M porsaev, B. Sh. Safarov, D. Q. Usmanova raqamliiqtisodiyot asoslari


Xorijiy ishlab chiqarish korxonalari


Download 1.59 Mb.
bet65/138
Sana29.03.2023
Hajmi1.59 Mb.
#1306044
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   138
Bog'liq
raqam

Xorijiy ishlab chiqarish korxonalari. Oldingi holatda bo‘lgani kabi, ushbu kompaniyalar sanoat uskunalarini ishlab chiqaradilar, subpudratchilar va yetkazib beruvchilar sifatida ishtirok etishlari mumkin, ammo bozorda ko‘pincha vositachilar - distribyutorlar orqali ishlaydi.

G2C modeli ( Government - to -Consumer,Hukumat - Iste’molchiga )
Ushbu model davlat organlari va iste’molchilarning o‘zaro munosabatlarini o‘z ichiga oladi. Masalan: soliq sohasi.
G2C (hukumat - fuqarolar uchun) - elektron xizmatlardan foydalanish orqali hukumat va fuqarolar o‘rtasidagi munosabatlar kategoriyasi.
Ushbu xizmatlar orqali:

  • soliqlarni, litsenziyalarni, chiptalarni, pasportlarni, jarima- larni to‘lash;

  • ruxsat berish uchun qurilish rejasini yuborish;

  • har qanday tadbirlarga, loyihalarga homiylik qilish uchun ro‘yxatdan o‘tish;

  • oldindan to‘ldirilgan shakllarni olish;

  • fuqaro soliq va yig‘imlar to‘laydigan har qanday obyektlarning holati to‘g‘risida hisobot va hokazo.

Ushbu aloqalar sof tijorat emas, chunki G2C toifasiga axbo­rot xizmatlari ham kiradi, masalan, bunday xizmatlar orqali :

  • Ochiq yig‘ilishlar, tadbirlar o‘tkaziladigan joylar va kun tartibi to‘g‘risida ma’lumot olish;

  • davlat ta’lim muassasalari to‘g‘risida;

  • ma’lumot, masalan, sayyohlik hududlari va boshqalar.

G2G modeli ( Government - to - Government, Hukumat -
Hukumatga )
Bunday o‘zaro aloqa, avvalambor, davlat hokimiyatida el­ektron hujjat aylanishini tashkil qilishni o‘z ichiga oladi.
Bu vazifalar :

  1. Texnik yoki texnologik yordam ko‘rinishda:

  • Barcha hukumat organlarini axborot-kommunikatsion texnologiyalari (AKT) bilan mahalliy elektron tarmog‘iga ulanish;

  • Hukumat axborot-telekommunikatsiya tizimlarda interfaol- likni ta’minlash;

  • Davlat kompyuter axborot tizimlarida o‘zaro ta’sirni ta’ minlash;

  • Axborot jarayonlari va protseduralarini maksimal darajada birlashtirish;

  • Har doim va barcha organlar tomonidan elektron hujjat aylanishining qonuniy vositasi sifatida elektron raqamli imzolarni ishlatish;

  • To‘plangan ma’lumotlarni yig‘ish, qayta ishlash va saqlash uchun mavjud tizimlardan maksimal darajada foydalanish;

  • Axborotni himoya qilish choralari, filtrlash usullari va che­klangan kirish huquqiga ega qonunga muvofiq tan olingan ma’ lumotlarning tarqalishini oldini olish.

II . Huquqiy ta’minot
Elektron hujjat va elektron hujjat aylanishi, shuningdek, el­ektron raqamli imzo to‘g‘risidagi qonunlarni amalga oshirish uchun zarur normativ-huquqiy hujjatlarni qabul qilish;
III. Kadr ta’minoti
Davlat xizmatchilarning va mahalliy boshqaruv organlarning xodimlarning kompyuter savodxonligi va bilimdonligini oshirish, biznes -tuzilmalar va aholiga xizmat ko‘rsatish jarayonida qo‘llash uchun axborot - kommunikatsiya texnologiyalari (AKT) qo‘llashda ichki motivatsiyani shakllantirish.
C2B modeli (Iste’molchidan- Biznesga)
C2B modeli (Consumer-to-Business, Iste’molchidan- Biznesga).
Bu iste’molchiga kompaniyalar tomonidan taklif etilayotgan turli xil tovarlar va xizmatlarning narxini mustaqil ravishda bel- gilash imkoniyatini beradi. Elektron tijoratning ushbu turi qol- ganlarga nisbatan eng kam rivojlangan. Bunga amerikalik www.priceline.com kompaniyasi misol bo‘lib, u o‘z mi- joziga mahsulot yoki xizmatni sotib olishni istagan narxini aytib berishga imkon beradi. Shunday qilib, talab shakllangan bo‘lib, bu talab qilingan narx bo‘yicha savdo qilish degani emas. So- tuvchi joriy talablar ma’lumotlarini ishlatgan holda yakuniy qarorni qabul qiladi.
C2B web-sayti xaridorlarning takliflari asosida shakllantiril- gan narx bo‘yicha sotuvchini qidirib topishda vositachilikqiladi.
C2C modeli (Iste’molchi - Iste’molchiga)
C2C (Consumer-to-Consumer,Iste’molchidan -
Iste’molchiga) - bu oxirgi iste’molchi bilan xaridor o‘rtasidagi el­ektron tijorat ketma-ketligini bildiradi va bunda sotuvchi va xari­dor yuridik jihatdan tadbirkorlar bo‘lmaydi.
C2C modelining mohiyati iste’molchilar - jismoniy shaxslar o‘rtasida tovarlar va xizmatlarni sotishdir. Bunday holda, sayt xaridor va sotuvchi o‘rtasida vositachi vazifasini bajaradi .
Vositachi tovarlarni qabul qilish kafolati emas, lekin ba’zi hollarda nizolarni hal qilishga ta’sir qilishi mumkin. Vositachi to­varlarni ilgari surishda qatnashmaydi, sotuvchi buni o‘zi qiladi.
C2C maqsadi sotuvchi va xaridor bir-birini topishga yordam, erish gisoblanadi.
C2C foydalanuvchilar uchun juda ko‘p afzalliklarga ega. Bu chakana sotuvchilar va ulgurji sotuvchilarning yo‘qligi. Yana bir omili - bu qulayligi.
Iste’molchilar do‘konda tovarlarni sotishni o‘rniga uni say- tga o‘tkazadi va C2C platformasida onlayn orqali xaridorlarni topadi.
Kerakli mahsulotni topish uchun xaridorlar C2C web-say- tida mahsulot qidirishlari kerak. Ular tovarlar sotuvidagi raqobat- dan foyda ko‘rishlari mumkin .
C2Cmodel xususiyatlaridan biri tranzit reklama xarajat­lari pastligi.
C2C biznes modellarining muvaffaqiyatli hosili EBay, Ama­zon kompaniyalari faoliyatidir. O‘zbekistonda esa bu model- ga OLX.uz misol bo‘ladi.
C2G modeli (Consumer - to - Government)
Bu biznes modeli - o‘zaro fuqarolar va davlat organlari o‘rtasidagi munosabatlarni qamrab oladi. Ular hukumatni mamla- kat aholisi uchun ochiq qilishlari va fuqarolarga hukumat hu- jjatlariga va hukumatdagi saylangan vakillarga kirish uchun mukammal vositalar bilan ta’minlashga mo‘ljallangan .
C2G elektron biznes modelio‘z ichiga elektron tijorat elementlarini, masalan, soliqlarni yig‘ish uchun, avtomobilni ro‘yxatdan o‘tkazish, patentni ro‘yxatga olish, kerakli ma’lumotni olish uchun xizmat qiladi. Natijada qog‘oz bilan ishlash haj- mi kamayadi va zarur protseduralar sezilarli darajada tezlasha- di. Ilgari fuqarolardan uzoq vaqt navbatda turish, davlat amal- dorlari bilan muloqot qilish va ko‘plab qog‘oz hujjatlarni tayyorlash va ko‘chirish talab qilgan bo‘lsa endi bir necha daqiqa vaqtni oladi. C2G elektron biznes modellari hukumat tabiatini o‘zgartirib, "elektron demokratiya» rivojlanishiga olib keladi.
Elektron tijorat bozorining biznes - modeli
Har qanday kompaniya korporativ vakolatxonasining Inter- netda mavjudligi va rivojlanishi asosida aniq biznes-mo- del bo‘ladi. Internetdagi iqtisodiy faoliyat vositalar bozori doimiy ravishda rivojlanib borayotganligi sababli, biznes modellar uchun yangi imkoniyatlar va ularni amalga oshirish yo‘nalishlari vujudga keladi.
Modelini tanlash web-vakolatxonani oldidagi maqsad va vazifalar bilan belgilanadi.
Asosiy biznes modellarni ko‘rib chiqamiz:

Download 1.59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   138




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling