Birinchi biznes modeli "meyoriy nazorat"dir. Tartibga soluvchi tashkilotlarning talablariga rioya qilish biznesni amalga oshirishning zaruriy shartidir, ammo ular sezilarli xarajatlarga qaramasdan kompaniyalarga to4g‘ridan-to4g‘ri iqtisodiy foyda keltirmaydi. Ushbu vaziyatdan kelib chiqib IoT ushbu sohada xa- rajatlarni kamaytirish uchun ulkan imkoniyatlarga ega.
Ikkinchi biznes modeli - bu "profilaktika nazora- ti": IoTlar favqulodda vaziyatlarning zaruriy sabablarini o‘z vaqti- da aniqlash va uskunalarning ishlash samaradorligini pasay- tirishga imkon beradi. IoT yordamida masofaviy monitoringni va uskunalar ishini onlayn real vaqtdakuzatish imkonini yaratadi.
Uchinchi biznes modeli bu "masofadan turib diagnos- tika". IoT sensorlaridan ular o‘rnatilgan qurilmalarni tashxislash va ularning holatidagi o‘zgarishlarga avtomatik javob berish uchun foydalanish mumkin. Aqlli tizimlar sanoat konveyeri- ni kuzatib boradi, omborlarda tovarlarni hisobga oladi va odamlar o‘rniga harakatni tartibga soladi. Har qanday ob-havoda, kun bo‘- yi va haftada etti kun.
To‘rtinchi biznes modeli operatsiyalarni boshqarishdir.
IoTni sanoat va transportda qo‘llanilishi favqulotdagi hola- tlar kamayishi, hom ashyo va ishlatilgan resurslar hajmini yuqotishlarni qisqarishi xarajatlarni kamaytiradi. IoTdan foydala- nib, texnologik operatsiyalar zanjirini boshqarishingiz, har qanday qurilmalarning harakatini boshqarishingiz va real vaqt rejimida ularning xususiyatlarini avtomatik ravishda kuzatib borishingiz mumkin. Bu o‘g‘irlik va nazoratsiz yo‘qotishlardan xalos bo‘lish, aqlli sensorlar o‘rnatilgan nazorat qilinadigan obyektlarning samaradorligini oshirish va ularning ishlashini oldindan aytib ber- ishga imkon beradi. Energetika sohasida - elektrenergiyani ishlab chiqarish va taqsimlash samaradorligini oshiradi.
Beshinchi biznes model - bu "operatsiyalarni avtomat- lashtirish". IoTning kirib kelishi tez-tez takrorlanadigan operatsiyalarni avtomatlashtirish, ish samaradorligini oshirish, bo‘sh vaqtni sifatli o‘tkazish va mijozlar ehtiyojini qondirish imkonini beradi. Bunday IoT - gadjetlarning afzalligi faqat muntazam amaliyotlarni soddalashtirish emas. Ular odatlarni avtomatlashtirish orqali sotuvlarni boshqaradilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |