M. N. Musayev sanoat chiqindilarini tozalash texnologiyasi


Download 3.87 Mb.

bet4/46
Sana12.02.2017
Hajmi3.87 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   46

Gazlarni  mexanik quruq chang ushlagichlarda tozalash

Ushbu  mexanik  quruq  chang  ushlagichlarda  tozalash  turli 

so'ndirish  mexanizmlari  asosida olib boriladi,  ya’ni  —  gravitatsion 

(kamerada  —  zarralami  og'irlik  kuchi  asosida),  inersion  (changli

33

www.ziyouz.com kutubxonasi



gaz  oqimini  keskin  o‘zgartirish  bilan),  markazdan  qochma  kuch 

(siklonlar).  Ushbu  apparatlar konstruksiyasi  oddiy tuzilgan  bo‘lib, 

sanoatda changdan tozalash jarayonlarida  ko‘p ishlatiladi.

Lekin ushbu apparatlarda changli gazlarni tozalash samaradorligi 

uncha yuqori emas,  shuning uchun bu apparatlar gazlarni tozalash 

jarayonining  boshlang‘ich  bosqichida  ishlatiladi.  Chang  ushlagich 

kameralarini ko‘rib chiqamiz:

a)

changli



■ S

h

J



m W f

chang 


oddiy kamera

toalangan 

4  gaz

changli


gaz

b)

1  tozalangan 

gaz

chang 


to'siqli kamera

d)

ГП7я|яП£ЯП



gaz

/

polkali kamera



5.1-rasm.  Chang  tindirish  kameralari:

a -  oddiy kamera; b -  to'siqli  kamera;  d -  polkali  kamera;  1  -  korpus;  2 — bunkerlar; 

3 — to‘siqlar; 4 -  polka.

Sharsimon  chang  zarralarining  cho‘kish  tezligi  quyidagicha 

aniqlanadi;

4-  = sl4 d : (p.-  - P g )  8 1 3Р .Л

bu yerda,  и _  —  zarralarning cho‘kish tezligi, m/sek;  dp— zarra diametri, m; 

Pz— 

zarra zichligi, kg/m1; 



Pg—  gaz zichligi, kg/m1;  g — erkin tushish tezlanishi, m/sek2; 

zarraning qaishilik koeffitsienti.

Gazlarni  samarali  tozalanishini  amalga  oshirish  uchun  zarralar 

kamera ichida ko‘proq ushlab turilishi lozim.

• 

34

www.ziyouz.com kutubxonasi



Stoks  qonunining qo‘llanishiga  binoan  ko‘p  polkali  kameradagi 

zarralarning minimal diametri quyidagi  formula orqali aniqlanadi:

d  =   ф  M '

g

H

c

,  / [(p.- -  Ps )gBL]

ram


bu yerda,  V* —  gazning hajmiy sarfi,m ’/m ; 

H-  qovushqoqlikning dinamik 

koeffitsienti,  Pa.s; V va  L —  kameraning eni va  uzunligi,  m.

Kichik zarralar bir lahzada o‘zining tezligini  yo‘qotadi,  shuning 

uchun  vy  — o‘rtacha tezlikni 



u2

 — cho‘kish tezligiga  teng deb qabul 

qilish  mumkin.



5.2-rasm.  Inersion  chang  nshlagichlar:

a — to'siqli; b — gaz oqim ini asta-sekin burish bilan;  d  — kengayadigan  konusli.

Bunday  chang  ushlagichlarda  gaz  oqimi  yo‘nalishi  keskin 

o‘zgartirilganda gaz tarkibidagi chang zarrasi inersiya bo‘yicha o‘z ha- 

rakatini  davom  ettiradi  va  to ‘siqqa  uriladi,  shunda  chang  zarralari 

pastga  qarab yo‘naladi.  Gazning tezligi  1 m/sek.  Chang zarrasining 

razmeri 25 — 30 mkm bo‘lganda ushlab qolish darajasi  65 — 80% ni 

tashkil qiladi.

Bunday chang  ushlagichlar  qora va rangli metall korxonalarida 

keng qo‘llaniladi.  Ularning gidravlik qarshiligi  150 — 390 Pa ga teng.



Siklonlar.  Siklon apparatlari sanoatda eng keng tarqalgan tozalash 

apparatlaridandir.  Ular quyidagi qulayliklaiga ega:

1. Apparatda harakatlanuvchi qismlarning yo‘qligi;

35

www.ziyouz.com kutubxonasi



2. Apparatni yuqori 500°C  haroratda ham ishiatish  mumkinligi;

3.  Ichki  qismlarni  maxsus  qoplama  bilan  himoyalangan  holda 

abraziv  xususiyatli  chang  zarrali  gazlarni  tozalash  mumkinligi;

4.  Changni quruq holda tozalash mumkinligi;

5.  Apparatni doim bir xil gidravlik qarshilikka egaligi;

6.  Gazlarni yuqori bosimda ham tozalash imkoniyati borligi;

tozalangan. 

gaz


tozalangan  1

changli


gaz

b)

№ 



h

1

Y



chang

tozalangan 

gaz

changli


gaz

chang


tozalangan

7

.



e)

changli


g a z

chang


5.3-rasm.  Siklonlarning  asosiy  turlari:

a  — spiralsimon;  b  -   tangensial;  d  -   vintsimon;  e,  f — o ‘qqa  yo'nalgan

(rozetkali).

36

www.ziyouz.com kutubxonasi



7.  Apparatni tayyorlashda sodda konstruksiyaga egaligi;

8.  Turli fraksiyadagi chang zarralarini tozalash mumkinligi.

Kamchiligi:

1. Yuqori gidravlik qarshilikka egaligi:  1250-1500 Pa;

2. Chang zarrasining razmeri 5 mkm dan kichik boMganda tozalashni 

olib borishning  qiyinligi;

3.  Yopishqoq  xususiyatli  changli  gazlarni  tozalash  imkoniyati 

yo'qligi.

Siklonlaming  asosiy konstruksiyalari  quyida  keltirilgan:  siklonga 

gazni  berish  usuliga  qarab  ular  spiralsimon,  tangensial,  vintsimon 

va  o‘qqa  yo'nalgan  ko‘rinishda  gaz  berish  siklonlariga  bo'linadi. 

Bulaming  ichida  o'qqa  yo'nalgan  ko‘rinishda  gaz  berish  rejimida 

ishlovchi siklonlaming tozalash samarasi yuqori emas, lekin gidravlik 

qarshiligi kamroq.  Sanoatda keng qoMlaniladigan siklonlar turkumiga 

spiral ko'rinishda gaz berish rejimida ishlovchi siklonlar kiradi.  Lekin 

amalda hammasi ham bir xil darajada ishlatilishi mumkin.

Siklonning  ishlash  p rin sip i  quyidagi  chizm ada  (5.4-rasm )

5.4-rasm.  Siklonda  gaz  harakati:

1  — changh gaz  kiruvchi  trubka;  2  — chiqaruvchi  trubka;  3  — silindrik kamera; 

4  -   konussimon  kamera;  5  -   chang tindirish  kamerasi.

37

www.ziyouz.com kutubxonasi



keltirilgan.  Gaz siklonning ichida aylanraa harakat qilib,  yuqoridan 

pastga  qarab  yo‘naladi.  Bunda  gaz  tarkibidagi  chang  zarralari 

markazdan  qochma  kuch  ta ’sirida  chetga  qarab  otiladi  va  apparat 

devoriga urilib siklonning konus qismidan og‘irlik kuchi ta’sirida pastga 

qarab harakat qiladi.

Chang zarralarini ushlab qolish  samarasi gazning tezligiga to‘g‘ri 

proporsional, diametriga esa teskari proporsionaldir. Siklonda jarayonni 

yuqori tezlikda va uncha katta bo‘lmagan diametrda olib borish maqsadga 

muvofiq.  Lekin tezlikni oshirib borish tozalash jarayonida gaz bilan 

mayda zarralami chiqib ketishiga sababchi bo‘ladi. Shuning uchun, 

tozalash  samarasini  oshirish  uchun  apparat  diametrini  qisqartirish 

samaraliroq hisoblanadi.  Siklonning balandligi va diametrining optimal 

nisbati  H /D ts =  2  — 3 ga teng.

Sanoatda  siklonlarni  yuqori  samarali  va  yuqori  unumli  xillariga 

ajratish  qabul  qilingan.  Birinchi  tipdagi  siklonlarning  ishlashi 

samarali, lekin jarayonni amalga oshirish katta xarajatlami talab etadi, 

ikkinchi  ti pdagi  siklonlarning  gidravlik  qarshiligi  kamroq,  lekin 

tozalash jarayonida mayda zarralar yaxshi ushlanib qolmaydi.

Amalda  silindrik  (silindr  qismi  uzunroq)  va  konussimon  (konus 

qismi  uzunroq)  N IIOGaz  siklonlari  keng  qo‘llaniladi.  Silindrik 

siklonlar  yuqori  unumli,  konussimonlari  esa  yuqori  samarali 

hisoblanadi. Silindrik siklonlarning diametri 2000 mm, konussimon 

siklonlarning  diametri  3000  mm  dan  oshmaydi.

Siklonlarning gidravlik qarshiligi quyidagi formula orqali aniqlanadi:



АР  = 1 $ Р „ /2

bu  yerda,  Ug   —  apparatning  ixtiyoriy kesimidagi  gazning tezligi,  m /s;  4S  — 

qarshilik koeffitsienti.

Qarshilik koeffitsienti quyidagicha aniqlanadi:

£   =0,00513K fy b /D 2TR

bu  yerda,  K,  —  koeffitsient,  tangensial  ko‘rimshda  gaz  kiritilsa  16  ga,  o ‘qqa 

yo'nalgan  ko'rinishda  berilsa  7,5  ga teng bo'ladi;  h,  va b gaz kirish  patrubkasining 

razmerlari;  D lr  —  tozalangan  gazni  chiqib  ketish  trubasining  diametri.



Siklonlar  guruhi.  Katta  miqdordagi  gazlar  tozalanishi  lozim 

bo‘lganda  bir  qancha  siklonlarni  birlashtirish  mumkin.  Bunda

38

www.ziyouz.com kutubxonasi



siklonning  diametrini  oshirmasdan,  uning  o‘rniga  qator  siklonlar 

guruhi  ishlatiladi.  Bunda  tozalanishi  lozim  bo'lgan  gaz  umumiy 

kollektor orqali kiradi, keyin apparat ichiga joylashtirilgan siklonlar 

elementlariga  taqsimlanadi.

Xuddi  shu prinsipda batareyali  siklonlar ham ishlaydi.

a-  batareyali  siklon  sxemasi:  1-korpus;  2-taqsimlash  kamerasi;  3-reshotka;

4-siklon elementi.  b-vintsim on siklon elementi.

Siklon  elementlarining  diametri  kichik  bo'ladi.  Bundan  asosiy 

maqsad  tozalash  samarasini  oshirishdir.  Siklon elementining diametri 

100,  150 yoki  250  mm bo‘ladi.  Siklon elementlarida gazning tezligi  3,5 

dan 4,75 m/s, to‘g‘ri oqimli siklon elementida esa  11  dan  13 m/s gacha 

bo'ladi.


Sanoatda  shu  bilan  bir  qatorda  uyurmali  changyutgichlar  ham 

qo'llaniladi.  Ushbu  changyutgichda  siklondan  farqli  ravishda  gaz 

oqimini aylantirib beruvchi qo‘shimcha moslamasi bo‘ladi. Apparatda 

markazdan qochma kuch ta ’sirida chang zarralari devorga uriladi va 

ikkilamchi havo yordamida pastga qarab yo‘naladi. Ikkilamchi havo 

sifatida atmosfera havosi yoki changli gaz ishlatilishi mumkin. Changli 

gaz  ishlatilganda  apparatning  ish  unumi  40  —  65%  ga ko‘tariladi. 

Siklonga  o‘xshab  uyurmali  changyutgichlarda  ham  apparatning 

diametri oshishi  bilan samaradorligi  kamayadi.

39

www.ziyouz.com kutubxonasi



NIIOGaz  siklonlarini  hisoblash  uchun  quyidagi  boshlang'ich 

ma’lumotlar  zarur:

—  ish  sharoitida tozalanuvchi gazning  miqdori  —  VG  (m3/s).

—  ish  sharoitida gaz  zichligi,   ,  kg/m 3;

— ish temperaturasida gazning dinamik  qovushqoqligi,  m, P as;

— changning dispers tarkibi, dm va lg

(dm —  median diametr,  lg cr4  —  standart lgd dan chetga chiqish);

—  gazning  changlanganligi, 

,  g/m 3;

—  zarraning zichligi,  Pg  ,kg/m3;

—  gazni  talab  etilgan  tozalash  darajasi,  r/  .

Siklonlaming konstruksiyasi quyidagi tartibda hisoblanadi: 

l.Siklon  tipi jadvalgamuvofiq  tanlangandan  keyin  apparatdagi

gazning optimal tezligi  со opt  tanlanadi:

2. Siklonning kerakli kesma yuzasi aniqlanadi (m2):

Hisob bo'yicha aniqlangan siklonning diametri quyidagi tartibda 

yaxlitlanadi:  200,  300,  400,  500,  600,  700,  800,  900,  1000,  1200, 

1400,  1600,  1800,  2000,  2400,  3000  mm.

4.  Siklondagi gazning haqiqiy tezligi hisoblanadi:

5. 


Siklonni  yoki  siklonlar  guruhining  gidravlik  qarshiliklari 

aniqlanadi:

hu yerda:  ^ 500 —  diametri  500 bo'lgan bitta

siklonning gidravlik qarshiligi  (spravochnik jadvalidan olinadi);

K,  —  siklon  diam etriga  bog'liq  to ‘g‘rilovchi  koeffitsient 

(spravochnik jadvalidan olinadi);

(

1

)



(

2

)

(3)



(4)

40

www.ziyouz.com kutubxonasi



К2  —  gazni  changlanganligiga  bog'liq  to'g'rilovchi  koeffitsient 

(spravochnik jadvalidan olinadi);

K3  —  siklonlarni  guruh  qilib  joylashtirilganda  bosim ning 

kamayishini  to'g'rilovchi  koeffitsient  (1  ta  siklon  uchun  K3=0  ga 

teng)  kitobdan  olinadi. 

4

Siklondagi bosimning kamayishi quyidagicha hisoblanadi (Pa da)



A p   miqdori  to ‘g‘ri  bo'lsa,  siklondagi  gazning  to'liq  tozalash  koeffitsienti 

aniqlanadi.

50 %  ushlab qolinadigan zarra diametri quyidagicha hisoblanadi:

bu  yerda:  T  —  indeksi  siklonni  standart  ishlash  sharoitini  ko'rsatadi.

X — parametri formula yordamida aniqlanadi:

y _  H dJ d™) 

(7)

'  


l g 2 £ 7 , + l g 2 C7r

Taqsimlash  F(x)  funksiyasi  jadvaldan  olinadi  va  gazni  to'liq 

tozalash  koeffitsienti  aniqlanadi:

Siklonlarni  o 'rn atish d a  gazlardagi  changning  boshlang'ich 

konsentratsiyasi  e ’tihorga  olinadi.  Ruxsat  beriladigan  gazning 

changlanganligi  siklonning  diametriga  bog'liq  bo'lib,  quyidagi 

ko'rinishga ega bo'ladi:  (qisman yopishuvchi changlar uchun)

Siklon  diametri,  mm  da:  800,  600,  500,  400,  300,  200,  100 

Zarraning  ruxsat berilgan

konsentratsiyasi, kg/m 3: 

2,5  2,0  1,5 

1,2  1,0  0,8  0,6 

O'rta yopishuvchi changlar uchun zarraning konsentratsiyasi gazda 

4 marta kam bo'lishi, yopishuvchi changlar uchun esa 8 —  10 marta

(5)

(

6



)

/7p = 5 0 [ l   +  F ( x ) ]

(

8



)

41

www.ziyouz.com kutubxonasi



kam  bo'lishi  zarur.  Silindrik  siklonda  bunker  diametri  Db= l,5   D, 

konussimon siklonda Db= 1,1 -1,2 D, balandligi esa 0,8D bo'lishi kerak. 

Bunkeming  tubidagi  devoming  og‘ish  burchagi  GOST  1260-67 

bo‘yicha 60° bo'lishi kerak.



Dinamik changyutgichlar.  Gazlarni changdan tozalash markazdan 

qochma kuch va Koriolis kuchlari hisobiga amalga oshiriladi. Bunda 

ushbu kuch so'rish-tortish moslamasining ishchi g'ildiragi  aylanishi 

natijasida vujudga  keladi.  Dinamik changyutgich apparatlari  oddiy 

ventilatorlarga qaraganda ko‘p energiya sarf qiladi.

Quyidagi jadvalda quruq mexanik changyutgichlaming xarakterli 

parametriari keltirilgan:

C h a n g y u tg ic h

tipi

M ak sim al  Ish 

u n um i,  m ^ /s o a t

Turli  r a zm eid a g i 

zarralam i  u s h la b  

g o lis h  

sam aradorligi.%

G id ravlik  

qa rsh iiik ,  Pa

G azlar 

h a r o r a tin in g  

yu q o ri 

c h e g a r a s i,  °C

T in d iris h

k a m e ra si

vr*


8 0 -9 0  

(50  m km )

5 0 -1 3 0

3 5 0 -5 5 0

S ik lo n

85000


5 0 -8 0  

(10  m km )

2 5 0 -1 5 0 0

3 5 0 -5 5 0

U y u rm ali

c h a n q y u tq ic h

30000

90(2  m k m )



2000  g a c h a

2 5 0  g a c h a

B atarey ali

s ik lo n

170000

90(5  m km )



7 5 0 -1 5 0 0

3 5 0 -5 5 0

In ersio n

c h a n q y u tq ic h

127000

90(2  m km )



7 5 0 -1 5 0 0

400  g a c h a

D in a m ik

c h a n g y u tg ic h

42000

90 (mkm )



7 5 0-1500

400  g a c h a



*  o 'rn a sb tirlia d ig a n   m a y d o n n in g   lm k o n iy a tid a n   k e lib   c b lq ib   V G  a n iq la n a d i.

Nazorat uchun savollar:

1. Mexanik  quruq chang ushlagichlarda tozalash qanday so'ndirish 

mexanizmlari asosida olib boriladi?

2.  Chang tindirish kameralarining qanday ko'rinishlari mavjud?

3. Inersion changyutgich kameralarining ishlash mexanizmi qanday?

4.  Siklonlar qanday kuch asosida chang zarralarini ajratadi?

5. Siklonlar qanday afzalliklarga va kamchiliklarga ega?

6. Siklonlaming qanday turlari mavjud?

7. Siklonda gaz harakati qanday traektoriyaga ega?

8.  Siklonlar guruhi qanday ishlaydi?

9. Siklonning konstruksiyasi qanday hisoblanadi?

10.  Uyurmali  va dinamik changyutgichlaming ishlash  prinsipi 

qanday?

42

www.ziyouz.com kutubxonasi



Gazlarni  filtrlarda tozalash

Ushbu apparatlarda changli gazni tozalash jarayoni tozalanuvchi 

gazni g‘ovaksimon  materialdan o‘tkazish va bunda gaz o‘tib ketib, 

uning tarkibidagi chang zarralari esa materialda ushlanib qolinishiga 

asoslangandir.  Filtr  materiallari  turli  strukturaga  ega  bo‘lib,  ular 

asosan quyidagi turlarga bo‘linadi:

1)  G'ovaksimon  egiluvchan  to'siqlar:

— 

tabiiy,  sintetik  yoki  mineral  tolalardan  to ‘qilgan  matolar; 



to ‘qilmagan  tolali  materialdan  tayyorlangan  —  kigizlar,  qog'ozlar, 

kartonlar, tolali bordonlar, tolali о ‘ramlar; sergbvak listlar —g ‘alvirak 

rezina, penopoliuretan,  membranali filtrlar.

2) Yarim qattiq g'ovaksimon to‘siqlar.

— tayanch moslamalarga yoki ikki tayanch orasiga siqilgan tolalar, 

qirindilar qatlami,  to ‘qilgan setkalar.

3)  Qattiq  g'ovaksimon  to ‘siqlar:

—  donasimon  materiallar  —  keramika,  plastmassa,  presslangan 

yoki  yaxlitlangan  metall  poroshoklari,  g ‘ovaksimon  shishalar  yoki 

plastmassalar,  uglegrafit  materiallari  va  shu  kabilar;  tolasimon 

materiallar  —  metall  va  shisha  tolalardan  shakllangan  qatlamlar, 

metall setkalar,  teshilgan  listlar.

Gazlarni  tozalash  jarayonida  chang  zarralari  filtr  materialiga 

yaqinlashadi  va  u  bilan  to ‘qnashadi.  Shunda  chang  zarralari 

materialning g'ovakliklarida  ushlanib  qoladi,  gaz  esa  o‘tib  ketadi. 

Tozalash jarayoni  davomida zarralar qatlami qalinlashib boradi va 

qalinlashgan zarralar qatlamining o‘zi ham filtrlash jarayoniga ijobiy 

ta’sir ko‘rsatadi.  Qatlam  qalinlashgan sari  filtming qarshiligi  ortib 

boradi, ya’ni havoning o‘tishi qiyinlashadi. Buning natijasida filtming 

g‘ovakligi  kamayib,  uning  qarshiligi  ortib  boradi.  Shunda  uni 

almashtirish yoki regeneratsiya qilish lozim bo‘ladi.

Filtrlar qaysi  maqsadda ishlatilishiga,  hamda gazlarni chiqish va 

kirish konsentratsiyasiga qarab, ularshartli ravishda 3 sinfga bo'linadi:



1. 

Chuqur  tozalovchi  filtrlar  (yuqori  samaradorli  yoki  absolut 

filtrlar), ulaming tozalash darajasi 99% ni tashkil etadi. Tozalanuvchi 

gaz konsentratsiyasi —  lm g/m 3 dan yuqori bo'lmasligi lozim. Bunday 

filtrlar  ishlab  chiqarishda  ajralib  chiquvchi  o‘ta  zaharli  zarralami

43

www.ziyouz.com kutubxonasi



tozalashda  ishlatiladi,  shuning  uchun  filtrlar  ishlatilgandan  so‘ng 

regeneratsiya (qayta tiklanmaydi) qilinmaydi.



2. Havo ffltrlari — ventilatsiya (shamollatish)  va  sovitish tizimlarida 

qo‘llanadi.  Filtrlash jarayoni gaz tezligi yuqori — 2,5 —  3 m/sek va 

tozalanuvchi  gaz  konsentratsiyasi  —  50  m g/m 3  gacha  boMganda 

qo'llaniladi.  Filtrlar ishlatilgandan so‘ng regeneratsiya qilinishi yoki 

qilinmasligi  mumkin.

3.  Sanoat filtrlari -  sanoatda ko'plab ajraluvchi changli gazlarni 

tozalashda va changlaming konsentratsiyasi — 60 g/m3  gacha  bo'lganda 

ishlatiladi.  Filtrlar ishlatilgandan keyin regeneratsiya qilinadi.

Matoli  filtrlar.  Sanoatda bunday filtrlar keng tarqalgan.  Keyingi 

paytda yuqori haroratga va agressiv muhitga chidamli matolaming 

yaratilishi bunday filtrlami ishlatish imkonini oshirmoqda.  Eng ko'p 

ishlatiladigan filtrlarga yengsimon filtrlar kiradi (5.6-rasm).  Ushbu 

filtr korpusi  metall  shkaf ko'rinishida  ishlangan bo'lib,  ichki qismi 

vertikal  to'siqlar  bilan  ajratilgan  seksiyalardan  iborat.  H ar  bir 

seksiyada  yengsimon  filtrlar  majmuasi joylashtirilgan.  Filtrlaming 

yuqori qismi qisilgan bo'lib, maxsus ramaga osilgan. Rama silkituvchi 

mexanizmga ulangan. Yengsimon filtming pastki qismida chang yig'ish 

bunkeri  joylashtirilgan.  Filtrlarda  changning  to'planishiga  qarab 

silkitish navbatma navbat har bir seksiyada alohida o'tkaziladi. Ajralgan 

changlar  bunkeming  pastki  qismidan  shnek  yordamida  chiqarib 

yuboriladi.

www.ziyouz.com kutubxonasi



Matoli  flltrlarda  ikki  xil  ko‘rinishdagi  filtrlash  m ateriallari 

qo‘llaniladi.  Ularga to‘qish stanogida oddiy materialdan  tayyorlangan 

filtrlar va mexanik aralashtirish, presslash,  nina bilan teshish  orqali 

olinadigan kigizlar,  namatlar  kiradi. Oddiy filtrlash  matolarida i plar 

orasidagi o‘tadigan teshikchalar razmeri  100-200 mkm gacha bo'ladi.

Bunday filtrlash matolariga  quyidagi  talablar qo‘yiladi:



1.  Filtratsiyada yuqori  chang yutish  hajmiga  va  regeneratsiyadan 

keyin ham chang zarralarini  yutish bo ‘yicha yetarli darajada samaraga 

ega bo ‘lishi.

2.  Yuqori  changlangan  holatda  ham  havoni  yaxshi  o ‘tkazish 

qobiliyatini saqlashi.

3.  Gazlarda  agressiv muhit va  namlik yuqori  bo ‘Iganda,  yeyilish, 

egilish  holatlarida ham mexanik chidamlilikka va barqarorlikka ega 

bo ‘lishi.

4. Ushlab  qolingan  chang  za rra la rin i  oson  k e tk a tis h  

(regeneratsiyalash) imkoni bo‘lishi.

5.  Ishlatiladigan filtr materiali qimmat bo ‘Imasligi  lozim.

Ishlatiladigan  filtr  materiallari  yuqorida  keltirilgan  talablaming

barchasiga javob bermasligi mumkin.  Shuning uchun filtr materialini 

tanlayotganda  tozalash  jarayoniga  qo‘yilgan  talablar  va  jarayon 

muhitlari  e’tiborga  olinadi.  Masalan,  paxta  tolasidan  tayyorlangan 

filtrlar  yaxshi  filtrlash  qobiliyatiga  ega,  narxi  ham  arzon,  lekin 

kimyoviy va termik barqarorligi  past,  yonuvchan hamda  namlikka 

chidamsiz. Jun materialidan tayyorlangan filtrlar ham yuqori filtrlash 

xususiyatiga  ega,  havoni  yaxshi  o‘tkazadi,  lekin  kislotali  muhitga 

chidamsiz,  yuqori  haroratda  mo‘rt  bo‘hb  qoladi,  narxi  ham  paxta 

tolasidan  tayyorlanganiga  nisbatan  qimmatroq.  Sintetik  tolalardan 

tayyoriangan filtrlar turli muhitlarga o‘zining barqarorligi tufayli tabiiy 

tolalardan tayyorlangan filtr materiallaridan ustun turadi.  Ular ichida 

nitron, lavsan tolalaridan tayyorlangan filtr materiallari  120 —  150°C 

haroratga, kislotali muhitlarga  chidamli, lekin ishqoriy muhitda uning 

barqarorligi  keskin tushib  ketadi.

Toza filtr materiallarining aerodinamik xossalari havoni yaxshi o‘tkazish 

qobiliyati  orqali  belgilanadi,  ya’ni  ma’lum  bosim  farqida  ( д p )   havo 

sarfi, odatda 49 Pa ga teng boladi. Havo o‘tkazuvchanligi m3/(m 2. min) da 

ifodalanib,  AP =49  Pa da filtratsiya  tezligiga  (m/minda)  son jihatdan

45

www.ziyouz.com kutubxonasi



teng bo‘ladi. Changlanmagan filtr materiallarining havo o'tkazuvchanligji^

0,3 — 2 m3/(m 2. min) da qarshiligi  AP =5 — 40 Pa ga teng bo‘ladi.

Changlanish  oshgan  sari  materiallarning  aerodinamik  qarshiligi 

oshib boradi, filtr orqali havoning sarfi esa kamayadi. Filtr materiallari 

teskari yo'nalishda  havo yordamida  puflash,  mexanik silkitish  yoki 

boshqa usullar yordamida regeneratsiya qilinadi. Bir necha filtratsiya- 

regeneratsiya sikllaridan keyin filtr materialida qoldiq chang zarrasi 

stabillashib  o‘mashib  qoladi.  Ushbu  qoldiq  miqdor  materialning 

muvozanat  chang  m iqdori  —  q  (k g /m 2  da)  va  changlangan

materialning qoldiq qarshiligiga  —  AP muvofiqdir. Bu kattaliklaming 

mohiyati filtrlash  materialining tipiga,  chang zarralarini razmeriga 

va xossalariga bog'liqdir.




Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   46


Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2017
ma'muriyatiga murojaat qiling