M. N. Musayev sanoat chiqindilarini tozalash texnologiyasi


Download 3.87 Mb.

bet3/46
Sana12.02.2017
Hajmi3.87 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   46

Nazorat uchun savollar:

1. Chiqindilaming asosiy manbalari, ulaming turlari va sinflanishi 

qanday?

2. Atmosfera havosini ifloslovchi asosiy manbalar qanday?



3. Atmosfera havosini ifloslovchi tabiiy va sun’iy manbalaiga nimalar 

kiradi?


4. Atmosfera havosiga tashlanayotgan  asosiy zararli gazlarga qaysi 

gazlar  kiradi?

5.  Suyuq chiqindilarga qanday chiqindilar kiradi?

6. Qattiq chiqindilarga  qanday chiqindilar kiradi?

7.  Maishiy (kommunal) chiqindilarga qanday chiqindilar kiradi?

22

www.ziyouz.com kutubxonasi



4-BOB.  CHIQINDI  GAZLARNI  ZARARSIZLANTIRISH VA 

TOZALASH USULLARI

Hozirgi kunda atmosfera havosining asosiy ifloslantiruvchi manbala- 

riga  —  barcha  sanoat  korxonalari,  avtotransport,  issiqlik  elektr 

stansiyalari,  yoqilg‘i yoqish shoxobchalari,  chorva  komplekslari va 

shu kabi manbalar kiradi. Har bir manbada o‘ziga xos chiqindi gazlar 

hosil bo'ladi va atmosfera havosiga tashlanadi. Masalan, qora metalluigiya 

korxonalarida  rudalarni  tayyorlash  va  ularni  eritish  jarayonida  — 

oltingugurt angidridi (S 0 2), changlar;  rangli metallurgiya korxonala­

rida  — oltingugurt angidridi (S 0 2),  changlar, vodorod florid  (HF); 

kimyo  korxonalarida  —  noorganik,  organik 

birikmali  changlar, 

uglerod  dioksidi  ( C 0 2),  uglerod  oksidi  (CO),  ammiak  (N H 3), 

oltingugurt  angidridi  (S 0 2),  azot  oksidlari  (NO,  N 20 ,  N 0 2  N 20 3, 

N 20 5), vodorod florid (H F),  vodorod  xlorid  (Hcl), vodorod sulfid 

(H2S)  va  shu  kabi  boshqa  gazlar;  avtomobil  transportidan  lOOdan 

ortiq  turh  ko‘rinishdagi  zaharli  chiqindi  gazlar,  shu  jum ladan 

kanserogen  uglevodorodlar,  tetraetil  qo‘rg‘oshin  birikmalari  hosil 

bo‘ladi va atmosfera havosiga tashlanadi.

Atmosferaga tashianadigan  chiqindi gazlar uzluksiz, davriy, zalp 

bilan yoki bir lahzada tashlanishi mumkin.  Bir lahzada tashianadigan 

holatda qisqa vaqt ichida atmosfera havosiga juda katta miqdorda zaharli 

birikmalar  tashlanishi  mumkin.  Bunday  ko'rinishdagi  tashlamalar 

ko'pincha  avariya  holatlarida,  ishlab  chiqarishda  tez  yonuvchan 

chiqindiiarni maxsus maydonlarda yoqilganda hosil bo‘ladi.  Ba’zan 

avariya  natijasida  bir  lahzali  tashlamalar  sekundning  yuzdan  bir 

ulushida juda yuqoriga tashlanib, atmosfera havosini keskin ifloslaydi.

Shunday qilib, atmosferaga chiqindi gaz tashlamalari qattiq, suyuq, 

nooiganik va organik birikmalar ko'rinishida tashlanadi. Tashianadigan 

qattiq  yoki  suyuq  birikmalar  ikki  fazada  bo'ladi,  ya’ni  bir  fazada 

gaz,  ikkinchi  fazada  esa  suyuq  m oddalar  m ayda  to m ch ilar 

ko‘rinishida, qattiq moddalar esa  kichik zarralar ko‘rinishida bo‘ladi. 

Bunday  tashlamalar  aerozollar  deb  ataladi.  Aerozollar  changlar, 

tutunlar va tumanlar ko‘rinishida bo'ladi. Changlarda qattiq zarralar 

razmeri 5 mkmdan 50 mkmgacha, tutunda — 0,1-5 mkmgacha bo‘ladi. 

C h iq in d i  g a z la rn in g   ta s h la m a la ri  shu  b ila n   b ir  q a to rd a

23

www.ziyouz.com kutubxonasi



G azsim on  chiqindilar

4.1-rasm.  Gazsimon  chiqindilarni  zararsizlantirish  uchun  qo‘llanHadigan  apparatlar  va  usullarning  sinflanlshi

www.ziyouz.com kutubxonasi



tashkillashtirilgan  va  tashkillashtirilmagan  turlariga  bo'linadi. 

Tashlanayotgan gazlaming  Harorati bo'yicha qizdirilgan (tashqi havo 

haroratidan  ortiq)  va  sovuq  turlariga,  tozalanish  darajasi  bo'yicha 

tozalangan  va  tozalanmagan  turlariga  bo'linadi.  Tashkillashtirilgan 

tashiamalarga  korxonalaming  statsionar  o'matilgan  mo'rilaridan, 

v e n tila tsiy a   q u rilm a la rid a n ,  n e ft  m a h s u lo tla rin i  saq la sh  

rezervuarlarining nafas olish klapanlaridan va shu kabi manbalardan, 

tashkillashtirilmagan tashiamalarga esa — texnologik rejimlami izdan 

chiqishi,  avariya,  quvurlardagi  germetizatsiyani  buziiishi,  suyuq 

moddalami to'kilishi va ulami bug'lanishi natijasida hosil bo'luvchi 

chiqindi  gazlar  kiradi.

Atmosferaga tashlanuvchi chiqindi gazlaming tashlanishini oldini 

olish  u ch u n   te x n o lo g iy a la r  m u k a m a lla sh tirila d i,  q u rilm a 

g erm etizatsiy asi  y ax sh ilan a d i,  to z a la sh   in sh o o ti  q u rila d i, 

chiqindilaming tashlanishi ustidan qat’iy nazorat  o'matiladi.

Chiqindi  gazlaming  hosil  bo'lishini  oldini  olishning  asosiy  va 

samarali  yo'llaridan  biri  —  bu  yopiq  chiqindisiz  texnologiyalami, 

kam chiqindili ekologik bezarar texnologiyalami joriy etishdan iborat, 

lekin  ko'p  korxonalar  ilgari  qurilgan  va  ularda  yopiq  sistemalami 

joriy qilishni hoziigi kunda imkoniyati yo'qdir. Shuning uchun hozirgi 

kunda  atrof-muhitni  muhofaza  qilishning asosiy yo‘h  — bu  ishlab 

turgan  korxonalardan  ajralayotgan  chiqindi  gazlami  tozalash, 

zararsizlantirish, qayta ishlash va rekuperatsiyalash qurilmalarini ishlab 

chiqish, hamda uni tezda amalda joriy qilishdan iboratdir.

Chiqindi  gazlarni  tozalash,  qayta  ishlash,  rekuperatsiyalash  va 

zararsizlantirish  usullari  turlicha  bo'lib,  ular  asosan  gazlarni 

ajralayotgan  manba  turiga,  uning  kimyoviy  tarkibiga,  miqdoriga, 

konsentratsiyasiga, haroratiga va shu kabi ko'rsatkichlariga bog'llqdir. 

Chiqindi gazlaming tozalash usullarini taxminan  quyidagicha sinflash 

mumkin  (4.1-rasm).

Yuqorida keltirilgan  sinflash albatta barcha usullami va apparatlami 

o'z ichiga ololmaydi va hunday sinflash taxminiy hisoblanadi.

Aerozollami  (changlar va tumanlarni)  zararsizlantirishda quruq, 

ho'l va elektrik usuliar qo'llaniladi. Bunda qo'llaniladigan apparatlar 

bir-biridan konstruksiyasi va chang zarralarini cho'ktirish uslubi bilan 

farqlanadi. Qumq usuldagi apparatlaming ishlashida chang zarralari

25

www.ziyouz.com kutubxonasi



gravitatsion, inersion, markazdan qochma kuch mexanizmlari asosida 

tindiriladi yoki filtratsion mexanizmlarda ushlanadi. Ho‘l usulda chang 

zarralari suyuqlik bilan namlanadi va cho'ktiriladi.  Elektr filtrlarda 

chang  zarralari  elektrodga  berilgan  elektr  kuchlanish  yordamida 

ushlanadi.

Chiqindi  gazlarni  gazsimon  va  bug‘simon  toksik  birikmalardan 

tozalash  uchun  quyidagi  usullar  qo‘Uaniladi:  absorbsiya  (fizik  va 

xemosorbsiya), katalitik, termik va kondensatsiya.

Chiqindi  gazlarni  absorbsion  tozalash  usullari  quyidagi  belgilar 

bo‘yicha  bo‘linadi:  1)  absorbsiyalanayotgan  komponent  bo'yicha;

2)  qo‘llanayotgan absorbent  xili  bo‘yicha;  3) jarayonni xarakteri  — 

gazni  sirkulatsiya  qilish  yoki  sirkulatsiyasiz  ishlatish  bo'yicha; 

4)  absorbentni  —  regeneratsiya  qilib  siklga  qaytarish  (siklik)  va 

regeneratsiyasiz  (siklik  bo'lmagan)  ishlatish  bo'yicha;  5)  ushlab 

qolinadigan  komponentni  —  rekuperatsiyalab  va  rekuperatsiyasiz 

ishlatish  bo'yicha;  6)  rekuperatsiya  qilinadigan  komponent  xili 

bo'yicha;  7) jarayonni  —  davriy  va  uzluksiz tashkil  etish  bo‘yicha; 

8)  absorbsion  apparatning  konstruktiv  tuzilishi  bo'yicha.

Fizik absorbsiyada odatda ushlanadigan moddalar bilan reaksiyaga 

kirishmaydigan  absorbentlar — suv, organik erituvchilar va ulaming 

suvli  eritmalari  ishlatiladi.  Xemosorbsiyada  esa  gaz  tarkibidagi 

ushlanadigan  m oddalar  bilan  reaksiyaga  kirishadigan  suyuq 

moddalar  —  absorbentlar  ishlatilib,  bunda  xemosorbent  sifatida 

tuz  va  ishqorlaming  suvli  eritmalari,  organik  moddalar  va  turli 

birikmalarning suvli suspenziyalari qo'llaniladi.

Adsorbsion  tozalash  usuli  chiqindi  gaz  tarkibidagi  gazsimon  va 

bug‘simon zararli aralashmalami ajratish uchun ishlatiladi. Bunda gaz 

tarkibidagi  zararli  aralashmalar  g‘ovaksimon  qattiq  moddalar  — 

adsorbentlarga  yuttirilib,  atmosferaga  tashlanayotgan gaz oqimidan 

ajratib olinadi.  Ushbu usulning afzalligi — yuqori tozalash samarasiga 

egaligi, kamchiligi esa gaz tozalash jarayonida changli gazlarni tozalash 

imkoni  yo'qligidir,  chunki  changli  zarralar  adsorbentlarning 

g‘ovaklariga tiqilib, uni tez ishdan chiqaradi.

Gazlarni  katalitik  tozalash  jarayonida  chiqindi  gaz  tarkibidagi 

zararli moddalar katalizator ishtirokida oksidlanish, qaytarish  yoki 

parchalanish jarayonlari asosida zararsiz holatga keltiriladi.  Bunda

26

www.ziyouz.com kutubxonasi



zararsizlantiriluvchi chiqindi gazning tarkibida changli va katalizator 

uchun  zaharli  bo'lgan  moddalar  bo‘lmasligi  lozim.  Ushbu  usul 

tashlama gazlarni  azot,  oltingugurt  va  uglerod  oksidlaridan hamda 

organik  erituvchi  bug'laridan  tozalash  uchun  qo‘llaniladi.  Jarayon 

turli konstruksiyadagi katalitik reaktorlarda amalga oshiriladi.

Gazlarni  kondensatsiya  usulida  ham  tozalash  mumkin.  Bunda 

chiqindi gaz tarkibidagi uchuvchan organik erituvchilammg bug‘lari 

sovitish orqali qayta suyuqlik holiga keltiriladi.  Ushbu usulni amalga 

oshirish  uchun  maxsus  sovitish  qurilmalari  qo‘llaniladi.  Jarayonni 

chiqindi gaz tarkibidagi organik erituvchi bugiarining konsentratsiyasi 

100  g/m 3  dan  yuqori  bo'lgandagina  qo‘llash  maqsadga  muvofiq. 

Shuning  uchun  ushbu  usulni  ishlatish  chegaralangan.  Usulning 

kamchiligi — kondensatsiya jarayonida sovitish agentining va elektr 

energiyasining sarfi yuqoridir.

Termik usulda chiqindi gaz tarkibidagi zararli, yomon va yoqimsiz 

hidli  moddalarni  zararsizlantirish jarayoni  ularni  yondirish  orqali 

amalga oshiriladi. Jarayon maxsus pechlarda va fakel gorelkalarida amalga 

osh irilad i.  Jaray o n n in g   afzalligi  —  usulda  q o ‘llan ilad ig an  

apparatlaming sodda konstruksiyaga egaligi, kamchiligi — jarayonni 

amalga oshirish uchun qo'shim cha yoqilg‘ining (odatda tabiiy gaz) 

sarfi  va yondirish jarayonida hosil bo‘lgan gazlami absorbsion yoki 

adsorbsion usullar yordamida ushlab qolish  lozimligidir.

Alohida  ta’kidlab  o'tish  lozimki,  chiqindi  gaz  tashlamalarining 

murakkab kimyoviy tarkibga ega ekanligi ulami bir xil usul yordamida 

zararsizlantirish imkoni yo'qligini ko‘rsatadi. Shuning uchun chiqindi 

gazlar  ko‘pincha  bir  necha  usullar  (bosqichlar)  yordamida  to ‘liq 

zararsizlantiriladi.

Nazorat uchun savollar:

1.  Atmosfera havosini  asosiy ifloslantiruvchi  manbalarga nimalar 

kiradi?

2. Qora, rangli metalluigiya va kimyo korxonalaridan tashlanayotgan 



gaz chiqindilariga qaysi  moddalar kiradi?

3.  Atmosfera  havosiga  tashianadigan  chiqindi  gazlar  qanday 

tashlanadi?

27

www.ziyouz.com kutubxonasi



4. Atmosfera havosiga tashlanadigan chiqindi gaz tashlamalari qanday 

birikmalar ko‘rinishida tashlanadi?

5.  Aerozollar nima?

6.  Chiqindi gaz tashlamalarining sinflanishi qanday?

7.  Chiqindi gazlaming  hosil  bo'lishini  oldini  olishning  asosiy va 

samarali yo‘llari  qanday?

8.  Chiqindi gazlarni tozalash,  qayta  ishlash,  rekuperatsiyalash va 

zararsizlantirish usullarini tanlash  nimaga bog‘liq?

9. Aerozollarni tozalashning asosiy usullari qanday?

10.  Chiqindi gazlarni gazsimon va bug‘simon toksik birikmalardan 

tozalash usullariga qaysllari kiradi?

11.  Chiqindi  gazlarni  absorbsion  tozalash  usullari  qaysi  belgilari 

bo'yicha bo'linadi?

12.  Fizik absorbsiyada qanday absorbentlar ishlatiladi?

13.  Gazlarni absorbsion tozalash usuli qanday amalga oshiriladi?

14.  Gazlarni katalitik tozalash usuli qanday amalga oshiriladi?

15. Gazlarni kondensatsiya va termik tozalash usullari qanday amalga 

oshiriladi?

28

www.ziyouz.com kutubxonasi



5-BOB.  CHIQINDI GAZLARNI С HANG LARD AN TOZALASH

Sanoatda  eng  ko‘p  tarqalgan  tashlamalardan  biri  —  bu  changli 

gaz tashlamalaridir.  Changli gaz tashlamalari deyarli barcha sanoat 

tarmoqlarida ajraladi va atmosfera havosiga tashlanadi. Buning natijasida 

esa atmosfera havosining tarkibi keskin ifloslanadi. Changli tashlamalar 

ko‘pincha  biror-bir  mahsulotni  olish  jarayonida  hosil  bo‘ladi, 

masalan, un tortish korxonalarida un changlari, qurilish materiallari 

ishlab chiqarish jarayonida shu  materiallar  changi — gi ps,  alebastr, 

sement  va  shu  kabi  mahsulotlar  changi,  mineral  o ‘g‘it  ishlab 

chiqarishda  shu  mineral  o‘g‘it  changlari,  tog‘-kon  kombinatlarida 

ru d alar  changi  va  hokazo.  D em ak,  chang  zarralari  ishlab 

chiqarilayotgan  mahsulotlaming  bir  bo'lagi  bo'lib,  ularni  ushlab 

qolish va ishlab chiqarish sikliga qaytarish katta ahamiyatga ega. Shuning 

uchun  changli  gaz  chiqindilarini  zararsizlantirish  uchun  ular 

tarkibidagi  chang  zarralarining  xususiyatini  aniqlash  ham  alohida 

ahamiyatga ega.  Chunki chang zarrasining xossasiga qarab tozalash 

usuli va uning apparati ham bir-biridan farqlanadi. Chang zarralarining 

quyidagi  xususiyatlarini  ko‘rib chiqamiz.



Chang zarralarining  asosiy xossalari

Zarraning zichligi. Zichlik haqiqiy, «to‘kma» va tuyuluvchi bo'ladi. 

To‘kma zichlik (haqiqiy zichlikka qaraganda) zarralar orasidagi havo 

qatlamini (bo‘sh hajmni) ham  hisobga oladi. Tuyuluvchi zichlik — 

bu zarra massasini uning hajmiga nisbati olinib, bunda zarra ichidagi 

g‘ovakliklar,  qing‘ir-qiyshiqlar ham  e’tiborga olinadi.

Zarraning dispersligi. Zarraning razmeri uning asosiy parametridir. 

Chunki chang yutgichni tanlashda gaz tarkibidagi ushlanadigan chang 

zarrasining dispers tarkibi  ahamiyatga  ega.  Sanoat  changi  zarralari 

turli shaklda bo'lishi mumkin (shank, tayoqcha, plastinka, ninacha, 

tolali ko'rinishda va boshqalar).  Chang zarralari ko'pincha birlashib 

aglomeratlar hosil qilishi mumkin, shuning uchun chang zarrasining 

razmeri tushunchasi nisbiydir. Bunda changdan tozalashda zarraning 

cho'kish  tezligi  asosiy  ko‘rsatkich  hisoblanadi.

Chang zarrasining cho‘kish  tezligi  massasi bir xil bo‘lganda ham 

shaklini  ko‘rinishiga  qarab  farqlanishi  mumkin.  Zarraning shakli 

sharsimonga yaqin boMsa, uning cho‘kishi shuncha tez bo‘ladi.

29

www.ziyouz.com kutubxonasi



Chang zarrasini tozalash, ushlab qolish usuli uning dispers tarkibiga 

bog‘liqdir.  Zarrani  razmeriga  qarab  tanlanishi  maqsadga  muvofiq 

bo‘lgan apparatlar:

Zarra razmeri, mkm

Apparatlar

40-  1000

Chang tindirgich kameralan

20 -  1000

Siklonlar,  diametri  1 - 2 m atrofida

5 -  1000

Siklonlar,  diametri  1  m

20 -  100

Skrubberlar

0,9-100


Matoli filtrlar

0,05 -  100

Tolali filtrlar

0.01  -  10

El. filtrlar

Zarraning  adgezion  xossasi.  Zarraning  bu  xususiyati  ularning 

o‘zaro bir-biriga yopishish (ilashish) qobiliyatini ko'rsatadi.  Chang 

zarrasi yuqori ilashish xususiyatiga ega bo'Isa, ular apparatlarda tiqilib 

qolishi mumkin. Zarrani o'lchami qancha kichik bo‘lsa, apparatning 

yuzasiga ilashishi shuncha osonroq bo'ladi.

Changlar ilashishi bo'yicha 4 guruhga bo‘linadi:

1.  Ilashmaydigan  —  bunga  quruq  shlak,  kvars,  quruq  tuproq 

changlari kiradi.

2.  Kuchsiz  ilashadigan  —  bunga  koks,  quruq  magnezit,  apatit 

changlari,  tarkibida  to'liq  yonmagan  ko'mir  kullari,  slanes  kuli 

kiradi.

3.  0 ‘rta  ilashuvchi  —  torf,  nam  magnezit,  metall,  qo‘rg‘oshin 



oksidlari,  quruq sement,  uchuvchan kullar,  quruq sut,  un,  qipiqlar, 

torf kuli  kiradi.

4. Qattiq ilashuvchi — sement,  gips,  alebastr,  superfosfat,  natriy 

tuzlari,  tola  (asbest,  paxta, jun)  changlari.

Chang  zarrasining  ilashish  xarakteristikasi  (sochilish)  to'qilish 

xarakteristikasi hilan bog'liq. 

'

Zarraning  abrazivligi:  bu  ko'rsatkich  chang  zarralari  apparat 

m ateriallarini  (m etall  qotishm alarini)  qanchalik  yem irishi 

mumkinligini  ko'rsatadi.  Bunda  cliang  zarrasining  qattiqligi, 

shakli,  razmeri  va  zichligi  inobatga  olinadi.  Ushbu  ko'rsatkich 

apparatning  qalinligini,  uning  ichki  qoplamalarini  hisoblashda 

qo'llanadi.

30

www.ziyouz.com kutubxonasi



Zarraning  ho‘llanishi.  Chang  zarrasining  suv  bilan  ho‘Danish 

xususiyati  ho‘l chang yutgichlarni  samaradorligiga ta’sir ko'rsatadi. 

Zarralarning shakli  silliq ko'rinishga ega bo'lsa ulaming ho'llanilishi 

yuqori  bo'ladi.  Zarraning  yuzasi  qing'ir-qiyshiq  bo'lsa,  uning 

ho'llanilishi qiyin kechadi,  chunki g'ovak yuzalar gaz qobig'i bilan 

o'ralgan bo'ladi va suvni zarra ichiga kirishiga to'sqinllk qiladi.

Qattiq zarralar ho'llanishiga qarab ular 3 asosiy guruhga bo'linadi:

1.  Gidrofil materiallar (yaxshi ho'llanadigan) — ularga kalsiy, kvars, 

ho'llanadigan  silikatlar,  oksidlangan  minerallar  kiradi.

2.  Gidrofob  materiallar  (yomon  ho'llanadigan)  —  unga  grafit 

ko'mir,  oltingugurt  changlari  kiradi.

3. Absolut gidrofob materiallar (umuman ho'llanmaydigan) — unga 

parafin,  teflon,  bitum  chang  zarralari  kiradi.

Zarralarning gigroskopikligj.  Bu xususiyat chang zarrachalarining 

havo tarkibidagi  namni  yutish  qobiliyatini  ko'rsatadi.  Bu xususiyat 

zarraning  kimyoviy  tarkibiga,  razm eriga,  shakliga,  zarraning 

silliqligiga  bog'liq.  Zarra  gigroskopik  bo'lsa,  bunday  changli  gazni 

ho'l usulda tozalash maqsadga muvofiq hisoblanadi.

Chang  qatlamming  elektr  tokini  o‘tkazuvchanligi.  Bu  xususiyat 

yordamida chang zarrasi  qatlaminmg solishtirma elektr qarshiligiga 

(R qatlam)  qarab chang zarrasini  3 guruhga bo'lish  mumkin:

1.  R qatlam  <104 om.sm.  Bunday zarra elektrodga o'tirishi bilan 

zaryadsizlanadi va yana gaz oqimi bilan apparatdan chiqib ketadi.

2.  R  qatlam  =1010  om.sm.  Bunday  zarra  elektr  filtrda  yaxshi 

ushlanadi,  chunki  zarralar  sekin  zaryadsizlanadi  va  qatlam  

qalinlashishiga vaqt yetadi.

3.  R qatlam  >  1010-1013  om.sm.  Bunday  zarralar elektr  filtrda 

qiyinchilik tug'diradi va izolatsion qatlam hosil qiladi.



Zarraning elektr zaryadi. Zarraning zaryad ko'rsatkichi (Q yoki  - 

) uni hosil bo'lishiga, kimyoviy tarkibiga va ilashadigan modda xossasiga 

bog'liq.  Ushbu  ko'rsatkich  changli  gaz  aralashmasini  tozalash 

apparatining  samaradorligiga,  adgeziya  xususiyatiga,  portlash 

xususiyatiga ta’sir ko'rsatadi.

Chang  zarrasining  yonish  va  havo  bilan  portlovchi  aralashma 

hosil  qilish  xususiyati.  Ba’zi  organik  birikm alam ing,  ya’ni 

plastmassa,  tola,  ham da  metall  zarralarining  changi  shunday 

xususiyatga  ega  bo'ladi.  U lar  o ‘z-o'zidan  yonishi,  havo  bilan

31

www.ziyouz.com kutubxonasi



portlovchi aralashma hosil qilishi  mumkin.  Changning havodagi 

minimal portlovchi aralashma konsentratsiyasi o'rtacha 20 — 500 

g /m 3,  maksimal  700  —  800  g /m 3  ni  tashkil  qiladi.

G azda  kislorodning  m iqdori  qancha  ko'p  bo'Isa,  portlash 

imkoniyati va uning kuchi shuncha  ko'p bo'ladi. Gazda kislorodning 

miqdori  16 %  dan kam bo'Isa, chang buluti umuman portlamaydi.



Changni  tozalash  darajasi.  Tozalash  darajasi  (foydali  ish 

koeffitsienti)  ushlangan  modda  miqdorini  gaz tozalash  apparatiga 

gaz oqimi bilap ma’lum vaqt ichida kirgan modda miqdoriga nisbati 

orqali topiladi.

Changni tozalash darajasi quyidagi formula orqali aniqlanadi.



k



-

c

' -

k

-c '  ,  к - c  

.

•i  











■ 





*

G , 


Vg -C 

У -C 

Vg -C

Gf ,G't  —  chang zarrasining gazdagi  massa  miqdori,  [kg/sek];

(kirayotgan va chiqayotgan);



Vg, V'K —  gazning  hajmiy  miqdori  [m ’/sek];

N ',C ’ —  chang  zarrasining  gazdagi  konsentratsiyasi  [kg/m 1];

—  ushlangan zarra  miqdori  [kg/sek].

Agar tozalash jarayonida gazning hajmi o'zgarsa,  masalan so'rish 

hisobiga, unda tozalash samarasi quyidagicha aniqlanadi:



П =  \ - К  

c ' l c  

bu  yerda,  Kp  —  so‘rish  koeffitsienti.

Gazlarni  tozalashda  chang  zarrasining  katta-kichikhgi  Ham 

ahamiyatga ega. Zarra qancha yirik bo'lsa, uni ushlab qolish sKuncha 

oson  kechadi.  Shuning  uchun  tozalash  darajasi  ba’zan  fraksiya 

tozalash  darajasi  orqah  aniqlanadi,

_  

[ F ' - F ' ( I - / 7 ) ]



-------

7

-----



F   , F   , — gazda  fraksiyaning tozalashdan oldin va keyingi tarkibiy miqdori.

32

www.ziyouz.com kutubxonasi



Fraksiya  tozalash  darajasini  bilgan  holda,  umumiy  tozalash 

darajasini  aniqlash  mumkin:



4/t ' f \  

П/.  А  

nfr  /„

77  = ------------- 1-------------- + . . .  + ------------- I

100 


100 

100


Changni  tozalash  samadorligini  zarrani  o‘tib  ketish  (proskok) 

koeffitsienti bilan ham ifodalash mumkin. Bu koeffitsient quyidagicha 

aniqlanadi:

Tozalash bir qancha  apparatlarda  olib borilsa,  umumiy tozalash 

darajasi quyidagicha aniqlanadi:

T]  = 1 - ( 1 - T ] 1) { 1 - T ] 2) -   (

1

( 1- T J „ )

ЛрЛг’Лз-'-Лп  —   1>2,3.......... n-chi apparatning tozalash darajasi.



Nazorat uchun  savollar:

1.  Changli gaz tashlamalarining hosil bo‘lish manbalari qanday?

2.  Chang zarrasining disperslik xususiyati nimani bildiradi?

3.  Chang zarrasining adgezion xususiyati nimani bildiradi?

4.  Chang zarrasining abrazivlik xususiyati nimani bildiradi?

5.  Chang zarrasining gigroskopiklik xususiyati nimani bildiradi?

6.  Chang  qatlamining  elektr  tokini  o'tkazuvchanlik  xususiyati 

nimani bildiradi?

7.  Chang  zarrasining  elektr  zaryadlanish  xususiyati  nimani 

bildiradi?

8.  Chang zarrasining yonish  va  havo bilan portlovchi  aralashma 

hosil  qilish xususiyati  nimani  bildiradi?

9.  Chang zarrasining ho‘llanish xususiyati  nimani bildiradi?

10.  Changni tozalash darajasi qanday aniqlanadi?




Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   46


Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2017
ma'muriyatiga murojaat qiling