M. S. Maxmudova Logopediya (Tovushlar talaffuzidagi kamchiliklar)


Download 1.89 Mb.
Pdf ko'rish
bet23/70
Sana21.02.2023
Hajmi1.89 Mb.
#1217689
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   70
Bog'liq
logopediya

 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 


64 
III BOB. TOVUSHLAR TALAFFUZIDAGI KAMCHILIKLAR 
3.1. O‘ZBEK TILI TOVUSHLARI TASNIFI 
Reja: 
1. 
O’zbek tili tovushlari tasnifining ahamiyati 
2. 
Unli tovushlar tasnifi 
3. 
Undosh tovushlar tasnifi 
Ovoz va shovqinning ishtirok etish darajasiga ko‘ra tildagi fonemalar ikkiga 
bo‘linadi: unli fonemalar va undosh fonemalar.
Unli fonemalar un naychalarining tebranishi bilan paydo bo‘ladi. Unli 
tovushlarni talaffuz qilganimizda, o‘pkadan chiqadigan havo oqimi og‘iz 
bo‘shlig‘ida biror to‘siqqa duch kelmasdan chiqadi. Lekin og‘iz bo‘shlig‘i 
tovushlarning aytilishida rezonatorlik vazifasini o‘taydi. Unli tovushlarning xilma-
xilligi va sifati og‘iz bo‘shlig‘ining hajmi va undagi a’zolarining holatiga: tilning 
ko‘tarilish darajasiga, lablarning ishtirokiga va holatiga bog‘liqdir. 
Undosh tovushlar unli tovushlardan quyidagicha farq qiladi: undoshlar og‘iz 
bo‘shlig‘ida paydo bo‘ladi va shovqindan iborat bo‘ladi yoki ularda qisman shovqin 
qatnashadi; undoshlarning talaffuzida o‘pkadan chiqadigan havo oqimi bo‘g‘izdagi 
un paychalarini ba’zan titratib, ba’zan titratmay o‘tadi; og‘iz bo‘shlig‘idagi 
a’zolarining to‘sig‘iga duch keladi, buning natijasida havo oqimi portlab yoki 
sirg‘alib chiqadi; undoshlarni, odatda, cho‘zib talaffuz etib bo‘lmaydi, unlilarni esa 
istagancha cho‘zib aytish mumkin (a-a:, a::, a:::). 
1. 
Hozirgi o‘zbek adabiy tilida unli fonemalar oltita: i, e, a, o, u, o‘. Bu 
unlilar hozirgi o‘zbek yozuvida un harf yordamida ifodalanadi: 
tovush harf: 
i i 
e e, ye 
a a, ya (y+a) 
o o, yo (y+o) 
o‘ o‘ 
u u, yu (y+u) 


65 

Download 1.89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   70




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling