M. S. Maxmudova Logopediya (Tovushlar talaffuzidagi kamchiliklar)
Download 1,89 Mb. Pdf ko'rish
|
logopediya
2.3. Funksional ovoz buzilishlari
Reja: 1. Funksional ovoz buzilishlarining sabablari 2. Fonesteniya 3. Gipotonus disfoniya Funksional ovoz buzilishlari nisbatan keng tarqalgan va turli tumandir. Ular hiqildoq yallig‘lanishi yoki u yoki bu anatomik o‘zgarishlari bilan kechmaydi. Pedagogik adabiyotlarda mutaxassislar uchun organik buzilishlar etiologiyasini va patogenezining murakkabligi bilan bog‘liq ravishda ma’lum qiyinchiliklarni keltirib chiqarganligi sababli funksional buzilishlarni bartaraf etish nisbatan yengil ekanligi haqidagi fikrlar bahsli hisoblanadi. Funksional buzilishlarning sabablari turlicha bo‘lishi mumkin: ya’ni ovozning charchashi, ovozni yomon qo‘yilishi, infeksion kasalliklar hamda psixik omillarning ta’siri. Ba’zan sanab o‘tilgan sabablar uyg‘unlashgan holda kelishi «boshlanuvchi» davrni aniqlashni qiyinlashtiradi. Uzoq davom etgan funksional o‘zgarishlar hiqildoq shilliq qoplamasi giperemiyasi (qizarishi), ovoz boylamlarining yo‘g‘onlashuvi, shish va shish ko‘rinishdagi psevdoorganik qoplamalarni yuzaga keluvchi funksional buzilishlarga tashxis qo‘yishni qiyinlashtiradi. Periferik funksional buzilishlarga fonosteniya, gipo va gipertonus afoniya, disfoniyalar kiradi. Fonosteniya-bu ovozning funksional buzilishi bo‘lib, nafas fonatsiya, artikulyatsiya o‘rtasidagi koordinatsiyaning buzilishi bilan xarakterlanadi. Fonosteniyaning kelib chiqishi haqida turli fikrlar mavjud. Nafas yo‘llarining o‘tkir shamollashi, ovozga katta yuklama berish, bosh miya po‘stlog‘ida tormozlanish fonosteniyani paydo bo‘lishiga sabab bo‘ladi va ovoz apparati mushagining harakat funksiyasi buzilishi kuzatiladi. 51 L.D. Rabotnov fikriga ko‘ra, fonosteniyaning rivojlanishi uchun ta’sir qiladigan faktorlar quyidagilar: turli xil somatik kasalliklar, organizmdagi garmonal tenglikning o‘zgarishi, himoya kuchining pasayishi, psixik o‘zgarishlar, ovoz apparatining zo‘riqishi. A. Mitrinovich-Modjeevka (1965) hiqildoqning anatomik tuzilishida kamchiligi bo‘lgan bemorlarda fonosteniyaning rivojlanishini kuzatdi. Fonosteniyani ko‘pchilik mualliflar (Fomichev M.I., 1949; T.Ye Shamsheva., V.P.Morozov, 1966; Yu.S. Vasilenko 1978., L.A. Zaritskiy 1984) kasb kasalligiga kiritadilar. Ularning fikricha, ashula aytish murakkab psixo-fizik jarayon hisoblanadi va bu qo‘shiqchining nerv psixik holatiga ta’sir etadi, ayniqsa, endi qo‘shiq aytishni boshlagan qo‘shiqchilar davraga birinchi bor chiqayotganlarida ovozni yo‘qotish xavfidan qo‘rqish hissiyoti kuchayadi va qo‘shiqni erkin ayta olmaydi, buning natijasida ovoz boylamlari muskuli taranglashuviga, o‘zining fiziologik holatini o‘zgarishiga va qo‘shiqni asl ovoz holatida bo‘lmasligiga olib keladi. V.A. Trinos (1981) fonosteniyaning paydo bo‘lishini umumiy va joyli sabablariga ajratadi. L.A. Zaritskiy (1984), Z.I. Anikeeva (1985) fonosteniyani o‘tkir va surunkali turlarga ajratdi. Fonosteniyada bemorlarning shikoyati xilma-xil bo‘ladi: tez jahl chiqish, sahnaga chiqishdan oldin qo‘rquv, uyquning buzilishi, hiqildoqda qadalish, tovush balandligi va tembrining o‘zgarishi, so‘zlaganda hiqildoqda og‘riq, ovozning juda charchashi. Gipotonus disfoniya (afoniya)-ovoz boylamlari muskullari tonusining pasayishi natijasida ovozning buzilishidir. Bunda ovoz buzilishining asosiy sabablari: ovoz boylamlari muskullarining zo‘riqib taranglashuvi, kasallik vaqtida ovozga yuklama tushishi, o‘tkir respirator-virusli infeksion kasalliklar; organizmda vitamin yetishmovchiligi; gormonal disfunksiya organizmning turli xil surunkali kasalliklari. Bemorlar ovozning tezda charchashidan, xirillashidan shikoyat qiladilar. Traxeya va hiqildoq bilvosita laringoskopiya qilinganda shilliq qavatda hech qanday yallig‘lanish belgilari kuzatilmaydi. Ovoz boylamlari 52 harakatchan, tonusi pasaygan, fonatsiyada yoriq taranglashgan oval holatda qoladi, ba’zida orqa qismi uchburchak shaklida bo‘ladi. Gipertonus disfoniya (afoniya)- bu ovoz boylamlarining muskul tonusining oshishi bilan ovozning buzilishi tushuniladi. Gipertonus disfoniya afoniya ko‘proq shovqinli joyda ovozga zo‘r berib gapirganda, baqirib gapirganda kelib chiqadi. Bunday ovoz buzilish mexanizmi qorin muskullarining taranglashuviga, diafragmaning to‘lqinsimon harakatlanishiga yuz va buyin muskullarining taranglashuviga olib keladi. Bemorlar bo‘yin hiqildoqdagi og‘riq noqulaylikni his qilish ovozning tez charchashi xirillashidan shikoyat qiladilar. Bilvosita laringoskopiya qilinganda fonatsiya vaqtida ovoz boylamlari bir biriga qattiq bo‘lib birikib turgan ko‘rinadi. Burmalarning cheti shishi natijasida ular bir-biriga tegib, ishqalanib shilliq ajratadi. Mutatsiya davrida himoyalovchi tartibga rioya qilmaslik oqibatida ovoz apparati yuklamasini orttirish hiqildiq ichki muskullari faoliyatining gipogipertonus ko‘rinishidagi buzilishlariga olib keladi. Download 1,89 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling