M. N. Musayev sanoat chiqindilarini tozalash texnologiyasi


absorbsion  ushlab  qolish


Download 3.87 Mb.
Pdf просмотр
bet9/46
Sana12.02.2017
Hajmi3.87 Mb.
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   46

absorbsion  ushlab  qolish:

1-absorber;  2-neytraKzator;  3-sentrifuga;  4-quritgich;  5-pech.

Usulning  afzalligi:  1)  issiq  tutun  gazlarini  sovitmasdan  tozalash 

imkoni borligi; 2) rekuperatsiya jarayoni  natijasida qo‘shimcha sulfat 

kislota  moddasining  olinishi;  3)  xemosorbentning  arzonligi  va  uni 

topish  imkoni  borligi;  4)  tozalash  darajasini  yuqoriligi.

Kamchiliklari:  1) texnologik sxemani murakkabligi; 2) kuydirishda 

magniy  sulfat  moddasini  to ‘liq  parchalanmasligi;  3)  regeneratsiya 

jarayonida magniy  oksidining ko‘plab sarf bo‘lishi.

S 0 2 tarkibli chiqindi gazlarni tozalash uchun rux oksidi asosidagi 

suspenziya ham absorbent sifatida qo‘llanilishi mumkin. Bunda quyidagi 

reaksiya boradi:

S 0 2+   ZnO  + 2 ,5 H 20   =   ZnSO ,  2,5H 20

G azda  kislorodning  miqdori  ko‘p  bo‘lsa  quyidagi  reaksiya  ham 

borishi  mumkin:

2 S 0 2  +   ZnO  +   H 20   =   Z n(H SO ,)2

Hosil bo‘lgan rux sulfiti suvda erimaydi,  uni gidrotsiklonda ajratib 

olinadi, keyin quritiladi va pechda  350° С  da kuydiriladi.  Rux sulfiti 

quyidagicha parchalanadi:



Z n S 0 3  =   ZnO  +   S 0 2

Bunda  S 0 2 gazi sulfat kislotasi olish uchun yuboriladi,  rux oksidi 

esa qayta absorbsiyaga suspenziya olish uchun beriladi.

90

www.ziyouz.com kutubxonasi



N atriy   asosidagi  x em o so rb en tlar  bilan  absorbsiya.  Ushbu 

absorbentlar yuqori yutuvchanlik qobiliyatiga ega va ular uchuvchan 

emas.  Usul  barcha  konsentratsiyadagi  S 0 2  gazlarini  ushlab  qoHsh 

uchun qo‘llanilishi mumkin. Jarayonni turli variantlarda olib borish 

mumkin.  Soda eritmasi yordamida absorbsiya  qilinganda natriy sulfiti 

va bisulfiti  hosil bo ‘ladi.



N a2CO,  +  S 0 2  =   N a2SO,  +   C 0 2

N a 2SOj  +   S 0 2  + H 20   =   2N aH S O ,

Natriy gidroksidiga absorbsiya qilinganda sulfit-bisulfit eritmalari 

hosil  bo ‘ladi.  G azlar  sulfit-bisulfitlar  bilan  reaksiyaga  kirishib, 

bisulfitning  miqdorini  oshirib  boradi.



S 0 2  +   N aH S O ,  +  N a2SO,  +   H 20   =   3  N aH SO ,

Ushbu eritma rux oksidi bilan o ‘zaro reaksiyaga kirishadi:



N aH S O ,  +   ZnO  =   ZnSOj  + N a O N

Hosil bo'lgan  rux sulfiti  kuydiriladi:



Z n S 03  =   ZnO  +  S 0 2

Bu  yerda oltingugurt dioksidi sulfat kislota  yoki oltingugurt  moddasini  olishga, 

rux oksidi esa qayta tozalash jarayoniga yuboriladi.

Shu bilan birga soda-kislotaH va soda-oksidlovchi jarayonlar ham 

taklif etilgan.  Ikkala holatda ham oxirgi mahsulot sifatida natriy sulfat 

moddasi  olinadi.  Lekin  sulfit-bisulfit  yoki  «Wollman-Lord»  usuli 

asosiy usul hisoblanadi.  Ushbu usulda  absorbsion va regeneratsion 

bosqichlar bo'lib,  oxirgi  mahsulotlar  — sulfatlar ajratiladi va qayta 

ishlanib  oltingugurt  moddasi  olinadi.  Qayta  ishlash  jarayonida 

oltingugurt  moddasining  chiqish  darajasi  90%  dan  oshadi.  Ushbu 

usulning texnologik sxemasi  9.7-  rasmda keltirilgan.

S 0 2  tarkibli  chiqindi  gaz  dastlab  suv  yordam ida  ishlov  berilib, 

tarkibidagi kul zarralari, xloridlar va qisman oltingugurt dioksididan 

bartaraf etiladi.  Keyin absorbeming quyi qismiga beriladi.  Yuqoridan 

esa  natriy sulfitining  eritmasi  purkaladi.  N atijada  natriy bisulfit  va 

natriy sulfat moddalari hosil bo‘ladi.  Natriy sulfitga qaraganda natriy 

bisulfitning  eruvchanligi  yuqoriligi  sabab,  cho‘kmalarning  hosil 

bo‘lishi va absorberlarning tiqilishi sodir b o ‘lmaydi.



91

www.ziyouz.com kutubxonasi



9.7-  rasm.  Sulfit-bisulfit  usulida  S 0 2  gazini  absorbsion  tozalash:

1-absorber;  2,3-  sig'imlar;  4-regenerator;  5-bug‘latish  (desorber)  kolonnasi.

A bsorberdan chiqayotgan  eritm a  reg en erato r-k ristallizato rd a 

regeneratsiya qilinadi,  bu n d a  S 0 2 gazi  va  natriy sulfit  kristallari 

ajraladi.  S 0 2 gazi  k ondensator orqali  qayta  ishlashga yuboriladi, 

natriy  sulfit  m oddasi  esa  suv  bilan  aralash tirib   qayta absorberga 

yuboriladi.  E ritm an in g   b ir  qism i  absorbsiyadan  keyin  n atriy  

sulfatni  ajratishga  yuboriladi.  Bunda eritm a sovitiladi va  natijada 

natriy sulfat  m oddalari  kristalga tushadi,  keyin  esa  sentrifugada 

ajratilib quritishga beriladi.  Ajralgan suyuqlik esa siklga qaytariladi. 

Jaray o n d a natriy sulfat  m oddasini  olish  bilan  sarf b o ‘lgan natriy 

io n in in g   o ‘rn i  k a u stik   s o d a n i  q o ‘sh ish   b ila n   to M d irilad i. 

Jaray o n d a   hosil  b o ‘lgan  S 0 2  gazi  oltingugurt  m oddasini  yoki 

su lfat  k islo tasin i  olish   q u rilm asig a  y u b o rilad i.  O ltin g u g u rt 

m oddasi  K laus  usulida  300°C  h aro ratd a  ikki  bosqichli  k atalitik 

konvertorlash,  sovitish  va  kondensatsiyalash jaray o n lari  asosida 

olinadi.


Q o‘sh  ishqoriy  usul.  U shbu  usulning  m ohiyati  S 0 2  gazini 

absorbsiyasi  u ch un   n a triy ,  kaliy  yoki  am m o n iy   tu z la rin in g  

eritm alari  birgalikda  q o'llanilib,  ularning  to 'y in g an   eritm alari 

regeneratsiyasi  kalsiy  oksidi  yoki  karbonati  ishtirokida  am alga 

oshiriladi. Regeneratsiya m ahsuloti sifatidagips,  kalsiy sulfit  yoki 

ularning aralashmalari olinadi.  Regeneratsiyalangan absorbent qayta 

absorbsiya sikliga qaytariladi,  kalsiy tuzlari  esa sistem adan ajratib 

olinadi.


92

www.ziyouz.com kutubxonasi



Absorbentning regeneratsiyasi quyidagicha amalga oshiriladi: 

CaO  +  H20  

Ca(OH)2 

Na2S 03  +  Ca(OH)2 

2NaOH  +  SaCO,

Na2SO,  +  Ca(OH)2  <->  2NaOH  +CaS04

Oxirgi  reaksiya  sekin  kechadi.  G azda  s o 2  va  c o 2  gazlarining 

konsentratsiyasini  oshirish jarayon yo'nalishm i 

CaS04 

hosil bo'lish 

tarafiga yo'naltiradi. Jarayonda karbon kislotalarini ishlatilishi kalsiy 

tuzlarining  erishini  oshiradi.

Usulning afzalligi: jarayonni yuqori samaradorligi, absorberda qattiq 

faza komponentlarining  ishtirok etmasligi.  Bu o‘z yo'lida qurilmaning 

to'xtovsiz ishlashiga yengillik tug'diradi.  Bundan tashqari oltingugurt 

angidridining yutish bosqichida kalsiy tuzlarini ishlatilmasligi quvurlami 

va  apparatni  kalsiy  tuzlari  bilan  tiqilishining  oldini  oladi.  Agar 

adsorbentning kalsiy oksidi yordamida  regeneratsiyasi  pH = 8  da  olib 

borilsa,  um um an  apparatning  tiqilib  qolishi  sodir  bo ‘lmaydi.  Shu 

bilan birga qo'sh ishqoriy usulning ekspluatatsion va kapital xarajatlari 

ohakli usulga rrisbatan  15-55% ga kamroq.

Ammiakli  usul.  Bu  usulda  oltingugurt  angidridining  yutilishi 

ammiakli suv yoki ammoniyning sulfit-bisulfit eritmalari ishtirokida 

amalga oshiriladi.  Usulning afzalligi: jarayonning yuqori samaradorligi, 

sorbentning topish imkoni borligi va jarayon so'ngida ammoniyning 

sulfit va bisulfat tuzlarini olinishi. Jarayonning kimyoviy reaksiyasi: 

NH4OH  +  HjSO, 

(NH4)2SO,  + 2H20  

(NH4)2S 0 3 +  H2SO,  <->  2NH4HSO,

2(NH4)2S 0 3 + 0 2  <->2(NH4)2S04

Usul siklik va nosiklik ravishda o'tkaziladi. Nosiklik ammiakli usulda 

ammoniy bisulfit tovar mahsulot sifatida chiqariladi.  Siklik ammiakli 

usulda konsentrlangan oltingugurt dioksidi olinadi.  Ammiakli siklik 

usulning texnologik sxemasi  9.8-rasmda keltirilgan.

Tozalanadigan  gaz  aw al  1  —  kolonnada  suv  yordamida  sovitiladi. 

Keyin  ikki  bosqichli  absorberga  gaz  beriladi.  Ikkinchi  bosqichda  gaz 

to'liq  tozalanadi.  Birinchi  bosqichda  sirkulatsiyalanadigan  ammiakli 

eritmaning konsentratsiyasi  100 mol suvga 8—10 mol bo'ladi,  ikkinchi 

bosqichda  esa  100  mol  suvga  1—2  mol  bo'ladi.  To'yingan  eritma 

regeneratsiyasi  bug'latish  kolonnasida  90°C  haroratda,  500-550  mm

93

www.ziyouz.com kutubxonasi



simob ustuni bosimida  olib boriladi. Ammoniy bisulfat va qisman boshqa 

tuzlar eritmasining parchalanishida S 0 2 gazi ajralib chiqadi.  Ushbu gaz 

quritilgandan keyin tayyor mahsulot sifatida qo'llaniladi yoki oltingugurt 

moddasi va sulfat kislotasi olinadi (suv bug'lari kondensatsiyasi va ammiak 

absorbsiyasidan keyin).  Bug'latish kolonnasida regenerasiyalangan eritma 

sovitilgandan keyin siklga — absorbsiyaga qaytariladi.



Tozalangan

gaz

I----


,

Tozalashga 

berilgan 

gaz

Rcgencratsiyalangan aralashma siklga



9.8-rasra.  S 0 2  gazini  ammiakli  siklik  absorbsion  usullning  texnologik 

sxemasi: 

1-kolonna;  2-absorber;  3-sig‘im;  4-bug‘latish  kolonnasi(desorber);

5-kondensator;  6-quritgich;  7-sig‘im.

E r i t m a d a n   a m m o n iy   s u l f a t n i   a j r a t i b   o lis h  

u c h u n  

regeneratsiyalangan  eritm aning  bir  qismi  bug'latiladi,  keyin  esa 

kristalizatsiyalanadi va sentrifugada suvsizlantiriladi  (ushbu bosqich 

rasmda  ko'rsatilm agan).  Tayyor  m ahsulot  quyidagi  tarkibga  ega: 



(N H 4)2S 0 4  -   90-93% ;  (N H 4)2SO ,  -   2  -   3%;  N H 4H S O ,  -   0 , 5 - 1 %   va  H 20   -  

4 -5 % .

Yuqori haroratda quyidagi reaksiya boradi:



N H 4HSO,  +   (N H 4)2S 0 ,< - > ( N H 4)2S 0 4  + s   +  h 2o  

Bunda kolloid ko'rinishidagi oltingugurt hosil bo'lib,  uni eritmadan 

ajratib olishning imkoni juda qiyin.

Usulning  kamchiligi:  S 0 2  gazini  haydash  uchun  katta  kapital  va 

ekspluatatsion xarajatlar talab etishligi,  S 0 2 gazimng konsentratsiyasi 

faqat  0,3-0,35%  dan  yuqori  bo'lgandagina  tozalash jarayonini  olib 

borish  mumkinligi.

94

www.ziyouz.com kutubxonasi



Gazni  dastlab  sovitmasdan  am m oniy  sulfitni  sulfatga  aylantirish 

sxemasi ham bor.  Buning uchun reaktorga sulfat kislotasi qo‘shiladi: 



(N H 4)2SO,  +   H 2S 0 4  =   (N H 4)2S 0 4  +   H2SO,

Fransiyada  turli  tarkibdagi  gazlarni  tozalashga  m o‘ljallangan 

ammiakli-bisulfit jarayoni ishlab chiqilgan.  Ushbu jarayonda ammoniy 

sulfati  300  °C  da  parchalanib,  am m iak va  am m oniy bisulfat  ajralib 

chiqadi va ular qayta absorbsiya jarayoniga qaytariladi:

(N H 4)2S 0 4  =   N H ,  +   n h 4h s o 4 

Usulning kamchiligi:  yuqori energiya sarfi.

S 0 2 tarkibli  chiqindi gazga gazsimon ammiak qo‘shish bilan olib 

boriladigan usul ham  taklif etilgan.  Bunda bevosita quvurning ichida 

sulfit va sulfat aerozollari hosil bo‘lib, ular keyinchalik elektrofiltrda 

ushlab  qolinadi.

Oltingugurt  dioksidi  tarkibli  chiqindi  gazni  tozalash  uchun 

ammiakli-azotnitratli usul ishlab chiqilgan. Bunda tozalash jarayonida 

hosil  boMgan  m oddalar  azot  kislotasi  bilan  ishlov  beriladi: 

(N H 4)2SO,  +  2H N O ,  =   N H 4N O ,  +   S 0 2  +   H 20

NH4HSO,  +  HNO,  = n h 4n o ,  + 

so 2 


H20  


Natijada konsentrlangan ko‘rinishdagi  15—30%  li S 0 2 tarkibli  gaz 

hosil bo ‘ladi,  keyin bu gaz sulfat  kislota va o ‘g‘it sifatida ishlatishga 

yaroqli am m oniy sulfat  moddasini olishga yuboriladi.  Chiqindi gaz 

tarkibidagi  1  t  S 0 2  ni  utilizatsiya  qilinganda  1,3  t  sulfat  kislota,  3  t 

suyuq azot o‘g‘itlari va 0 ,2 1 atrofida ammoniy sulfat moddasi olinadi.

Yuqorida  ко‘rib  chiqilgan  usullarda  qo ‘llaniladigan  absorbentlar 

turli  konstruksiyada  bo‘lib,  ular  quyidagi  talablarga  javob  berishi 

kerak: gazni o‘zidan o‘tkazish  bo‘yicha yuqori qobiliyatga va samaraga 

ega bo'lishi,  past  gidravlik  qarshilikka  ega b o ‘lishi, jarayonda  hosil 

bo‘ladigan  cho‘kindilar bilan  tiqilib  qolmasligi  kerak.

Albatta, har bir ko‘rib chiqilgan usul o‘ziga yarasha afzalliklarga va 

kamchiliklarga  ega.  Usullarni qo‘llash korxonada mavjud absorbentlar, 

ularni  qayta  ishlash  imkoniyati,  hosil  boMgan  qo‘shimcha  shlam 

m ahsulotlarini  ishlatish  yo‘llari,  o ‘rnatilgan  talablar,  tozalash 

qurilmalarining,  standart  apparatlarning  bor-yo‘qligi  kabi  shart- 

sharoitlardan kelib chiqqan holda tanlanadi.



95

www.ziyouz.com kutubxonasi



Nazorat uchun  savollar:

1.  S 0 2  gazidan  tozalash  uchun  tanlanadigan  xemosorbentlarda 

qanday  qiyinchiliklar  mavjud?

2.  SO, gazini  suvga absorbsiya qilinganda qanday kimyoviy reaksiya 

boradi va uning texnologiyasi qanday amalga oshiriladi?

3.  S 0 2gazini  ushlab qolish uchun ohakli suv ishlatilganda qanday 

minerallar ishlatiladi va ulaming tarkibi qanday moddalardan iborat?

4.  S 0 2 gazini ushlab qolish  uchun ohakli suv ishlatilganda qanday 

kimyoviy  reaksiyalar  boradi?

5.  S 0 2 gazini ohakli suv usulida  ushlab qolish uchun qo'llaniladigan 

qurilma qanday apparatlardan  iborat?

6.  S 0 2  gazini  ohakli  suv  usulida  ushlab  qolish jarayonida  hosil 

bo'lgan shlam qanday modda va uni nima maqsadda ishlatish mumkin?

7.  S 0 2 gazini  ohakli  suv  usulida  ushlab qolish jarayonida qanday 

m uam m olar  vujudga  keladi  va  ularni  bartaraf etish  uchun  qanday 

chora-tadbirlar  ishlab  chiqish  kerak?

8. S 0 2 gazini ushlab qolish uchun yana qanday moddalar ishlatilishi 

mumkin?


9.  S 0 2 gazini  ushlab  qolish  uchun  magnizitli  usul  qo'llanilganda 

qanday kimyoviy reaksiya boradi va uning texnologiyasi qanday amalga 

oshiriladi?

10.  S 0 2 gazini ushlab qolish uchun rux oksidi ishlatilganda qanday 

kimyoviy reaksiyalar boradi va uning texnologik sharoitlari qanday?

11.  S 0 2 gazini ushlab qolish uchun natriy asosidagi xemosorbentlar 

ishlatilganda qanday kimyoviy  reaksiyalar boradi?

12.  S 0 2 gazini  qo'sh  ishqoriy va ammiakli  usul yordamida ushlab 

qolinganda  qanday kimyoviy reaksiyalar boradi?

S 0 2  gazlarini  absorbsion  tozalash  usuli

O'tgan  bobda  ko'rib  chiqilgan  absorbsion  usullarda  S 0 2  gazini 

ushlab qolish uchun qator qiyinchiliklar tug'iladi.  Bunda absorbsion 

tozalash  jarayonidan  keyin  to'yingan  absorbentlar  ko'rinishidagi 

oqova suvlarning hosil bo'lishi va ularni utilizatsiya qilish yoki qayta 

ishlatish muammosi paydo bo'ladi.  Shuning uchun quruq absorbsion 

usuliar  bunday  kamchiliklardan  xoli  va  shuning  uchun  ushbu  usul 

keyingi paytlarda yo'lga qo'yilmoqda. Qattiq sorbentlar o' zida kimyoviy



96

www.ziyouz.com kutubxonasi



aktiv  m oddalar  ushlashi  yoki  g'ovaksim on  m aterialdan  iborat 

bo ‘lmog‘i  lozim.  Xem osorbentlar  sifatida  ayniqsa  Al,  Ri,  Cl,  Co, 

C r,  C u,  F e ,  H f,  M n ,  N i,  Su,  T h ,  T i,  V,  U ,  Z r  oksidlari 

qo'llaniladi.  U lar  ichida  ayniqsa  marganes  —  Mn  oksidi  asosidagi 

sorbent  S 0 2  gazlarini  yaxshi  ushlab  qoladi.

MnO + S 0 2 

MnSO4

MnSO,  + 2NH, 

MnO + (NH4 )2 SO,

Bunda absorbsion tozalash jarayonida to'yingan sorbent ammiak 

yordamida  regeneratsiya  qilinadi  va  hosil  bo'lgan  am m oniy  sulfat 

kerakli m odda (m ineral o'g'it) sifatida qishloq xo'jaligida ishlatilishi 

mumkin.  Ushbu usulning texnologik sxemasi  9.9-rasmda keltirilgan.

Quruq  usulning  afzalligi  yana  shundan  iboratki,  bunda  yuqori 

haroratdagi  gazlami  sovitmasdan  tozalash  mumkin,  hamda  gazlar 

namlanishi shart emas, bu esa apparatlami korroziya bo'lishidan saqlaydi.

Qattiq  sorbent  sifatida  aktivlangan k o 'm ir ham   tashlanuvchi gaz 

tarkibidagi S 0 2 gazini ushlab qolishda yaxshi samara beradi. Jarayon 

110  —  150  °C  haroratda boradi.

Shu bilan  bir qatorda silikagel  asosidagi  adsorbent  ham   yaxshi 

natija beradi. Jarayon harorati  150-200°C da ham  silikagellar yaxshi 

sorbsiyalash  qobiliyatini  nam oyon  etadi.  Silikagellar  yonuvchan 

bo 'lm ag an i  u ch u n   ularning  regeneratsiyasini  qizdirilgan  havo 

yordam ida bem alol amalga oshirish m um kin.  Lekin tozalanadigan 

gazda  suv  b u g 'lari  uchrasa  S 0 2  gazlarining  sorbsiyasi  keskin 

kamayadi.

Tabiiy seolitlar ham  S 0 2 gazini yaxshi yutadi.  Ularga klinoptilolit 

va mordinit tarkibli minerallar kiradi.  Seolitlaming yuqori haroratda 

ham S 0 2 gazlarini yaxshi yutishi sanitar gaz tozalashda boshqa sanoat 

adsorbentlariga  qaraganda  o'zining  qulayligini  ko'rsatadi.  Faqat 

tozalash  jarayonida  gaz  quruq  bo'lishi  kerak,  aks  holda  tozalash 

jarayonining darajasi pasayib ketishi mumkin.

Tutun gazlari tarkibidagi S 0 2 gazlarini absorbsion tozalash usulida 

regeneratsiya  (desorbsiya)  jarayoni  ko'plab  issiqlik  energiyasining 

sarfini  keltirib  chiqaradi.  Uni  amalga  oshirish  ham   katta  kapital 

x a ra jatlarn i  ta la b   e ta d i,  ch u n k i  kislo tali  m u h itd a   ishlovchi 

apparaturani  ishlab  chiqarish  qim m atbaho  m ateriallarning  sarf

97

www.ziyouz.com kutubxonasi



9.9-rasm.  Tutun  gazlarlni  oltingugurt  dioksididan  marganes  oksidi  asosidagi 

sorbent  bilan  tozalash  texnologik sxemasi:

1-adsorber;  2-siklon;  3-elektrofiltr;  5-amraoniyli  skrubber;  6-reaktor;

7-separator;  8-filtr;  9-qaynatgich;  10-kristaLlizator;  1 L-sentrifuga;  12-siklon.

bo'lishiga  sababchi  bo‘ladi.  Shuning  uchun  bu  usul  uncha  ko‘p 

qo'llanilmaydi va tatbiq qilinmaydi.

Nazorat  uchun  savollar:

1.  S 0 2 gazini  adsorbsion  ushlab  qolish  usuli  absorbsion  usuldan 

farqi, kamchiliklari va afzalliklari  qanday?

2.  S 0 2  gazini  adsorbsion  usulda  ushlab  qolish  uchun  qanday 

adsorbentlar  qo‘llaniladi?

3.  S 0 2 gazini quruq usulda tozalashning  asosiy afzalliklari  qanday?

4.  Ishlatilgan  adsorbentlaming  regeneratsiyasi  qanday  amalga 

oshiriladi?



S 0 2  gazlarini  katalitik zararsizlantirish

Chiqindi gazlarni  oltingugurt dioksididan  katalitik tozalash  usuli 

S 0 2  gazini  S 0 3  gazigacha  nitroz  yoki  kontakt  usulda  oksidlash  va 

hosil boMgan gazdan sulfat kislota olishga asoslangandir.  Nitroz usulda 

S 0 2 tarkibli chiqindi  gazga N 0 3:  S 0 2  >  2:1  nisbatda azot oksidlari 

aralashtiriladi.  Shunda quyidagi reaksiya sodir bo‘ladi:



s o

2

  + h2o   +  n o

2

  - » n o   + h

2

s o

4

98

www.ziyouz.com kutubxonasi



Hosil  bo'layotgan  sulfat  kislota  konsentratsiyasi  bunda  bug‘simon 

holatda  bo'ladi.  Ushbu  sulfat  kislota  bug'lari  bilan  aw al  tarkibidagi 

reaksiyada  hosil bo'lgan NO gazlarini qayta havo  kislorodi  ishtirokida 

azot dioksidigacha oksidlanadi va keyingi bosqichda 80%li sulfat kislota 

bilan yuviladi.  Shunda sulfat kislota bilan nitrozil sulfat kislotalari hosil 

bo'ladi. Oxiigisi havo yordamida puflanganda N 0 2 gazi ajralib chiqadi va 

alohida  qolgan  H2S 0 4  kislotaning  asosiy  qismi  qayta  tutun  gazlarini 

yuvib tozalashga  yuboriladi.  Qolgan  H 2S 0 4  kislotaning  ortiqchasi  esa 

tayyor  tovar  mahsulot  sifatida  iste’molchiga  yuboriladi.  Reaksiyada 

ishlatilayotgan  va  hosil  bo'layotgan  N 0 2  gazlarining  ortiqchasi  ham 

nitrat  kislota  olish  uchun  ishlatiladi.  Azot  kislotasi  ishlab  chiqarish 

jarayonida hosil bo'ladigan nitroz gazlarining tarkibida S 0 2 gazlari bor 

tutun gazlariga aralashtirish bilan yuqorida sharx berib o'tilgan texnologiya 

asosida 0,3% S 0 2, 0,01% S 0 3, 0,06%  N 0 2 tarkibdagi chiqindi gazlarni 

95%gacha tozalab, 80%li konsentratsiyali sulfat kislotasi va 50%li nitrat 

kislotasi  olish  mumkin.

Kontakt usulda tutun gazlari 99%gacha kul qoldiqlaridan tozalanib 

vanadiy kontakti yuklangan reaktorga yuboriladi.  Bu yerda 450°C da 

S 0 2  gazlari  S 0 3  gazigacha  gaz  tarkibidagi  kislorod  ta ’sirida  oksid­

lanadi.  Konvertorlangan gazlar keyin  230°C  gacha  sovitilib,  sulfat 

kislotasi  bilan  yuviladi.  Absorberdan  chiqayotgan  qolgan  gazlar 

to lasim o n   filtrd a n   (sulfat  kislota  tu m a n la rin i  ushlab  qolish 

maqsadida)  o'tkazilib,  atmosfera  havosiga  m o'ri  orqali  chiqarib 

yuboriladi.  Ushbu tozalash jarayonida 80%li konsentratsiyadagi sul­

fat  kislotasi  olinadi.  Hozirgi  kunda  to g '-k o n   sanoatida  rudalarni 

tayyorlash jarayonida  hosil  bo'layotgan  S 0 2  tarkibli  chiqindi  tutun 

gazlaridan yuqorida sharx berib o'tilgan texnologiyalar  asosida tutun 

gazlarini tozalash bilan birgalikda kerakli sulfat kislotasi mahsulotini 

olish  mumkin.  Masalan,  Olmaliq tog'-kon metallurgiya kombinatida 

bunday qurilma faoliyat ko'rsatmoqda.



Nazorat uchun  savollar:

1. Chiqindi gazlarni oltingugurt dioksididan katalitik usulda tozalash 

usuli qanday amalga oshiriladi?

2.  Katalitik tozalash usulining afzalligi nim alardan  iborat?

3.  Katalitik tozalash jarayonida hosil bo'lgan mahsulot nima?

99

www.ziyouz.com kutubxonasi



Ю-ВОВ.  CHIQINDI  GAZLARNI AZOT OKSIDLARIDAN 

TOZALASH TEXNOLOGIYALARI

A zo t  o k sid li  c h iq in d i  g a z la r  k im y o   s a n o a tin in g   a z o tli 

birikmalarini  ishlab chiqarish  korxonalarida,  katalizatorlar ishlab 

chiqarishda,  neftni  qayta  ishlash korxonalarida,  issiqlik energetika 

qurilm alarida  yoqilg‘i  yondirilganda  va  shu  kabi  boshqa  ishlab 

chiqarishlarda  hosil  bo ‘ladi.  Azot  oksidlari  o ‘ta  zaharli  gazlar 

q ato rig a  kiradi.  Bu  gazlar  inson  organizm ida  q a to r  noxush 

o q ib a tla rg a   o lib   k e lad i:  0 ‘p ka  s h ish i,  n afas  yoM larin in g  

yallig‘lanishi,  nerv sistemasining buzilishi,  ko‘zning shikastlanishi 

va boshqalar.  Shu bilan bir qatorda azot oksidlari  o ‘sim liklarning 

barglarini  kuydiradi,  m etall  uskunalarini  korroziyaga  uchratib, 

xalq xo‘jaligiga  salbiy ta ’sir ko‘rsatadi.  Azot  oksidlarining  ruxsat 

etilgan  chegaraviy  konsentratsiyasi  (R EC hK )  0,085  m g /m 3  ni 

tashkil  etadi.

Azotning quyidagi kislorodli birikmalari mavjud: N 20 ,  N O , N 0 2, 

N 30 3,  N 20 5, 

N 20 4,  N 0 3,  N 20 6.

N20  gazi past temperaturada deyarli reaksiyaga kirishmaydi.  Yuqori 

temperaturada  azot va  kislorodga parchalanadi.

NO gazi suvda va organik birikmalarda yaxshi erimaydi, lekin 2  valentli 

metall  tuzlariga  birikib,  kompleks  birikma  hosil  qiladi  va  sal  qizdirilsa 

parchalanadi.

N 0 2  gazi  suvga  yaxshi  yutiladi  va  H N 0 3  kislotasi  hosil  bo‘ladi. 

Temperatura  oshishi bilan parchalanib  ketadi.

N20 3 gazi faqat past temperaturada  turg‘un  bo ‘ladi.

N20 4  gazi  kuchli  oksidlovchi  bo ‘lib  N 0 2 gazini polimerlanishidan 

hosil  bo ‘ladi.  N2Os gazi  ham  turg'un  emas,  bu  gaz  ham  oksidlovchi 

bo ‘lib  ishlatilishi mumkin.

Hozirgi kunda azot oksidli chiqindi gazlarni zararsizlantirish uchun 

absorbsion,  absorbsion  va  katalitik  usullar qo‘llaniladi.



Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   46


Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2019
ma'muriyatiga murojaat qiling