M. S. Maxmudova Logopediya (Tovushlar talaffuzidagi kamchiliklar)


Download 1.89 Mb.
Pdf ko'rish
bet24/70
Sana21.02.2023
Hajmi1.89 Mb.
#1217689
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   70
Bog'liq
logopediya

Unli tovushlar tasnifi. Unli tovushlar uch jihatiga ko‘ra quyidagicha 
tasniflanadi: 
1. Tilning yotiq (gorizontal) harakatiga ko‘ra. Bunda tilning oldingi (tish 
tomonga) siljishi yoki orqaga tortilishi nazarda tutiladi. I, e, a unlilarini hosil qilishda 
til oldinga siljisa, u, o‘, o unlilarini hosil qilishda biroz orqaga tortadi. Shunga ko‘ra 
i, e,a tovushlari old qator, u, o‘, o tovushlari esa orqa qator unlilar deb ataladi. 
2. Tilning tik (vertikal) harakatiga ko‘ra. Bunda og‘izning ochilish darajasi 
(tilning pastki jag‘ bilan birga quyiga tushishi yoki aksincha, yuqoriga ko‘tarilishi) 
nazarda tutiladi: i va u tovushlarini hosil qilishda til tanglayga birmuncha yaqin 
turadi, e va o‘ tovushlarini hosil qilishda esa til bilan tanglay o‘rtasidagi oraliq 
o‘rtacha bo‘ladi, a va o tovushlarini hosil qilishda esa til bilan tanglay o‘rtasidagi 
oraliq ancha kengayadi. Shunga ko‘ra, i va u tovushlari yuqori (tor) unlilar, e va o‘ 
tovushlari o‘rta (o‘rta keng) unlilar, a va o tovushlari esa quyi (keng) unlilar deb 
ataladi. 
3. Lablarning ishtirokiga ko‘ra unlilar ikki turga bo‘linadi: 
1. Lablangan unlilar: u, o‘, o. Bulardan u, o‘ tovushlarini hosil qilishda lablar 
cho‘chchayadi, o tovushini hosil qilishda esa lablar biroz oldinga siljiydi. 
2. Lablanmagan unlilar: i, e, a. Bu tovushlarni hosil qilishda lablar ishtirok 
etmaydi. 
Yuqorida bayon qilingan unli tovushlarning tasnifi 1-jadvalda berilgan. 
Unli tovushlar tasnifi 
Tilning tik (vertikal) 
harakatiga ko‘ra 
Tilning yotiq (gorizontal) harakati va lablarning 
ishtirokiga ko‘ra 
Old qator, lablanmagan 
Orqa qator lablangan 
Yuqori (tor) unlilar 
O‘rta (o‘rta keng) unlilar 
Quyi (keng) unlilar 


a

o‘ 



66 
Undosh tovushlar tasnifi. Undosh tovushlar ham uch jihatiga ko‘ra tasnif 
qilinadi: 
1. Artikulyatsiya (hosil bo‘lish) o‘rniga ko‘ra. 
2. Artikulyatsiya (hosil bo‘lish) usuliga ko‘ra. 
3. Ovoz va shovqinning ishtirokiga ko‘ra. 
Artikulyatsiya o‘rniga ko‘ra tasniflashda tovushning qaysi organ ishtirokida 
yoki nutq a’zosining qaysi qismida hosil bo‘lishi nazarda tutiladi. Artikulyatsiya 
o‘rniga ko‘ra undosh tovushlar quyidagi turlarga bo‘linadi: 
1. Lab undoshlari – bevosita lablar ishtirokida hosil bo‘luvchi tovushlar: b, 
p, m, v, f. SHulardan b, p, mlab-lab undoshlariv, f – lab-tish undoshlari sanaladi. 
2. Til undoshlari – bevosita til ishtirokida hosil bo‘luvchi tovushlar. Bularga 
quyidagi o‘n to‘qqizta undosh kiradi: g, d, j, j (qorishiq), e, y, k, l, n, n (ng), r, s, t, 
x, q, ch, sh, q, g‘. 
Tilning qaysi qismi faol ishtirok etishiga ko‘ra til undoshlari o‘z navbatida 
quyidagi uch turga bo‘linadi: 
1. Til oldi undoshlari: d, j, x, z, l, n, r, s, t, ts, ch, sh. 
2. Til o‘rta undoshi: y. 
3. Til orqa undoshlari: k, g, n (ng), q, g‘, x. 
4. Bo‘g‘iz undoshi: h. 
Artikulyatsiya usuliga ko‘ra tasnifda nutq a’zolari hosil qilgan to‘siqdan havo 
oqimining portlab yoki sirg‘alib o‘tishi nazarda tutiladi. Bu jihatdan undosh 
tovushlar quyidagi uch turga bo‘linadi: 
1. Portlovchi undoshlar: b, g, d, j, k, p, t, ch, q. 
2. Sirg‘aluvchi undoshlar: v, j, z, y, s, f, x, sh, g‘, h. 
3. Portlovchi-sirg‘aluvchi undoshlar: m, n, n (ng), l, r. Bu tovushlarning hosil 
bo‘lishida ham portlash, ham sirg‘alish hodisasi ro‘y beradi. 
Ovoz va shovqinning ishtirokiga ko‘ra undosh tovushlar quyidagi ikki turga 
bo‘linadi: 
1. Sonorlar – tarkibida ovozning miqdori shovqinga nisbatan ortiq bo‘lgan 
tovushlar: m, n, n (ng), l, r. 


67 
2. Shovqinlilar – tarkibida shovqinning miqdori ovozga nisbatan ko‘p bo‘lgan 
yoki ovoz mutlaqo qatnashmagan tovushlar: b, v, g, j, z, y, k, p, s, t, f, x, ts, ch, sh, q, 
g‘, h. 
Shovqinlilar, o‘z navbatida, ikki turga bo‘linadi: 
a) jarangli undoshlar – tarkibida oz bo‘lsa-da, ovoz qatnashgan tovushlar: b,v, 
g, d, j, j, z, y, g‘. 
b) jarangsiz undoshlar – tarkibida ovoz mutlaqo qatnashmagan tovushlar: pk, 
s, t, f, x, ts, ch, sh, q, x. 
Undosh tovushlarning talaffuzi bo‘yicha farq qilishini 2-jadvalda ko‘rishimiz 
mumkin. 

Download 1.89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   70




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling