M porsaev, B. Sh. Safarov, D. Q. Usmanova raqamliiqtisodiyot asoslari
Download 1.59 Mb.
|
raqam
(Qonun hujjatlari ma ’lumotlari milliy bazasi, 05.09.2018-y.,
07/18/3927/1824-son) Ilova 5 O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING QARORI RAQAMLI IQTISODIYOTNI RIVOJLANTIRISH MAQSADIDA RAQAMLI INFRATUZILMANI YANADA MODERNIZATSIYA QILISH CHORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA Keyingi vaqtda raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish bo‘yicha izchil chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda, davlat organlari va boshqa tashkilotlarda elektron hujjat almashinuvi hamda jismoniy va yuridik shaxslarga xizmat ko‘rsatish uchun elektron tijorat tizimlari bosqichma-bosqich joriy etilmoqda. Shu bilan birga, sohadagi ishlar haqiqiy ahvolining tahlili markazlashgan ma’lumotlar tizimiga integratsiyani ta’minlaydigan yagona axborot-texnologik platformaning mavjud emasligi natijasida joriy etilayotgan dasturiy hujjatlar tarqoq ekanini ko‘rsatmoqda. Raqamli iqtisodiyotni jadal rivojlantirish uchun shart- sharoitlar yaratish, davlat boshqaruvi tizimini yanada takomillash- tirish, undan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish, zamonaviy infratuzilmani qo‘llash maqsadida: Ma’lumot uchun qabul qilinsinki: O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi (keyingi o‘rinlarda — Agentlik) raqamli iqtisodiyotni joriy etish va rivojlantirish sohasida vakolatli organ hisoblanadi; raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish sohasidagi, shu jumladan, “blokcheyn” texnologiyalarini joriy etish bilan bog‘liq loyihalarni davlat-xususiy sheriklik shartlarida amalga oshirish uchun investorlarning mablag‘larini jalb etish va birlashtirish asosiy vazifalaridan biri hisoblangan davlat muassasasi shaklidagi “Raqamli ishonch” raqamli iqtisodiyotni rivojlantirishni qo‘llab- quvvatlash jamg‘armasi (keyingi o‘rinlarda — Jamg‘arma) tashkil etilgan. O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (keyingi o‘rinlarda Vazirlik), Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, Agentlik, Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Davlat soliq qo‘mitasining “Universal Mobile Systems” MChJ (keyingi o‘rinlarda — operator) ustav kapitalidagi davlat ulushini 100 foiz miqdorda Jamg‘armaga beg‘araz asosda topshirish to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berilsin. Belgilab qo‘yilsinki: Jamg‘arma tomonidan ushbu qarorga muvofiq olingan mol- mulk yuridik shaxslarning foyda solig‘i bo‘yicha soliqqa tortish obyekti hisoblanmaydi; operatorning ustav kapitalidagi ushbu qarorga muvofiq topshirilayotgan ulush yuridik shaxslarning foyda solig‘iga va qo‘shilgan qiymat solig‘iga tortilmaydi. Agentlik va Jamg‘arma yuqori malakali xorijiy mutaxas- sislarni jalb etgan holda ikki oy muddatda samaradorlikning asosiy ko‘rsatkichlari (KPI) va mamlakatda raqamli iqtisodiyotni joriy etish uchun zarur texnik bazani yaratish bilan bir qatorda quyidagilarni nazarda tutuvchi 2019 —2021-yillarda “Universal Mobile Systems” MChJni rivojlantirish Konsepsiyasini (keyingi o‘rinlarda — Konsepsiya) ishlab chiqsin va tasdiqlasin: operatorning boshqaruv tizimiga, shu jumladan, mobil xizmatlar ko‘rsatish sohasida yetarli tajribaga ega malakali mutaxassislarni jalb etish orqali innovatsion menejmentni joriy etish; ichki kuch va mablag‘larni safarbar etish, telekommunikatsiya uskunalarini modernizatsiya qilish va texnologik jihatdan qayta jihozlash; O‘zbekiston Respublikasi hududini rivojlangan mamlakatlar darajasida internet global tarmog‘iga ulanish imkoniyatlari bilan imkon qadar to‘liq qoplashni bosqichma-bosqich ta’minlash; barcha davlat xizmatlarining faqatgina operatorning ma’lumotlarga ishlov berish markazlari orqali ko‘rsatilishini ta’minlash. Shunday tartib o‘rnatilsinki, unga muvofiq: operatorning ustav kapitalidagi topshirilayotgan davlat ulushini boshqarish Jamg‘arma tomonidan faqatgina Jamg‘arma Kengashi bilan kelishilgan holda amalga oshiriladi; operatorning ustav kapitalidagi davlat ulushidan olinadigan daromadlar, shuningdek, maqsadli imtiyozlar berishdan bo‘shay- digan moliyaviy mablag‘lar Konsepsiyani amalga oshirish davrida texnologik uskunalarni modernizatsiya qilish va mamlakatda raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish maqsadida Jamg‘arma hisobiga yo‘naltiriladi; Konsepsiyada nazarda tutiladigan tadbirlar operatorning o‘z mablag‘lari va Jamg‘arma mablag‘lari, jalb etiladigan qarz mablag‘lari, shuningdek, qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa mablag‘lar hisobidan moliyalashtiriladi. Operator 2021-yil 1-dekabrga qadar muddatga telekommunikatsiya sohasida faoliyatni amalga oshirishga litsenziya berish uchun davlat boji, radiochastotalar spektridan foydalanish uchun to‘lov, shuningdek, radioelektron vositalardan foydalanish uchun ekspluatatsiya yig‘imi to‘lashdan ozod etilsin. Operatorga: faqat o‘z tijorat ehtiyojlari uchun, boshqa operator va provayderlarga ovozli telefoniya va internet trafigi xalqaro kanallarini tashkil etish bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatish huquqisiz xalqaro telekommunikatsiya tarmoqlariga (ma’lumotlar va ovoz uzatish tarmoqlariga), shu jumladan, “IP-telefoniya” texnologiyasidan foydalangan holda to‘g‘ridan to‘g‘riulanish; zimmasiga yuklatilgan vazifalarni sifatli bajarish maqsadida Jamg‘arma bilan kelishilgan holda shartnoma asosida mustaqil xorijiy, milliy konsultant va ekspertlarni jalb etish huquqi berilsin. Belgilab qo‘yilsinki, Xizmatchilarning asosiy lavozimlari va ishchilar kasblari klassifikatori ishga qabul qilishda xodimlar ma’lumotining eng past darajasi, ishchilar kasblari bo‘yicha malaka razryadlarini belgilash yuzasidan tegishli yo‘nalishda xorijiy oliy ta’lim muassasalarini tamomlagan mutaxassislarga nisbatan qo‘llanishi, istisno tariqasida, tavsiyaviy xarakterga ega. Vazirlikning Toshkent shahar, Mirobod tumani, Nukus ko‘chasi, 22-uy manzilida joylashgan binosi operatorni joylashtirish uchun xo‘jalik yurituvi huquqi asosida Agentlikka topshirilsin. Agentlik manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan o‘zgartish va qo‘shimchalar to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi direktorining birinchi o‘rinbosari D.R. Li zimmasiga yuklansin. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV Toshkent sh., 2018-yil 21-noyabr, PQ-4022-son Download 1.59 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling