M. O’. Sariboyeva jahon va turkiy xalqlar adabiyoti o’quv-uslubiy majmua Guliston- 2017


Download 342.12 Kb.
bet20/68
Sana03.11.2023
Hajmi342.12 Kb.
#1742103
TuriУчебное пособие
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   68
Bog'liq
Жалолидин Румий-fayllar.org

Fanning maqsadi. Turkiy xalqlar adabiyoti taraqqiyoti va shakllanish bosqichlari, adiblarning Turkiy xalqlar adabiyotiga qo’shgan hissalari va talabalar ma’naviyatini shakllantirishdagi ahamiyati hamda ushbu asarlarni tahlillab, adiblarning hayoti bilan tanishtirish, ularni o’rganish asnosida talabalarda milliy iftixor tuyg’usini shakllantirish.
Fanni o’qitishning vazifalari. Mazkur fanni ta’limning zamonaviy talablari darajasida o’rganish, talabalarni o’zbek adabiyotining, xususan, Turkiy xalqlar adabiyotining o’ziga xos tomonlari bilan tanishtirish va ularning intellektual salohiyati va ma’naviyatini o’stirish.
Shaxsga yo’naltirilgan ta’lim. O’z mohiyatiga ko’ra ta’lim jarayonining barcha ishtirokchilarini to’laqonli rivojlanishlarini ko’zda tutadi. Bu esa ta’limni loyihalashtirilayotganda, albatta, ma’lum bir ta’lim oluvchining shaxsini emas, avvalo, kelgusidagi mutaxassislik faoliyati bilan bog’liq o’qish maqsadlaridan kelib chiqqan holda yondoshishga e’tibor qaratishni amalga oshiradi. Har bir talabaning shaxs sifatida kasbiy takomillashuvini ta’minlaydi. Ta’limning markaziga bilim oluvchi qo’yiladi.
Tizimli yondoshuv. Ta’lim texnologiyasi tizimning barcha belgilarini o’zida mujassam etmog’i lozim: jarayonning mantiqiyligi, uning barcha bo’g’inlarini o’zaro bog’langanligi, yaxlitligi bilim olish va kasb egallashning mukammal bo’lishiga hissa qo’shadi.
Faoliyatga yo’naltirilgan yondashuv. Shaxsning jarayonli sifatlarini shakllantirishga, ta’lim oluvchining faoliyatini jadallashtirish va intensivlashtirish, o’quv jarayonida barcha qobiliyat va imkoniyatlarni, tashabbuskorlikni ochishga yo’naltirilgan ta’limni ifodalaydi. Egallangan bilimlarning ko’nikma va malakaga aylanishi, amaliyotda tatbiq etilishiga sharoit yaratadi.
Dialogik yondashuv. Bu yondoshuv o’quv jarayoni ishtirokchilarining psixologik birligi va o’zaro munosabatlarini yaratish zaruriyatini bildiradi. Uning natijasida shaxsning o’z-o’zini faollashtirishi va o’z-o’zini ko’rsata olishi kabi ijodiy faoliyati kuchayadi. O’qituvchi va talabaning hamkorlikdagi ta’limiy faoliyat yuritishiga zamin yaratadi.

Download 342.12 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   68




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling