M. N. Musayev sanoat chiqindilarini tozalash texnologiyasi


Download 3.87 Mb.

bet5/46
Sana12.02.2017
Hajmi3.87 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   46

Tolali  filtrlar.  Ushbu  filtrlaming  filtrlovchi  elementi  bir  yoki 

bir  necha  qavatdan  iborat  bo'lib,  ular  orasida  tolalar  bir  xil 

taqsimlangan  bo‘ladi.  Bunday  filtrlar  hajmiy  ta ’sirga  ega  bo‘lib, 

zarralami qavatlarning  butun chuqurligi bo‘yicha ushlab qoladi va 

yig‘adi. Chang zarralarining yaxlit qatlami faqat zich material ustida 

hosil bo'ladi.  Filtrlar uchun tabiiy yoki  maxsus ishlab chiqilgan va 

qalinligi  0,01  dan  100  mkm  gacha  boMgan  tolalar  qo‘llaniladi. 

Filtrlovchi  qatlam  qalinligi  0,1  mm  dan  (qog‘ozli)  to  2  m  gacha 

(uzoq vaqt ishlatiluvchi,  ko‘p qatlamli,  nasadkali filtrlar)  bo‘lishi 

mumkin.


C huqur  tozalovchi  tolasim on  filtrlar  atom   energetikasida, 

radioelektronikada, aniq asbobsozlikda, sanoat mikrobiologiyasida, 

kimyoviy farmatsevtikada va boshqa sohalarda qo'llaniladi. Filtrlar katta 

hajmdagi  gazlarni  uning  tarkibidagi  barcha  razmerdagi  qattiq 

zarralardan va submikron zarralardan tozalash uchun ishlatiladi. Ular 

gazlarni  radioaktiv aerozollardan  tozalash  uchun  ham  qo'llanilishi 

mumkin.  Bularda filtrlash tezligi 0,01  — 0,15 m/sek ni tashkil etadi. 

Ishlatilgan fiitrlami regeneratsiyasi samarasiz yoki imkoni yo‘q.  Ular 

uzoq muddatga ishlatishga (0,5 — 3 yil) moMjallangan. Shundan keyin 

ishlatilgan filtr yangisiga almashtiriladi.



Donador  filtrlar.  Ushbu  filtrlar  tolasimon  filtrlarga  qaraganda 

gazlarni  tozalashda  kamroq  ishlatiladi.  D onador  filtrlarning 

afzalliklari:  yuqori  haroratda  va  agressiv  muhitda  ishlash  imkoni

46

www.ziyouz.com kutubxonasi



borligi, katta mexanik va bosim o'zgarishlarining og‘irligini ko‘tarishi 

hamda keskin harorat o‘zgarishlariga chidamliligidir.  Donador filtrlar 



nasadkali va qattiq donadorli filtrlarga bo'linadi.

Nasadkali  (to ‘kiladigan)  filtrlar.  Bunday  filtrlarda  filtrlovchi 

elementlar  bir-biri  bilan  bog‘lanmagan  bo‘lib,  granula,  bo‘lak, 

tabletka kabi ko'rinishga ega bo‘Igan g‘ovaksimon moddalardan iborat 

bo‘ladi. To‘kiladigan nasadkali filtrlarda moddalar sifatida  qum, shlak, 

grafit,  yog‘och  qipiqlari,  koks,  rezina,  plastmassa  ushoqlari, 

maydalangan tog‘ jinslari kabi moddalar ishlatiladi.  Moddalar talab 

etiladigan tozalash darajasi, muhitning kimyoviy  va termik holatidan 

kelib chiqqan holda tanlanadi.



Donadorli qattiq filtrlar. Ushbu filtrlarda donalar bir-biri bilan o‘zaro 

qizdirish yoki yopishtirish natijasida yaxlitlangan ko‘rinishda bo‘lib, 

qo‘zg‘almas sistemani tashkil etadi.  Bularga g‘ovaksimon keramika, 

metall,  plastmassalar  kiradi.  Filtrlar yuqori  haroratga,  korroziyaga 

va  mexanik zarbalarga  chidamh bo‘lib,  siqilgan gazlarni  filtrlashda 

qo'llaniladi. Bunday filtrlaming kamchiligi: qimmatligi, katta gidravlik 

qarshilikka  egaligi  va  regeneratsiya  jarayonining  murakkabligi. 

Regeneratsiya jarayoni to ‘rt usulda olib boriladi:

1)  teskari yo'nalishda havo bilan puflash;

2) teskari yo‘nalishda suyuq eritmalarni o‘tkazish;

3)  issiq  bug‘ni  o‘tkazish;

4)  reshotkaga joylashtirilgan  filtrlash elementlarini vibratsiyalash 

yoki  tebrantirish  (qimirlatish).

Yuqorida ко‘rib chiqilgan barcha filtr turlari sanoat korxonalarida 

talab  etilgan  tozalash  darajasi,  manba  holati,  gaz  hajmi,  uning 

tarkibidagi chang zarralarining xususiyatlaridan kelib chiqqan holda 

tanlanadi va ishlatiladi.

Nazorat uchun  savollar:

1. Filtrlarda changli gazni tozalash jarayoni qanday amalga oshiriladi?

2.  Filtrlaming qanday turlari mavjud?

3. Yengsimon  filtming ishlash  prinsipi  qanday?

4.  Filtrlash  matolariga  qanday  talablar qo‘yiladi?

5. Tolali filtrlaming  ishlash  prinsipi  qanday?

6.  Donador  filtrlaming  ishlash  prinsipi  qanday?

47

www.ziyouz.com kutubxonasi



Ho‘l changyutgichlar

Ho‘l changyutgichlar qator afzalliklaiga va kamchiliklarga ega.



Ularning ajzalttgi:

1)  kam xarajatligi va yuqori samaradorligi;

2)  mayda zarrali (0,1  mkm) changlami ham tozalash mumkinligi;

3)  yuqori  temperaturadagi  va  namlikdagi,  portlash  va  yonish 

xususiyatiga ega bo'lgan changli gazlami  ham tozalash  imkoniyati 

borligi;.

4)  chang  z a rra la ri  b ilan   b irg a,  tu m a n la m i  va  b o sh q a 

komponentlami ham biigahkda tozalash mumkinligi.



Kamchiliklari:

1)  ushlangan  chang  zarralari  shlam  (bo'tana)  ko'rinishga  o'tadi 

va natijada oqova suv hosil bo'ladi,  bu esa o‘z yo'lida ulami tozalash 

uchun qo'shimcha xarajatlami  yuzaga keltiradi;

2) tomchilami apparatdan o'tib ketlshi va quvurlarda yig'ilishi;

3) agressiv gazlami tozalash kerak bo'lganda nam hisobiga kislotali 

muhitlarni  yuzaga  kelishi  va  kommunikatsiyalarni  korroziyadan 

saqlash  uchun  ulami  chidamli  material  bilan  qoplash  zarurhgi 

oqibatida qo'shimchS xarajatlami keltirib chiqarishi.

Ho'l  changyutgichiarda  namlovchi  suyuqlik  sifatida  asosan  suv 

ishlatiladi,  to'qnashish  usuliga qarab ular 8 turga bo'linadi:

1)  ichi  bo'sh  gaz  yuvgichlar;

2)  nasadkali  skrubberlar;

3)  tarelkali  (barbotaj  va  ko'pikli)  apparatlar;

4)  harakatdagi  nasadkali  apparatlar;

5)  uriluvchi-inersion  apparatlar  (rotoklonlar);

6) markazdan qochma kuchda ishlovchi apparatlar;

7)  mexanik chang  yutgichlar;

8)  tez  ishlovchi  jadal  gaz  yuvgichlar  (Venturi  va  ejektorli 

skrubberlar).

Changlangan gaz oqimini suyuqlik bilan  to'qnashishi natijasida 

fazalararo   to 'q n a s h ish   yuzasi  hosil  b o 'la d i.  Bu  yuza  gaz 

pufakchalari, jildiragan gaz va suyuqlik oqimi,  tom chilar hamda 

su y u q lik   p ly o n k a sid a n   ib o ra t  b o 'la d i.  K o 'p c h ilik   h o 'l 

changyutgichiarda  turli  xil  yuzalarning  hosil  bo'hshi  kuzatiladi,

48

www.ziyouz.com kutubxonasi



shuning  uchun  ularda changlarni  ushlanishi  turli  mexanizmlar 

ko‘rinishida bo'ladi.



Ichi  bo‘sh  gazyuvgichlar.  Ichi  bo'sh  forsunkali  gazyuvgichlar 

keng  tarqalgan  skrubberlar  qatoriga  kiradi  (5.7-rasm).  Bunday 

apparatlar  kesimi  to'g'riburchakli  yoki  aylana  ko‘rinishida  bo‘lib, 

unda gaz va suyuqlik tomchilari o‘rtasida to‘qnashish bo‘ladi. Gaz va 

suyuqlikning  harakatini  yo‘nalishiga  qarab,  skrubberlar  to ‘g‘ri, 

qarama-qarshi va ko‘ndalang oqimli xillariga bo'linadi.  Forsunkalar 

kolonnada bir yoki bir necha kesimda o ‘matilib, har bir kesimda 14­

16  tadan  qator  qilib  yoki  apparatning  o‘qi  bo‘ylab  joylashtiriladi. 

Skrubberiarda tomchi qaytaigich o'matilganda gazlaming tezligi  5 — 8 

m/sek,  o‘matilmaganda esa 0,6  —  1,2 m/sek atroflda bo‘ladi. Tomchi 

qaytargichsiz ichi bo‘sh skmbbedaming gidravlik qarshiligi 250 Pa dan 

oshmaydi.  Chang  zarralarining  razmeri  d3  =   10  mkm  bo'lganda 

skrubberlar yuqori tozalash darajasini namoyon etadilar, d3< 5 mkm 

da esa tozalash samarasi kam bo'ladi.  Skmbberlarning balandligi 

« 2,5 D ga teng. Apparatning diametri gazning sarfi tenglamasi asosida 

aniqlanadi, bunda suyuqlik sarfi  m esa 0,5 — 8 1/m3 gazga sarfidan 

aniqlanadi.

f

Ushbu apparatlarda gaz apparatning quyi qismidan beriladi, suv 



esa apparat ichiga forsunkalar yordamida changlatib (mayda tomchi 

ko'rinishida) beriladi.  Shunda gaz tarkibidagi chang zarralari suv

49

www.ziyouz.com kutubxonasi



tomchilari  ta ’sirida  ho‘llanadi  va  apparatning  pastki  qismidan 

chiqarib yuboriladi. Tozalangan gaz esa apparatning yuqori qismidan 

chiqib ketadi.

Nasadkali skrubberlar.  Nasadkali skrubberda tozalash jarayonini 

samarali olib borish uchun apparat ichiga nasadkalar joylashtirilgan. 

Nasadkalaming asosiy vazifasi gaz va suyuqlik o‘rtasidagi to'qnashish 

(kontakt) yuzasini oshirishdan iboratdir.  Bunda gazlarni o‘tib ketish 

holatlari kuzatilmaydi.  Ho'llangan chang zarralari apparatning quyi 

qismida  yig'iladi.  Nasadkalami  yaxshi  ho'llanishi  uchun  ular  gaz 

oqimini yo'nalishiga qisman 7 —  10° ga qiyalashtirib joylashtirilgan. 

Suyuqlik sarfi  0,15  —  0,5  1/m3,  zarralarning  razmeri d3>2mkm  da 

tozalash  darajasi  90%  dan  oshadi.

5.8-rasm.  Nasadkali  skrubber:

1-korpus;  2-forsunkaIar;  3-ho‘llash  moslamasi;  4-reshotka;  5-  nasadka;

6-  shlamyig'gich.

Harakatdagi nasadkali skrubherlar.  Ushbu tozalash apparatida 

changli  gazlarni  ushlab  qolish  uchun  mavhum  qaynash  rejimi 

vujudga  keltiriladi  (5.9-rasm ).  Buning  uchun  changli  gaz 

apparatning quyi qismidan yuqori tezlikda beriladi. Yuqoridan esa 

suyuqlik  beriladi.  Nasadkalar  mavhum  qaynash  rejimida  doimo 

harakatda  bo'ladi  va  yuqoridan  berilayotgan  suyuqlik  ta ’sirida 

ho'llanadi.  Gaz nasadkalarga urilganda suyuqlik bilan to'qnashadi. 

Natijada gaz tarkibidagi chang zarralari suyuqlik bilan  ho'llanadi 

va  apparatning  quyi  qismidan  suyuqlik  bilan  birga  chiqarib 

yuboriladi.

Nasadkalar  polimer,  shisha  yoki  rezinadan  yasaladi.  Ularning 

zichligi  suyuqlik  zichligidan  katta  bo'lmasligi  lozim.  Harakatdagi 

nasadkali skrubberlarning ishlashini eng qulay rejimi to'liq mavhum

50

www.ziyouz.com kutubxonasi



qaynash  rejimidir.  Yuqori  tozalash  darajasini  ta ’mmlash  uchun 

jarayon parametrlari quyidagicha bo'lishi lozim:



5.9-rasm.  Harakatdagi  nasadkali  skrubben

1-reshotka;  2-  harakatdagi  nasadkalar;  3-  chegaralovchi  reshotka;  4-suyuqlik 

taqsimlagichi;  5-tom chi  qaytaigich.

Nasadka sharlari diametri 20 — 40 mm, zichligi  200 —  300  kg/ 

m3, gazning tezligi 5 — 6 m/sek, solishtirma ho‘llanishi 0,5 — 0,7 1/ 

m3,  tarelkaning  erkin  kesim  yuzasi  teshikchalari  <3=4  —  6  mm 

boMganda S0=0,4m2/m 2.

Ko‘pikli  gazyuvgich.  Ushbu gazyuvgichda chang zarralari ko‘pik 

hisobiga ushlanadi.  Ba’zi hollarda ko'pikni va suyuqhkni ushlab turish 

maqsadida  tarelka  ustida  stabilizator  moslamalari  o ‘rnatiladi.

shlam

5.10-rasm.  Ko‘pikIi  gazyuvgich:

(T.g-tozalangan  gaz,  T.q  — tom chi  qaytaigich).

51

www.ziyouz.com kutubxonasi



Stabilizator  moslamasi  —  asalari  uyasiga  o'xshash  konstruksiya 

ko‘rinishida  bo'ladi.  Yacheykalar  o'zaro  qator  joylashtirilgan 

plastinkalardan  iborat  bo'ladi,  balandligi  60  mm,  razmeri  35x35 

dan 40x40 gacha bo'ladi.

Gazning  tezligi  со — 2,5  —  3,5  m/sek,  suyuqlik  sarfi  m=0,05  —

0,1  1/m3,  apparatda  teshikchalar  diametri  d=3  —  6  mm,  yuzasi 

S0= 0 ,12  — 0,18  m2/m 2 bo'lgan tarelkalar qo'llaniladi.  Stabilizatorli 

apparatning gaz bo'yicha ish  unumi  3000 dan 90000 m3/soat gacha 

o'zgaradi.  Stabilizatorli tarelkaning gidravlik qarshiligi quyidagicha 

aniqlanadi:

bu yerda,  A Pn  — ko'pikli qatlamning gidravlik qarshiligi,  Pa; 

(p 

 tarelkaning 

kesma yuzasining ulushi.

Apparat diametri quyidagi formula orqali topiladi:

bu  yerda,  Q G —  gaz  sarfi;  CO a~   gaz  tezligi;

Apparatlaming korpusi quyidagi razmerda bo'ladi: 600,  700,  800, 

900,  1000,  1200,  1400,  1600,  1800,  2200,  2600,  3000.



Inersion — uriluvchi gaz yuvgichlar (5.11-rasm).  Ushbu apparatlarda 

gazni  suyuqlik  bilan  kontakti  gazni  suyuqlikka  zarb  bilan  urilishi 

natijasida amalga oshiriladi.  Bunda changli gaz apparatga maxsus soplo 

orqali  180° qiyalatib beriladi.  Natijada gaz tarkibidagi chang zarralari 

o'zining inersiya tufayli harakatini davom ettirib suyuqlik yuzasiga uriladi

&P = ( t4„miP / 4  / 2S0


D = ,jQg / 0,785-og

|^ch. gaz

T-e

s t


5.1 1-rasm.  Inersion  uriluvchi  changyutgich.

52

www.ziyouz.com kutubxonasi



va bunda zarralar bo‘kib suvning tagiga qarab yo'naladi. Tozalangan 

gaz  esa  apparatning  yuqori  qismidan  chiqib  ketadi.  Apparat  tagiga 

cho'kkan chang zarralari shlam ko‘rinishida apparatning quyi qismidan 

chiqarib  yuboriladi.  Apparat  ichidagi  suv  vaqti  bilan  almashtirilib 

turiladi.

Markazdan qochma kuch ta’sirida ishlovchi changyuvgichlar.

M arkazdan  qochm a  kuch  skrubberlari  konstruksiyasi  bo'yicha 

ikki xil  ko'rinishda bo‘ladi:  1) gaz oqimini maxsus aylantiruvchi 

m oslam a  yordam ida  aylantirib  beruvchi  ap p aratlar;  2)  gaz 

oqimini  yon  tarafdan  tangensial  usulda  beruvchi  apparatlar. 

Keyingi apparatda suv markaziy qismiga o ‘rnatilgan  forsunkalar 

orqali  beriladi.  Shu  bilan  birga  apparat  devori  orqali  oqib 

tu sh ad ig an   suyuqlik  plyonka  hosil  qiladi.  H ozirgi  kunda 

ish latilad ig an   bu  xildagi  sk ru b b erlard a  g a z la r  tan g en sial 

ko‘rinishda beriladi.  Ushbu apparatning ko‘rinishi 5.12-rasmda 

keltirilgan.

S. 12-rasm.  Suv plyonkali siklon:

1  -   kirish patrubkasi;  2 — chiqisb patrubkasi;  3  — halqasimon  kollektor;  4 — soplo.



Tez ishlovchi jadal gazyuvgichlar  (Venturi skrubberlari).  Ushbu 

apparatning asosiy qismi purkagich trubasi bo‘lib, unda beriladigan 

suyuqlik  40  —  150  m/sek  tezlikda  harakat  qilayotgan  gaz  oqimi

53

www.ziyouz.com kutubxonasi



5.13-rasm.  Venturi skrubberi:

1 -  purkagich  trubasi;  2  — siklon-changushlagich.

ishtirokida shiddat  bilan parchalanadi. Apparat ichida tomchi ushlagich 

ham o'rnatilgan bo'ladi  (5.13-  rasm).

Purkagich  trubaning  gidravlik qarshiligi  quyidagi  formula  orqali 

anialanadi:



a p

 = 

a p i

, +

a p

:

Quruq purkagich trubaning gidravlik qarshiligi esa quyidagi formula 

orqali  aniqlanadi:

ЬР(1= ^ у - Г1АРа /2

Qarshilik koeffitsienti  ( \0d,.. >1,- > 0,1

uchun)

ZQur =0,165+0,0341G/d E - [(0,06 + 0,028) I, dK ] M

bu  yerda,  M = w  I a .v  -   Max soni;  co(.  -   trubaning  uchidagi gazni tezligi,  m / 

sek;  со  ~   tovush  tezligi,  m/sek;  1G  -   truba  uchming  uzunligi,  m;  d E  -   truba 

uchining ekvivalent diametri,  m.

Suyuqlikni berilishiga bog'liq bo‘lgan purkagich trubaning gidravlik 

qarshiligi quyidagi formula orqali aniqlanadi:



bPj  = ^ sc o p J 2 ) m

bu  yerda,  £   —  purkagich  trubaga  suyuqlik  kirishini  e ’tiborga  oluvchi  gidravlik 

qarshilik  koeffitsienti;  m  -   suyuqlikning solishtirma sarfi,  m 1/  n r  gazga.

54

www.ziyouz.com kutubxonasi



£ = A £ c,„r 

r a 1+B


bu yerda,  A va  В  —  koeffitsientlar.

Changushlagichning  samaradorligi  gaz  tezligiga  va  solishtirma 

sug'orishga bog‘liq (odatda m =0,5-l,5 l/m 3gazga).

K atta  hajm li  gazlarni  tozalash  lozim   b o 'lg a n d a   V enturi 

skrubberlarining  birlashgan batareyalari ishlatiladi.

Nazorat uchun savollar:

1. Ho‘l changyutgichlar qanday afzalliklarga va kamchiliklaiga ega?

2. H o‘l changyutgichlarda apparatni namlash uchun qaysi modda 

ishlatiladi va  to‘qnashish usuliga qarab nechta tuiga bo'linadi?

3. Ichi bo'sh  forsunkali gazyuvgichlaming ishlash  prinsipi qanday?

4.  Nasadkali  skrubberning  (harakatdagi  va  qo‘zg‘almas)  ishlash 

prinsi pi qanday?

5.  Ko'pikli gazyuvgichmng ishlash  prinsipi  qanday?

6. Inersion-uriluvchi gazyuvgichlaming ishlash  prinsipi  qanday?

7.  Markazdan  qochma  kuch  skrubberlarining  konstmksiyasi  va 

ishlash  prinsipi qanday?

8.Tez ishlovchi jadal gazyuvgichlaming ishlash  prinsipi qanday?



Gazlarni  elektr flltrlarda tozalash

Elektr flltrlarda gazlami tozalash elektr kuchi ta ’sirida olib boriladi. 

Bunda chang zarralari  kuchli elektr magnit maydonida zaryadlanib 

elektrodlarga  yopishadi.  Elektr  filtrlar  katta  hajmdagi  gazlarni 

tozalashga mo'ljallangan. Chang zarralari 0,01  —  100 mkm, harorati 

400-450°C da ham ishlaydi. Gidravlik qarshiligi  150 Pa. Changli gaz 

elektrofiltming quyi qismidan  beriladi. Shunda changli gaz elektrodlar 

joylashgan  kanallar  orqali  o'tganda  chang  zarralari  elektrodlarga 

berilgan elektr kuchlanishining ta ’sirida hosil bo'lgan elektr magnit 

maydoni  oqibatida zaryadlanadi va  elektrodlarga  ilashib,  yopishib 

qoladi.  Tozalangan  gaz  apparatning  yuqori  qism idan  chiqarib 

yuboriladi. Chang zarralarining qavati elektrodlarda qalinlashgandan 

so'ng elektr toki o'chiriladi va silkituvchi moslama yordamida ilashgan

Cy  koeffltsientining  quyidagi  tenglikdan  topiladi:

55

www.ziyouz.com kutubxonasi



4

5.14-rasm.  Trubkali  elektroliltr.

1-tindiruvchi  elektrod;  2-  tozalovchi  (tojlanuvchi) elektrod;  3-  rama;  4-silkituvchi 

moslama;  5-el.izolator.

chang zarralari elektrodlardan xalos etiladi va ajratilgan chang zarralari 

apparatning pastki bunkeridan chiqarib yuboriladi.

Gazlarni  apparatga berish tartibi  orqali elektrofiltrlar bir-biridan 

farq qiladi.  Elektrofiltrlar quruq va ho'l xillariga bo'linadi.

Quruq  elektrofiltrlar.  Ushbu  elektrofiltrlaming  koфusi  250°C 

haroratga va 500 Pa bosimga yoki 3500 Pa li vakuumga mo'ljallangan 

bo‘ladi.  Ular  issiqlik elektrostansiyalari,  barabanli  pechlar,  sement 

zavodlarining xomashyo tegirmonlarida hosil bo'lgan tutun gazlarini 

tozalashda  ishlatiladi,  chunki  ushbu  manbalaming  tutun gazlarida 

mayda dispers chang zarralari ko'plab uchraydi.

UG  tipdagi elektrofiltrlaming UG-1,  UG-2,  UG-3xillari bo'lib, 

ular  asosan  elektrodlarda  o'matilgan  va  elektrodlaming  balandligi 

bo'yicha bir-biridan farqlanadilar.  UG-1  da elektrod balandligi 4 m, 

UG-2  da  7,5  m  bo'ladi.  Elektr  maydorrining balandligi  UG-1  va 

UG-2 da 2,5 m ni tashkil etadi.  UG-3 da balandligi  12  m rri, elektr 

maydonining  balandligi  esa 4  m  ni  tashkil  etadi. O G P  tipdagi 

unifitsirlangan  elektrofiltrlar  kimyo,  rangH  metall  (kul  changlari), 

neft-kimyo (katalizator changlari) va shu kabi boshqa sanoatlaming 

425°C  haroratgacha  bo'lgan  gazlarini  changdan  tozalash  uchun

56

www.ziyouz.com kutubxonasi



qo'llaniladi.  Ularda tindiruvchi elektrodlar plastina ko‘rinishida ishlab 

chiqiladi.  Plastinalar diametri 8 mm li po‘lat simlardan tayyorlanadi.

CG   tip d ag i  e lek tro filtrlar  neft  krekingida  ish latilad ig an  

changsimon  katalizatorlarning  changlarini,  reaktor  va  pechlardan 

chiqadigan  changlarni,  qurum   (qora  kuya)  ishlab  chiqarishda 

ajraladigan portlovchi qurum  aralashmalarini tozalashda qo'llaniladi. 

Havoning  elektrofiltrlarga  so‘rilishi  oldini  olish  uchun  ular  bosim 

ostida  (150  Pa  gacha)  ishlashi  kerak.  G azlam ing  harorati  250  °C 

dan oshmasligi lozim.

UV ti pdagi unifitsirlangan elektrofiltrlar  vertikal,  quruq,  plastinali 

ko‘rinishda bo‘lib. 250 °C gacha haroratda ishlaydi va sanoatning turli 

aspiratsion  havolarini,  ham da  tu tu n   gazlarini  tozalash  uchun 

ishlatiladi.  Gazlarni elektroflltming aktiv kesma yuzasidagi tezligi  1 

m /sek dan oshmasligi lozim.

U W  tipdagi elektrofiltrlar  ham  unifitsirlangan ko‘rinishda  bo‘lib, 

ko'pincha  ko‘m ir  tarkibli  changli  gazlarni  ushlab  qolish  uchun 

ishlatiladi.

H o‘l elektrofiltrlar koks-kimyo zavodlarining generator gazlarini, 

moysimon tum anlarini, smolalarini tozalash uchun ishlatiladi.  Ular 

50 °C gacha harorat, 40 kPa bosim yoki 5 kPa vakuumga moMjallangan 

bo‘ladi.


Elektrofiltrlarda nazariy tozalash darajasi quyidagi form ula orqali 

aniqlanadi  (%  da).

Tmbkali  elektrofiltr  uchun:

2-0.L

rj = 100(1- e   °’*K)

plastinkali  elektrofiltr  uchun:



2cJeL

tj = \ 0 0 ( l - e

 

“ » * )



bu yerda: 

—  zarralami  c h o ‘ktiruvchi  elektrodlaiga  harakat tezligi,  m /s.

— gazlam ing elektrofiltr ichidagi  aktivligi,  m /s.

L  —  elektr  maydoni  uzunligi,  m.

R  —  cho'ktiruvchi  elektrodning  radiusi,  m.

H  —  cho'ktiruvchi  (tindiruvchi)  va tojlanuvchi  elektrodlar o ‘rtasidagi  masofa,  m.

57

www.ziyouz.com kutubxonasi



_ 0,118  IQ-10 

Ez  d

  (d  (1  mk m .b o ‘ladi)

ch

 

л 



^

ju

d2< 1  mkm. boMganda:

0 , l 7 l 0 - n £:2 -5„

4 * = -------------------^



bu  yerda:  E  —  elektrofiltrdagi  elektr  m aydoni  kuchlanishi,  V/m;

d2 — zarra diametri,  m; 

Ц —

 gaz qovushqoqligining dinamik koeffitsienti,  Pa s.

Sk  —  Keningam-MHliken tuzatishi.

Zarralami  harakat tezligi quyidagi  formula bilan aniqlanadi:

(A = 0 ,8 1 5 —  1,63 ga teng bo'lgan sanoqli koeffitsient, 

X

 — gaz molekulasini o ‘rtacha 

harakat  masofasi,  m 

X

 = 1 0 ‘7  m.)

Yuqorida  keltirilgan  formulalar  yaqinlashtirilgan  m a’lum otlam i 

beradi.

Nazorat uchud  savollar:

1.  Elektrofiltrlarda gazlarni tozalash qaysi kuch asosida olib borila- 

di?

2.  Elektrofiltrlar qanday gazlarni tozalashga m o‘ljallangan?



3.  Elektrofiltrlarning  ishlash  prinsipi  qanday?

4.  Quruq elektrofiltrlar qanday korxonalaming gazlarini tozalashga 

m o‘ljallangan?

5.  UG  tipdagi elektrofiltrlarning qanday xilJari mavjud va ulaming 

tuzilishi  qanday?

6.  H o ‘l  elektrofiltrlar  qaysi  korxonalaming  gazlarini  tozalashga 

m o‘ljallangan?



Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   46


Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2017
ma'muriyatiga murojaat qiling