va shu kabi mahsulotlar changi, mineral o ‘g‘it ishlab chiqarishda shu mineral o‘g‘it changlari, tog‘-kon kombinatlarida ru d alar changi va hokazo. D em ak, chang zarralari ishlab chiqarilayotgan mahsulotlaming bir bo'lagi bo'lib, ularni ushlab qolish va ishlab chiqarish sikliga qaytarish katta ahamiyatga ega. Shuning uchun changli gaz chiqindilarini zararsizlantirish uchun ular tarkibidagi chang zarralarining xususiyatini aniqlash ham alohida ahamiyatga ega. Chunki chang zarrasining xossasiga qarab tozalash usuli va uning apparati ham bir-biridan farqlanadi. Chang zarralarining quyidagi xususiyatlarini ko‘rib chiqamiz. Chang zarralarining asosiy xossalari Zarraning zichligi. Zichlik haqiqiy, «to‘kma» va tuyuluvchi bo'ladi. To‘kma zichlik (haqiqiy zichlikka qaraganda) zarralar orasidagi havo qatlamini (bo‘sh hajmni) ham hisobga oladi. Tuyuluvchi zichlik — bu zarra massasini uning hajmiga nisbati olinib, bunda zarra ichidagi g‘ovakliklar, qing‘ir-qiyshiqlar ham e’tiborga olinadi.
Chunki chang yutgichni tanlashda gaz tarkibidagi ushlanadigan chang zarrasining dispers tarkibi ahamiyatga ega. Sanoat changi zarralari turli shaklda bo'lishi mumkin (shank, tayoqcha, plastinka, ninacha, tolali ko'rinishda va boshqalar). Chang zarralari ko'pincha birlashib aglomeratlar hosil qilishi mumkin, shuning uchun chang zarrasining razmeri tushunchasi nisbiydir. Bunda changdan tozalashda zarraning cho'kish tezligi asosiy ko‘rsatkich hisoblanadi. Chang zarrasining cho‘kish tezligi massasi bir xil bo‘lganda ham shaklini ko‘rinishiga qarab farqlanishi mumkin. Zarraning shakli sharsimonga yaqin boMsa, uning cho‘kishi shuncha tez bo‘ladi. 29 www.ziyouz.com kutubxonasi Chang zarrasini tozalash, ushlab qolish usuli uning dispers tarkibiga bog‘liqdir. Zarrani razmeriga qarab tanlanishi maqsadga muvofiq bo‘lgan apparatlar: Zarra razmeri, mkm Apparatlar 40- 1000 Chang tindirgich kameralan 20 - 1000 Siklonlar, diametri 1 - 2 m atrofida 5 - 1000 Siklonlar, diametri 1 m 20 - 100 Skrubberlar 0,9-100
Matoli filtrlar 0,05 - 100 Tolali filtrlar 0.01 - 10 El. filtrlar
o‘zaro bir-biriga yopishish (ilashish) qobiliyatini ko'rsatadi. Chang zarrasi yuqori ilashish xususiyatiga ega bo'Isa, ular apparatlarda tiqilib qolishi mumkin. Zarrani o'lchami qancha kichik bo‘lsa, apparatning yuzasiga ilashishi shuncha osonroq bo'ladi. Changlar ilashishi bo'yicha 4 guruhga bo‘linadi: 1. Ilashmaydigan — bunga quruq shlak, kvars, quruq tuproq changlari kiradi. 2. Kuchsiz ilashadigan — bunga koks, quruq magnezit, apatit changlari, tarkibida to'liq yonmagan ko'mir kullari, slanes kuli kiradi. 3. 0 ‘rta ilashuvchi — torf, nam magnezit, metall, qo‘rg‘oshin oksidlari, quruq sement, uchuvchan kullar, quruq sut, un, qipiqlar, torf kuli kiradi. 4. Qattiq ilashuvchi — sement, gips, alebastr, superfosfat, natriy tuzlari, tola (asbest, paxta, jun) changlari. Chang zarrasining ilashish xarakteristikasi (sochilish) to'qilish xarakteristikasi hilan bog'liq. '
m ateriallarini (m etall qotishm alarini) qanchalik yem irishi mumkinligini ko'rsatadi. Bunda cliang zarrasining qattiqligi, shakli, razmeri va zichligi inobatga olinadi. Ushbu ko'rsatkich apparatning qalinligini, uning ichki qoplamalarini hisoblashda qo'llanadi. 30 www.ziyouz.com kutubxonasi Zarraning ho‘llanishi. Chang zarrasining suv bilan ho‘Danish xususiyati ho‘l chang yutgichlarni samaradorligiga ta’sir ko'rsatadi. Zarralarning shakli silliq ko'rinishga ega bo'lsa ulaming ho'llanilishi yuqori bo'ladi. Zarraning yuzasi qing'ir-qiyshiq bo'lsa, uning ho'llanilishi qiyin kechadi, chunki g'ovak yuzalar gaz qobig'i bilan o'ralgan bo'ladi va suvni zarra ichiga kirishiga to'sqinllk qiladi. Qattiq zarralar ho'llanishiga qarab ular 3 asosiy guruhga bo'linadi: 1. Gidrofil materiallar (yaxshi ho'llanadigan) — ularga kalsiy, kvars, ho'llanadigan silikatlar, oksidlangan minerallar kiradi. 2. Gidrofob materiallar (yomon ho'llanadigan) — unga grafit ko'mir, oltingugurt changlari kiradi. 3. Absolut gidrofob materiallar (umuman ho'llanmaydigan) — unga parafin, teflon, bitum chang zarralari kiradi.
havo tarkibidagi namni yutish qobiliyatini ko'rsatadi. Bu xususiyat zarraning kimyoviy tarkibiga, razm eriga, shakliga, zarraning silliqligiga bog'liq. Zarra gigroskopik bo'lsa, bunday changli gazni ho'l usulda tozalash maqsadga muvofiq hisoblanadi.
yordamida chang zarrasi qatlaminmg solishtirma elektr qarshiligiga (R qatlam) qarab chang zarrasini 3 guruhga bo'lish mumkin: 1. R qatlam <104 om.sm. Bunday zarra elektrodga o'tirishi bilan zaryadsizlanadi va yana gaz oqimi bilan apparatdan chiqib ketadi. 2. R qatlam =1010 om.sm. Bunday zarra elektr filtrda yaxshi ushlanadi, chunki zarralar sekin zaryadsizlanadi va qatlam qalinlashishiga vaqt yetadi. 3. R qatlam > 1010-1013 om.sm. Bunday zarralar elektr filtrda qiyinchilik tug'diradi va izolatsion qatlam hosil qiladi. Zarraning elektr zaryadi. Zarraning zaryad ko'rsatkichi (Q yoki - ) uni hosil bo'lishiga, kimyoviy tarkibiga va ilashadigan modda xossasiga bog'liq. Ushbu ko'rsatkich changli gaz aralashmasini tozalash apparatining samaradorligiga, adgeziya xususiyatiga, portlash xususiyatiga ta’sir ko'rsatadi.
plastmassa, tola, ham da metall zarralarining changi shunday xususiyatga ega bo'ladi. U lar o ‘z-o'zidan yonishi, havo bilan 31 www.ziyouz.com kutubxonasi portlovchi aralashma hosil qilishi mumkin. Changning havodagi minimal portlovchi aralashma konsentratsiyasi o'rtacha 20 — 500 g /m 3, maksimal 700 — 800 g /m 3 ni tashkil qiladi. G azda kislorodning m iqdori qancha ko'p bo'Isa, portlash imkoniyati va uning kuchi shuncha ko'p bo'ladi. Gazda kislorodning miqdori 16 % dan kam bo'Isa, chang buluti umuman portlamaydi. Changni tozalash darajasi. Tozalash darajasi (foydali ish koeffitsienti) ushlangan modda miqdorini gaz tozalash apparatiga gaz oqimi bilap ma’lum vaqt ichida kirgan modda miqdoriga nisbati orqali topiladi. Changni tozalash darajasi quyidagi formula orqali aniqlanadi. n
- c ' - k -c ' , к - c .
i i . * ■ i i * G ,
Vg -C У -C Vg -C Gf ,G't — chang zarrasining gazdagi massa miqdori, [kg/sek]; (kirayotgan va chiqayotgan); Vg, V'K — gazning hajmiy miqdori [m ’/sek]; N ',C ’ — chang zarrasining gazdagi konsentratsiyasi [kg/m 1]; — ushlangan zarra miqdori [kg/sek]. Agar tozalash jarayonida gazning hajmi o'zgarsa, masalan so'rish hisobiga, unda tozalash samarasi quyidagicha aniqlanadi: П = \ - К c ' l c bu yerda, Kp — so‘rish koeffitsienti. Gazlarni tozalashda chang zarrasining katta-kichikhgi Ham ahamiyatga ega. Zarra qancha yirik bo'lsa, uni ushlab qolish sKuncha oson kechadi. Shuning uchun tozalash darajasi ba’zan fraksiya tozalash darajasi orqah aniqlanadi, _ [ F ' - F ' ( I - / 7 ) ] ------- 7 ----- F , F , — gazda fraksiyaning tozalashdan oldin va keyingi tarkibiy miqdori. 32 www.ziyouz.com kutubxonasi Fraksiya tozalash darajasini bilgan holda, umumiy tozalash darajasini aniqlash mumkin: 4/t ' f \ П/. А nfr /„ 77 = ------------- 1-------------- + . . . + ------------- I 100
100 100
Changni tozalash samadorligini zarrani o‘tib ketish (proskok) koeffitsienti bilan ham ifodalash mumkin. Bu koeffitsient quyidagicha aniqlanadi: Tozalash bir qancha apparatlarda olib borilsa, umumiy tozalash darajasi quyidagicha aniqlanadi:
ЛрЛг’Лз-'-Лп — 1>2,3.......... n-chi apparatning tozalash darajasi. Nazorat uchun savollar: 1. Changli gaz tashlamalarining hosil bo‘lish manbalari qanday? 2. Chang zarrasining disperslik xususiyati nimani bildiradi? 3. Chang zarrasining adgezion xususiyati nimani bildiradi? 4. Chang zarrasining abrazivlik xususiyati nimani bildiradi? 5. Chang zarrasining gigroskopiklik xususiyati nimani bildiradi? 6. Chang qatlamining elektr tokini o'tkazuvchanlik xususiyati nimani bildiradi? 7. Chang zarrasining elektr zaryadlanish xususiyati nimani bildiradi? 8. Chang zarrasining yonish va havo bilan portlovchi aralashma hosil qilish xususiyati nimani bildiradi? 9. Chang zarrasining ho‘llanish xususiyati nimani bildiradi? 10. Changni tozalash darajasi qanday aniqlanadi? 104> Download 3.87 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling