M pythonda ob’ektga yo‘naltirilgan dasturlash


Download 10.39 Kb.
Pdf ko'rish
Sana20.11.2023
Hajmi10.39 Kb.
#1790099
Bog'liq
MT2 (1)



MT2. Pythonda ob’ektga yo‘naltirilgan dasturlash 
Mustaqil ish mavzusi yuzasidan asosiy va qo‘shimcha adabiyotlardan 
foydalangan holda material to‘plang. Mavzuni batafsil o‘rganing. O‘zlashtirilgan 
mustaqil ish mavzusi yuzasidan hisobot tayyorlang. 
O‘rganilgan materiallar asosida mustaqil ish hisobotini tayyorlash uchun 
tavsiya qilinadigan ish rejasi: 
1. Sinf va uning metodlarini yaratish: 
• 
Qandaydir ob'ektlarni (masalan, mashina, uy, hayvon va boshqalar) 
ifodalovchi sinf yarating. 
• 
Sinf atributlarini (ob'ekt xususiyatlari) va metodlari (ob'ekt ustidagi 
amallar) ni aniqlang. 
• 
Ushbu sinf ob'ektlarini yaratish va uning metodlarini chaqirishni 
namoyish eting 
2. Vorislik va polimorfizm: 
• 
Asosiy sinf va uning xususiyatlari va metodlarini oladigan voris 
sinflarini yarating. 
• 
Voris sinfdagi metodlarni qayta aniqlash orqali polimorfizmni 
tushuntiring. 
• 
Umumiy interfeys orqali turli sinf ob'ektlari bilan ishlashni namoyish 
eting. 
3. Abstraksiya va inkapsulatsiya: 
• 
Yashirin detallar realizatsiyasi uchun abstraksiyadan foydalanadigan 
sinf yarating. 
• 
Sinf atributlari va metodlariga kirishni cheklab, inkapsulyatsiyani 
qo'llang. 
4. Statik va sinf metodlaridan foydalanish: 
• 
Ob’yekt holatiga bog‘liq bo‘lmagan metodli sinf yarating. 
• 
Bir butun sifatida sinf bilan ishlashda foydalaniladigan metodlarni 
aniqlang. 
5. Faylklar bilan ishlash: 
• 
Ob'ektga yo'naltirilgan yondashuvdan foydalangan holda fayllar bilan 
ishlash uchun sinf yarating. 
• 
Fayldan ma'lumotlarni o'qish, yozish va qayta ishlash metodlarini 
amalga oshiring. 
6. Berilganlar bazasi bilan ishlash: 
• 
Ob'ektga yo'naltirilgan yondashuv yordamida ma'lumotlar bazasi bilan 
ishlovchi sinfni (masalan, SQLite) amalga oshiring. 
7. Sinflar va ob’yektlar bilan ishlash uchun masalalar: 
• 
Sinflar, ob'ektlar va metodlar haqidagi bilimlarni mustahkamlash uchun 
bir nechta amaliy vazifalarni taklif eting. 
O'zingizning bilimingiz va qiziqishlaringiz darajasiga qarab ushbu 
topshiriqlardan birini yoki bir nechtasini tanlang va "Python-da ob'ektga 
yo'naltirilgan dasturlash"mavzusida mustaqil ishingizni ishlab chiqishni boshlang. 

Download 10.39 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling