M. S. Maxmudova Logopediya (Tovushlar talaffuzidagi kamchiliklar)


Download 1.89 Mb.
Pdf ko'rish
bet17/70
Sana21.02.2023
Hajmi1.89 Mb.
#1217689
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   70
Bog'liq
logopediya

Ovoz kuchi-bu tebranish harakatlari, ularning amplitudasini sub’ektiv sezish 
bulib, ularning chastotasi bilan bog’liq emas. Agar fortepiano klavishini avval 
bolg’acha bilan sekin, keyin qattiqroq urilganda uning ovoz balandligi o’zgarmaydi, 
balki tebranish kuchigina o’zgaradi. Ikkinchi ko’rinishda havo qisimlarining 
tebranishi kuchli bo’lib, ular bizga sub’ektiv tarzda balandroq tuyuladi. Ovoz kuchi 


46 
va balandligi kekirdakda hosil bo’lib, boylam osti bosimi natijasida o’sadi.Ovoz 
tirqishi orasida havo qanchalik kuch bilan otilib chiqsa, shunchalik energiya ko’p 
bo’ladi. Havo qismlarinig tebranish amplitudasi katta bo’ladi,quloq pardasiga bosim 
kuchli bo’ladi. Boylam osti bosimining kichik qismigina tovushga aylanadi. 
Kekirdak muskullari nafas chiqarishda qatnashuvchi mukullar bilan boylam osti 
bosimining ortishiga ya’ni, akustik energiyaning tovush energiyasini ortishiga olib 
keladi.
Ovoz-bu un naychalarining elastik tebranishi natijasida hosil bo‘ladigan turli 
xil tovushlarning o‘ziga xos xususiyatlari majmuasidir. 
Otorinolaringologiya fanining rivojlanishi sababli, foniatriya degan yangi fan, 
mustaqil bo‘lib ajralib chiqdi. Foniatriya-ovoz apparati kasalliklarini vujudga kelishi 
va ularni davolash yo‘llarini o‘rganadi. Fonopediya-logopediya fanining bir bo‘limi. 
U maxsus pedagogik yo‘llar bilan ovozni to‘g‘rilash bilan shug‘ullanadi. 
Bu fanlarning barchasi-ovozni maxsus mashqlar bilan yo‘lga qo‘yib, 
to‘g‘rilashni bildiradi. 
Ma’lumki, ovoz hosil bo‘lishda: diafragma, o‘pka, bronxlar, traxeya, halqum, 
hiqildoq, burun bo‘shlig‘i va uning yuz, peshana suyaklari orasida joylashgan 
qo‘shimcha kovaklari ishtirok etadi. 
Hiqildoqda joylashgan ovoz boylamlari, muskullari bilan birga, ovoz hosil 
bo‘lishida til, lablar, og‘iz bo‘shlig‘i ham ishtirok etadi. 
Ovoz buzilishlari kelib chiqishiga ko‘ra markaziy va periferik qismlarga 
bo‘linadi, ularning har biri organik va funksional bo‘lishi mumkin. 
Ovoz buzilishlari mexanizmi hiqildoqda nerv-muskul apparatidagi hamda 
ovoz bo‘lmalarida paydo bo‘ladigan oddiy gipo yoki gipertonuslar va ular 
harakatidagi o‘zgarishlar xarakteriga bog‘liq. 

Download 1.89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   70




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling