M porsaev, B. Sh. Safarov, D. Q. Usmanova raqamliiqtisodiyot asoslari


Download 1.59 Mb.
bet73/138
Sana29.03.2023
Hajmi1.59 Mb.
#1306044
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   138
Bog'liq
raqam

Birinchidan, bu tashkilot bo‘lgan elektron tijorat doirasidagi iqtisodiy hamkorlik subyektlari bilan bog‘liq.
Ikkinchidan, oldi-sotdi operatsiyalarini amalga oshirishda B2C segmentida qiyinchiliklarga olib keladigan obyektiv sabablar B2B segmentida umuman yo‘q:

  • buyurtmalarni to‘lash bilan bog‘liq muammo - naqd pulsiz to‘lov B2B segmentida, shu jumladan, bank orqali darhol to‘lovni amalga oshirishga imkon beradigan elektron hisob-kitob tizimlari- dan foydalanishda qo‘llaniladi;

  • tovarlarni ko‘rib chiqish va tanishishda muammo - xari- dor-tashkilotlari sotib oladigan tovarlarni bilib,va uni taqdim et- ishda hojati bo‘lmaydi, bu esa elektron tijorat interfeysini sodda- lashtiradi, mahsulot texnik xususiyatlari ko‘rsatmalar uchun ko‘proq imkoniyat yaratadi;

  • ishonch muammosi - tashkilotlar xususiy xaridorlarga qaraganda sotuvchilarga ko‘proq ishonch bildiradilar;

  • qimmatliylik muammosi - barcha potensial mijozlar mahsulot imkoniyatlarini taqdim etadilar, va hatto yuqori narx ham buyurtma berishdan bosh tortishga sabab bo‘lolmaydi;

  • etkazib berish muammosi - tashkilotlar mavjud logistika tizimida ishlaydi, shuning uchun buyurtmani etkazib berishda hech qanday qiyinchilik bo‘lmaydi.

Biroq, B2B segmentidagi elektron tijorat to4g‘ridan-to4g‘ri oldi-sotdi operatsiyalari bilan bog‘liq bo‘lgan qiyinchiliklarga ega:

  • savdo tashkilotining sotuvchi xodimlari va uning kontra- gentlari ishchilari o‘rtasidagi shaxsiy o‘zaro munosabatlarning roli oshdi;

  • buyurtmalarni qayta ishlash uchun ko‘p talab qilinadi- gan, mahsulotning qo‘shimcha parametrlari va yetkazib berish shartlarining ko‘pligi bilan bog‘liq bo‘lgan buyurtmalar tuzilishin- ing murakkabligi oshdi;

  • manbalar va mijozlar uchun sotuvchi tashkilotning sotuv­chi xodimlari o‘rtasidagi ichki raqobatning kuchayishi ehtimoli ;

  • turli xil mijozlar bilan maxsus sharoitlarda ishlashning turli usullarni qo‘llash zaruriyati, bu savdo jarayonini birlashtirish im­kon bermaydi.

Elektron tijorat - bu faoliyatning alohida sohasi bo‘lib, Inter­net tarmog‘idagi iqtisodiy munosabatlarni rivojlantirish ob’ekti bo‘lib, o‘z mohiyati bilan jahon iqtisodiy, xo‘jalik, savdo va tijorat aloqalari tizimlarning globallashuvining zamonaviy tendensiya- lariga mos keladigan murakkab va ko‘p qirrali jarayonni ifoda- laydi.
Elektron tijorat tizimlari elektron tijoratda alohida sohani tashkil etadi, bu Internetdagi barcha bozor va iqtisodiy jarayonlarning amaldagi ifodasidir.
Shu bilan birga, elektron tijorat tizimlari biznes jarayonlarini avtomatlashtirish va web-xizmatlardan majburiy foydalanishning yuqori darajasi bilan ajralib turadi.
Yuqorida aytilganlarning barchasini sarhisob qilsak, elektron tijorat tizimining joriy etilishi natijasida quyidagi hulosaga kelish- imiz mumkin: o‘z qiymatiga ega bo‘lgan kompaniyada yangi ak- tivni yaratish; elektron savdo tizimidan sotishni ko‘paytirish ko‘rinishidagi qo‘shimcha daromadlari; Internet-loyihaga reklama ta’siridan olingan qo‘shimcha bilvosita daromad; ixtiyoriy samara, ya’ni yangi bozorlarga kirish, yangi mijozlarga kirish va h.k.; elektron tijorat sohasida axborot texnologiyalari loyihalarini boshqarish uchun kompaniyaning ichki imkoniyatlarini rivojlan­tirish, resurslar kontseptsiyasiga muvofiq ushbu yo‘nalishda kel- gusida rivojlantirish zaruriyati.
( ❖ 0‘z-o‘zini tekshirish savollari )

  1. Elektron tijorat tizimlarining turlari aniqlang.

  2. Elektron tizim tizimi nima degani?

  3. B2C segmentida elektron tijorat tizimlari nimalarga maqsadlangan?

  4. B2B segmentida elektron tijorat tizimlaridaeng keng

tarqalgan elektron operatsiyalarni ayting.

  1. Kompaniyaning Internetda ishlash shakllari qanday?

163

  1. Elektron tijorat tizimlarining maqsadlari nimada?

  2. Elektron tijoratning qanday shakllari mavjud.

  3. Elektron savdo maydonchalarining ishlash bosqichlari aniqlang.

  4. Elektron tijorat tizimini tashkil etish shakllari qanday?

  5. Elektron tijoratni tashkil etish variantlarini qiyosiy tahlil qilib bering.

  1. Internetda web-vakolatni tashkil etish

  1. Internet-do‘kon

Internet do‘kon - bu elektron tijorat asosida ishlaydigan va an’anaviy xizmat ko‘rsatadigan do‘konlariga xos bo‘lgan xizmat va tijorat funksiyalarini bajaradigan avtomatlashtirilgan tizim: to­varlarni namoyish qilish va tavsiflash, buyurtmalarni qabul qilish va qayta ishlash, xaridorga texnik va boshqa yordam ko‘rsatish, yetkazib berish va boshqalar.
Internet- do‘kon bu ixtisoslashgan sayt bo‘lib, uning yordamida tovarlar (xizmatlar) haqidagi ma’lumotlar bilan oldindan tanishib chiqib, tovarlar va xizmatlarni interfaol ravishda sotib olish yoki sotish imkonini beradi.
Internet-do‘kon - bu elektron tijoratga yo‘naltirilgan dasturlarning ma’lum bir qatoriga ega bo‘lgan loyihadir.
An’anaviy do‘konlardan farqli o‘laroq, elektron do‘kon yanada kengroq tovar va xizmatlarni taklif qilishi mumkin; iste’- molchilarga tovarlarning xususiyatlari to‘g‘risida to‘liq ma’lumot berish mumkin.
Zamonaviy kompyuter texnologiyalaridan foydalangan holda, har bir xaridorga u bilan oldingi tajribani hisobga olgan holda individual yondashuv ishlab chiqiladi.
Onlayn do‘kon do‘kon egasi uchun ham, xaridor uchun ham bir qator afzalliklarni yaratadi.

Download 1.59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   138




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling