M porsaev, B. Sh. Safarov, D. Q. Usmanova raqamliiqtisodiyot asoslari
Download 1.59 Mb.
|
raqam
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ixtisoslashgan B2B mahsulotlari
Brokerlik va agentlik xizmatlari oddiy shaklidagi savdo maydonchasi hisoblanib, xaridorlar va sotuvchilar o‘rtasidagi ixti- soslashtirilgan vositachilar ishtiroq etadi.
Elektron savdo maydonchalari B2B sektorida elektron ti- joratni tashkil qilish uchun juda keng tarqalgan modellardir. Elektron tijoratning ushbu shakli, asosan, saytda ishtirok etadigan tashkilotlar tomonidan savdo va xaridlarni amalga oshirish uchun mo‘ljallangan. Ko‘pincha kim oshdi savdosi shaklida amalga oshiriladi va bir nechta sanoat sohalarini qamrab oladi. Bu foydalanuvchilarga to‘ldiruvchi xizmatlarning keng doirasini taqdim etish imkonini beradigan mutaxassislar tomonidan amalga oshiriladigan murakkab axborot texnologiyalari tizimlari. Elektron savdo maydonchalari shaklida ishlash quyidagi bos- qichlarni o‘z ichiga oladi: kompaniyani tizimda ro‘yxatdan o‘tkazish, tashkilot va tovarlar / xizmatlar haqida ma’lumot joylashtirish, ularni taklif qilish / sotib olish; elektron raqamli imzoni olish; savdo tartibini e’lon qilish (hujjatlarni yuklash uchun xabarnoma nashr etish ); a’rizalarni yig‘ish; natijalarni qayta ishlash va g‘olibni tanlash; oldi-sotdi shartnomasini tuzish. Ixtisoslashgan B2B mahsulotlari Eng keng tarqalgan shakli - bu faqat biron bir faoliyat yoki sohada ishlaydigan mutaxassislarga yo‘naltirilgan tarmoq jurnal- lari, kataloglar. Bunday jurnallarda keltirilgan ma’lumotlardan faqat professional maqsadlar uchun foydalaniladi. 2.5 .1-jadval. Elektron tijorat shakllarinig xususiyatlari
Elektron tijorat tizimini tashkil qilish Elektron tijorat tizimini tashkil etish to‘rt tashkiliy shaklida amalga oshirilishi mumkin: Mavjud biznesning kengayishi sifatida elektron tijorat tizimini yaratish. Joriy internetni-manbani sotib olish uning funksiyalarini o‘zgartirish,. Elektron tijorat loyihasini amalga oshirish uchun mustaqil kompaniya tashkil etish. Biznes sheriklari va texnologiya kompaniyalari bilan qo‘shma loyiha. 2.5.2-jadval Elektron tijoratni tashkil etishni ko‘rinishlarini taqqoslash
Elektron tijorat tizimining amalga oshirish loyihalari turli xil maqsadlarga ega: sotuv hajmlarini qisqa muddatda oshirish va shu darajani saqlabqolish, ushbu yo‘nalishda strategik rivojlanish, mavjud resurslardan foydalanish va hokazolar. Qoida tariqasida, amalga oshirilayotgan tizimning xususiyati- dan kelib chiqib, elektron tijorat tizimini joriy qilish, bir vaqtning 160 o‘zida kompaniya uchun tubdan farq qiladigan ustuvor yo‘nalishlarga ega bo‘lgan bir nechta maqsadlarga erishishga imkon beradi. Shu bilan birga, elektron tijorat tizimlarini joriy etish- ning asosiy maqsadi mavjud savdo kanallariga keng qamrovli alternativ yaratish va savdo sohasida kontragentlar bilan iqtisodiy o‘zaro munosabatlarning biznes jarayonlarini optimallashtirish bo‘lishi mumkin. Shunga ko‘ra, elektron savdo tizimlarini joriy etish, uch asosiy oqibatlari bor (2.5.3-jadval): 2.5.3-jadval Elektron tijoratni amalga oshirish natijalari
B2B segmentidagi elektron tijorat tizimlarining o‘ziga xos xususiyatlari B2B segmentidagi elektron tijorat tizimlarining o‘ziga xos xususiyatlarini hisobga olgan holda, shuni ta’kidlash kerakki, ular B2C segmentiga xos bo‘lgan ko‘plab muammolardan holi. 161 Download 1.59 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling