Mahsulotlar katalogi - do‘kon saytining asosiy tarkibiy qismi hisoblanadi. Unda foydalanuvchiga kerak bo‘lgan mahsulot taklifi to‘g‘risida ma’lumot beriladi.
Mijozlarga qulaylik yaratish uchun u bir nechta samarali vositalardan foydalangan holda tuzilgan:
Kategoriyalar, qo‘yi kategoriyalar. Ushbu elementlar asosiy menyuda ko‘rsatiladi. To‘g‘ri indekslashga erishish uchun ularni ierarxik printsip bo‘yicha shakllantirish kerak. Tovarlar ma’lum bir xususiyatlar to‘plamiga ko‘ra taqsimlanadi - maqsad, tur, ishlab chiqaruvchi. Foydali xususiyat bu mahsulot sahifasiga qo‘shimcha o‘tishsiz to4g‘ridan-to4g‘ri kategoriya ichida mahsulotning asosiy xususiyatlarini namoyish qilishdir.
Mahsulotlar kartalari. Bunday tarkibiy bo‘linma xaridorga mahsulotning to‘liq tavsifini beradi, uzoqdagi bitim formatining kamchiliklarini qoplaydi. U batafsil jihatlarini o‘z ichiga oladi, fotosuratlar, videokontent, taklif etilayotgan mahsulot haqida foydali ma’lumotlar (narx, mavjudlik), buyurtma shakli, tegishli mahsulotlar ro‘yxati, fikr-mulohazalar bloki.
Filtrlar. Ushbu komponent mijozga tor tanlovni amalga oshirgan holda, ko‘p sonli takliflar orasidan kerakli mahsulotni tezda topishga imkonini beradi. Dasturchi tomonidan oldindan o‘ylab chiqilgan va tanlangan mezonlarga asoslanib, vosita to- varlarni saralab, ularni ma’lum ketma-ketlikda namoyish etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |